Get Mystery Box with random crypto!

Sakinat maskani | Oila maskani haqida

Telegram kanalining logotibi sakinat_maskani — Sakinat maskani | Oila maskani haqida S
Telegram kanalining logotibi sakinat_maskani — Sakinat maskani | Oila maskani haqida
Kanal manzili: @sakinat_maskani
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 371
Kanalning ta’rifi

Oila haqida fikr-mulohazalar, tajribalardan namunalar, shaxsiy fikrlar, iqtiboslar.
Murojaat uchun: @sakinat_aloqabot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-06-29 07:38:49 Yana ham hozir ko‘pi Allohdan qo‘rqqani uchun "uylanib" olyapti garchi uylanishni shartlariga tushmasa ham. Yaqinda oshkora yashashni boshlaydi sizlarni orzularing bop pul topguniga qadar.

Biz to‘yni qisqartirish, orzu-havasdan voz kechishni emas, bir yukni bir tarafdan boshqasiga olib berdik, xolos. Muammo shundayligicha turibdi. Avvallari kelin taraf qarzga kirib, qizni otasi yillab Rossiyada ishlab sep yig‘gan bo‘lsa, endi kuyov taraf shu ishni qilyapti.

Orzu-havas bizni xor qiladi.


Sayyid Islom

@sakinat_maskani
460 views04:38
Ochish/sharhlash
2022-06-29 07:38:49 Hamma yerda takror va takror "mebelni erkak qilishi kerak, gilamni erkak qilishi kerak, erkak - erkak bo‘lishi kerak", deb qaytaraverib, qaytaraverib natijaga erishdik. Yigitlar uy olyapti, remont qilyapti, parda, gilam, mebel, jihozlar bilan to‘ldirguniga qadar yoshi o‘ttizga yetyapti...

Bir yomon illatdan qutulib, undan battar boshqa illatga yo‘liqdik. Biz orzu-havaslarimizni qaychilash, jilovlash o‘rniga, dabdabani bir tarafdan, ikkinchi tarafga yukladik. Uy-joy qimmat, ish yo‘q, ijtimoiy og‘ir holatda yashaydigan, asosiy xalqi Rossiyada tirikchilik qiladigan odamlar uchun juda katta mablag‘ talab qiladigan sarf-xarajatni kuyovga yukladik. Bechora kuyovlar uy olish uchun besh yil, remonti uchun ikki yil ishlar edi. Endi qo‘shimcha yana besh yil ishlayapti qandaydir latta-putta va mebellar uchun.

Ko‘p tanishlarim, jiyanlarim uylanmay yuribdi. "Ha?", desa "uy-joy qilishim kerak, ichini o‘zim to‘ldirishim kerak", deb. Uy-joyi bori ichini to‘ldirish g‘amida. "Kelinni divanida yotmayman", deb yillab ishlayapti. Umri o‘tib ketyapti. Ko‘p yigitlar o‘ttizga yaqinlashib uylanyapti. O‘zini tutib, pul topib, orzularni ro‘yobga chiqarguniga qadar, boshqa yerdan ikkita bolalik bo‘lyapti. Oxirgi bir yilda sanoqsiz odamlardan eshityapman "kuyovni boshqa xotini bor ekan. Uylanib olgan ekan. Bolasi ham bor ekan", deb qizlarini ajratib yuborayotgan ota-onalarni. Nima deb o‘ylagan edinglar? O‘ttizga kirib, qizlarga qaramay yuradi debmi? Uzr-ku, shunday yigitlar bo‘lsa yoki mijozi kasal bo‘ladi. Yoki juda taqvodor bo‘ladi.

Hadisga muvofiq uylantirish va erga berishga shoshilish o‘rniga, yildan yilga uzaytirib boryapmiz. Natijada fahsh avjiga chiqyapti. Oilalar buzilyapti. Hozir zamon o‘zgargan. Instagram, tik-tok va yana ko‘plab tarmoqlarda ayollarni ko‘rib, uylanish ham shart emas. Yillar davomida "sevgilisi" qo‘li bo‘lib qolib, "xotinimdan mazza qilmayapman", deb yurgan erkaklar shifokorga, psixologga boryapti. Yoki dardini hech kimga aytmay, o‘sha hayotida davom etyapti.

