Get Mystery Box with random crypto!

Hozirgi zamonda ham 'men telefonni uncha tushunmayman. Menga s | Sakinat maskani | Oila maskani haqida

Hozirgi zamonda ham "men telefonni uncha tushunmayman. Menga shu telefon kelganda yashilni bossam, gaplashsam bo‘ldi-da!", deb, bu holatidan maqtangannamo gapiradiganlar uchraydi.

Zamon rivojlanib ketyapti. Avvallari kattalar doim bolalaridan ko‘ra ko‘proq narsa bilgan. Kichkinalar kattalardan so‘rab, ko‘rib o‘rgangan ko‘p narsani.

Hozir esa, kattalar texnologiya borasida bayroqni yoshlarga topshirib qo‘yishdi.

Bolalaringiz qanday saytlarga kiryapti, qanday kanallarga kiryapti, nazorat qilishingiz kerak. Katta bo‘lib, o‘zi oq-qorani ajratib oladigan bo‘lgandan keyingiga erki o‘zida bo‘lishi mumkin. Ungacha, xuddi avvallari kattalar kichik bolalarini kim bilan o‘ynashini nazorat qilgani kabi, bolalarning virtual olamda kimlar bilan nimalar qilib yurgani nazorat qilinishi kerak.

11-12 yoshli bolalarning telefonida internetdan "se*s" deb qidiruv berganini eshitib qolyapmiz. Bunday kichik yoshdan telefonida bunday narsalarni ko‘rib, telefoni bilan ba’zi joylarda yolg‘iz qolishi bolaning rivojlanishiga va psixikasiga salbiy ta’sir qilmay qolmaydi.

Undan tashqari, turli qimor va boshqa o‘yinlar ham ko‘p. Turli oqimlar, zararli g‘oyalar ham ko‘p.

Texnologiyaga qiziqing. Yangiliklarni kuzatib boring. Miyangiz doim charxlanib, zamonaviy bo‘lib tursin. Iloji boricha, doim farzandingizdan oldinda yurishga harakat qiling
.

Dilshod Odilov

@sakinat_maskani