Get Mystery Box with random crypto!

Maktab o'qituvchilarining oyligi 2024-yilgacha ming dollarga y | Soni Qancha?

Maktab o'qituvchilarining oyligi 2024-yilgacha ming dollarga yetadimi?

Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Temur Komilov 1-fevral kungi matbuot anjumanida “Prezidentimizning topshirig'iga ko'ra, o'qituvchilarning oyligini 2024-yilgacha $1000 ga yetkazishni mo‘ljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda. Qaror loyihasi ishlab chiqilgach, uni albatta, jamoatchilik, xususan, o‘qituvchi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz” – degan.

Temur Komilov xalq ta'limi tizimidagi moliyaviy qing'irliklarga izoh berarkan, ular asosan naqd puldan o'g'irlash, ishlanmagan soatlarga qo'shib yozish, lavozim maoshlarini noto‘g‘ri qo‘llash (mutaxassisga oliy toifali o‘qituvchining stavkasida maosh belgilash), malaka-toifa sertifikatlarini qalbakilashtirib, asossiz va noqonuniy maosh qo'shib yozish ko'rinishida amalga oshirilganini aytdi.

@SoniQancha