Bir kishi maqtanyapti "Hamma sovchi bo‘lib kelayotganlar, pasportni o‘zini olamiz, hamma narsa tayyor", deyapti deb. Bir hisobda xursandman. Odamlar tushunib qoldi qiz taraf majbur emasligini. Lekin yangi remont qilingan uy, parda, gilam va mebellar ham shart emasligini tushuninglar endi. Borlar uchun muammo emas. Ammo hech narsasi tayyor bo‘lmagan, halol yigitga ham erga bersa bo‘laveradi. Baxtli yashash uchun parda, gilam va mebellar shart emas.

Hamma narsa tayyor deb eshik qoqayotgan bechora kuyovlarni aksarini otni kallasiday qarzi yoki to‘yni o‘tkaziboq Rossiyaga ketish uchun bileti yonida. Yosh kelinlar parda, gilamlik uyda yastanib, yostiq quchoqlab uxlaganida, kuyovlar mardikorchilikka ketadi. Yangi kelin kechalari yolg‘iz yotadi. Yolg‘izlikdan kelib chiqayotgan mashmashalarni esa sanamay qo‘ya qolay. Zotan, siz ham kunda, kun ora eshitib turibsiz ushlangan kelinlarni, qochib ketgan kelinlarni, telefonda gaplashgan yosh kelinchaklarni.

Dunyo matohlarini deb Rossiyada o‘n yillab ishlab, uyni to‘ldirib uylanish shart emas. Boriga uylanaveringlar. Kuni kecha bir ona bilan gaplashdim. O‘g‘li sakkiz yildan beri Rossiyada ishlar ekan. Uy olish uchun kerakli pulni yig‘ibdi. Sovchilikka borsa, onasi bilan bir domda turadimi, deb odamlar qiz bermayotgan ekan. Endi uyni olib, ichlarini to‘ldirib, keyin bemalol yuraman sovchilikka dedi. Hayron qarab qoldim. O‘n yil xotin olish uchun ishlaydi. U yigit Rossiyada zino qilib qo‘ymasligiga, birortaga uylanib olmasligiga garantiya yo‘q. Jamiyat qonun deb qo‘ygan urflarni, udumlarni qurboniga aylanayotgan yosh umrlarga achinasan. Soxta obro‘, manmanlik, odamlar ko‘rib qo‘ysinga yashash jamiyatni chirityapti.

O‘sha mashhur gap: "To‘y qimmat bo‘lgan yerda, zino arzon bo‘ladi (ko‘payadi)". Yevropani chiritgan narsa zinoni oshkor va ochiq bo‘lishi, to‘ydan ko‘ra "yashab" ko‘rish arzon bo‘lishi. Erkaklarni kech uylanishiga sabab, uylanish yoshigacha bemalol istagani bilan, istagan usulda shahvatni qondirish imkoni borligi. Erkaklarni shunga majburlayapsizlar.
444 viewsedited  04:38
Ochish/sharhlash
2022-06-05 09:13:00
Haqqimiz bo‘lgan o‘rinda majburiyatlarimiz ham bor.

Ikrom Sharif

@sakinat_maskani
981 viewsedited  06:13
Ochish/sharhlash
2022-05-28 13:55:54 Hozirgi zamonda ham "men telefonni uncha tushunmayman. Menga shu telefon kelganda yashilni bossam, gaplashsam bo‘ldi-da!", deb, bu holatidan maqtangannamo gapiradiganlar uchraydi.

Zamon rivojlanib ketyapti. Avvallari kattalar doim bolalaridan ko‘ra ko‘proq narsa bilgan. Kichkinalar kattalardan so‘rab, ko‘rib o‘rgangan ko‘p narsani.

Hozir esa, kattalar texnologiya borasida bayroqni yoshlarga topshirib qo‘yishdi.

