Get Mystery Box with random crypto!

O'z mehnati bilan milliarderlikka erishgan eng yosh ayol boyli | Soni Qancha?

O'z mehnati bilan milliarderlikka erishgan eng yosh ayol boyligi

Forbes jurnali talqiniga ko'ra, Bumble tanishuv xizmatining rahbari va asoschilaridan biri 31 yoshli Uitni Vulf Herd IPO’dan keyin o‘z kuchi bilan boylik orttirgan eng yosh ayol milliarderga aylandi.

Bumble 11-fevralda NASDAQ birjasida savdoni boshladi. IPO paytida ularning narxi bitta aksiya uchun $43 ni tashkil etdi. Shu bilan birga, birinchi kimoshdi savdosida qimmatli qog‘ozlar qiymati 85 foizdan oshib, har bir aksiya uchun $79,6 ni tashkil etdi, kompaniyaning bozor qiymati esa $15 mlrd dan oshgan.

Uitni kompaniyaning deyarli 12 foiziga egalik qiladi (21,54 million aksiya bilan). IPO’dan keyin Forbes uning ulushini $1,6 mlrd ga baholagan.

@SoniQancha