Bolalaringiz qanday saytlarga kiryapti, qanday kanallarga kiryapti, nazorat qilishingiz kerak. Katta bo‘lib, o‘zi oq-qorani ajratib oladigan bo‘lgandan keyingiga erki o‘zida bo‘lishi mumkin. Ungacha, xuddi avvallari kattalar kichik bolalarini kim bilan o‘ynashini nazorat qilgani kabi, bolalarning virtual olamda kimlar bilan nimalar qilib yurgani nazorat qilinishi kerak.

11-12 yoshli bolalarning telefonida internetdan "se*s" deb qidiruv berganini eshitib qolyapmiz. Bunday kichik yoshdan telefonida bunday narsalarni ko‘rib, telefoni bilan ba’zi joylarda yolg‘iz qolishi bolaning rivojlanishiga va psixikasiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi.

Undan tashqari, turli qimor va boshqa o‘yinlar ham ko‘p. Turli oqimlar, zararli g‘oyalar ham ko‘p.

Texnologiyaga qiziqing. Yangiliklarni kuzatib boring. Miyangiz doim charxlanib, zamonaviy bo‘lib tursin. Iloji boricha, doim farzandingizdan oldinda yurishga harakat qiling
.

Dilshod Odilov

@sakinat_maskani
1.3K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-05-01 21:42:20
Hayit muborak dindoshlar!
2.0K views18:42
Ochish/sharhlash
2022-04-19 15:35:29
Ayol kishi sevgiga qanchalik muhtoj bo‘lgani kabi, erkak kishi shunchalik tan olinishga muhtoj. Shuningchun ham bejizga emasdir ora-sirada "Men kimman o‘zi bu uyda?" kabi gaplar qulog‘imizga chalinishi.))

@sakinat_maskani
2.4K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash
2022-04-17 09:46:02 •Turmushga chiqdi.
Er lazzatni his etadi, xotin ogʻriqni.

•Homilador boʻldi.
Er xursandchilikni his etadi, xotin koʻngil aynish, charchoqni.

•Bola tashladi.
Erga taʼziya bildiriladi, ayolga malomat toshlari otiladi.

•Homiladorlik kechikdi.
Er ovutiladi, unga koʻngil koʻtaruvchi gaplar aytiladi, ayol jarrohlik amaliyoti, tahlillarni boshidan oʻtkazadi, qoʻrquv, aybdorlikni his qiladi.

•Homilador boʻldi va farzand tugʻildi.
Er faxrni tuyadi, uni tabriklashadi, bolaga ismni u qoʻyadi, ayol ogʻriqni, toʻlgʻoq mashaqqatini his etadi, emizadi, bola yigʻlasa bedor boʻladi.

•Biz ayollarning shaʼnini koʻtargan, ularni qadrlashga buyurgan Islom diniga eʼtiqod qiluvchi musulmonlarmiz.

•Islom dini bizga jannat onalar oyogʻi ostida deb taʼlim bergan.

•Islom dini qizini chiroyli tarbiya qilgan ota-onalar uchun oʻsha qiz doʻzaxdan parda boʻlishining vaʼdasini bergan.

•Islom dini soliha ayol erining dinining yarmiga yordam ekanini, qolgan yarmida erning oʻzi taqvo qilishi lozimligini oʻrgatgan.

•Islom dini bizga ayol kishi qiz bolaligida uning nafaqasi otasining, agar otasi boʻlmasa, aka-ukasining, erga tekkach, erining, eri oʻlsa, farzandlarining zimmasida ekanini oʻrgatgan.

•Islom dini ayol kishining ziynatining rioyasini qilib, haj, umra qilib boʻlgach, sochining uchidan biroz qirqishi kifoya deb eʼlon qilgan.

•Islom dini ayolni zinoda ayblab, bu gapiga guvoh keltira olmaganlarga 80 darra urish jazosini tayinlagan va boʻhtonchini fosiq deb, uning guvohligi qabul qilinmasligini eʼlon qilgan. Ayolning iffatiga, nomusiga til tekkizganlarga ana shunday jazo belgilagan.

•Islom dini bosh farzandi qiz boʻlgan ayollarni barakali ayollar deb eʼlon qilgan.

•Islom dini ayol-qizlardan xohishini soʻramay, ularni turmushga berishdan qaytargan.

•Islom dini nikoh oʻqilgandan soʻng kuyovning zimmasiga kelinga mahr berish majburiyatini yuklagan. Agar ayol mahrini olmasa, erini oʻziga yaqinlashtirmaslik haqqiga ega.

•Islom dini ayolni himoya qilayotib vafot etgan erkakka shahidning savobini vaʼda qildi.

•Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga yaxshi munosabatda boʻlishni buyurganlar.

•Islom dini musulmon erkaklarning yaxshisi ayoliga yaxshi munosabatda boʻlganidir deb eʼlon qildi.

•Shunday qilib, Islom dini ayollarga koʻpgina huquqlar berdi.

Aziz erkaklar oʻzingizga berilgan juftingizning omonat ekanini unutmasligingiz kerak!

(Muallif mavhum)

@sakinat_maskani
2.4K views06:46
Ochish/sharhlash
2022-04-15 17:40:31 O‘tmishdagi olima, soliha va obida ayollar haqida o‘qiganimizda negadir ularni "qo‘li shirin pazanda edi, erining mahsisini yoki paytavasini tayyor qilib turardi, hovlini yaxshi supurardi, kirni yaxshi yuvardi" deb sifatlanganini uchratmaymiz.

Biror sahobiya yoki tobe’iynlar davrida yashagan ayolni ovqatni qanday pishirishi haqida o‘qimaganman.

Yoki biz judayam maydalashib ketganmiz, yoki ular o‘ta buyuk bo‘lgan. Mayda-chuyda narsalarga parvo qilib o‘tirishmagan.

Negadir o‘sha davrlarda birorta kelin ovqatni mazali qilolmagani uchun qaynonasidan dakki eshitgani yoki haydalib ketgani rivoyat qilinmagan.

Albatta, mazali ovqat pishirish estetik jihatdan yaxshi. Ammo odam qanchalik oliy maqsadlar sari intilsa mayda narsalarga beparvo bo‘lib qolarkan. Hozir bizda eng lazzatli taomlar bilan maishat qilish asosiy g‘am bo‘lib qoldi. Eng rivojlangan soha shu hozir. Ovqatlar nafaqat mazali balki chiroyli ham bo‘lishi kerak. Menimcha, Sahobiylar davridagi eng lazzatli taomni hozirgilar tatib ko‘rishga ham betlamasa kerak. Bu haqda ulamolar ham gapirgan.

Bizda o‘lchovlar o‘zgarib ketdi. O‘ninchi daraja narsalar birinchi o‘ringa chiqib oldi. Shuning uchun hamma ishlarimiz oyog‘i osmondan, xotirjamlik yo‘q.


Faiziddin Mu‘min

@sakinat_maskani
2.1K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-04-11 11:01:23
Ayollarning hammasida bir xil uchraydigan topishmoq:
"Men sendan arazladim, sababini top".
Yanada qiziqrog‘i:
"Men sen bilan gaplashmay qo‘ydim, sababini o‘zing bilib ol".


Feysbukdan

@sakinat_maskani
1.8K views08:01
Ochish/sharhlash
2022-04-10 19:15:00
#yõl_yõlakay
Bolalar o‘yingohda o‘ynashayotgandi. Bir ayol ikkita o‘rtacha yoshdagi o‘ynayotgan farzandlariga "O‘zlaring o‘ynashma, ukangga qaralaring", deb bolalarga do‘q urgancha borib kattakon so‘nggi modeldagi telefoni bilan yumshoq kursiga o‘tirdi.
Men qarab turib, bu ayol tashqaridan naqadar zolim, vahshiy bo‘lib ko‘rinishini tahmin qildim (yoki mengagina shunday tuyuldi).

Ona o‘zining butun mas‘uliyatini hali o‘zi bola bo‘lgan bolalarga topshirib va yana buni buyruq, do‘qlar bilan uqtirmoqda bolalarga.

Mas‘uliyatdan qochgan ona kichkinagina yelkacha, kichkinagina qo‘lchalarga ulkan vazifani berib qo‘ymoqda. Ahir ularni ham bolaligi, o‘yin davri bor edi..


@sakinat_maskani
1.8K views16:15
Ochish/sharhlash