Get Mystery Box with random crypto!

•Turmushga chiqdi. Er lazzatni his etadi, xotin ogʻriqni. • | Sakinat maskani | Oila maskani haqida

•Turmushga chiqdi.
Er lazzatni his etadi, xotin ogʻriqni.

•Homilador boʻldi.
Er xursandchilikni his etadi, xotin koʻngil aynish, charchoqni.

•Bola tashladi.
Erga taʼziya bildiriladi, ayolga malomat toshlari otiladi.

•Homiladorlik kechikdi.
Er ovutiladi, unga koʻngil koʻtaruvchi gaplar aytiladi, ayol jarrohlik amaliyoti, tahlillarni boshidan oʻtkazadi, qoʻrquv, aybdorlikni his qiladi.

•Homilador boʻldi va farzand tugʻildi.
Er faxrni tuyadi, uni tabriklashadi, bolaga ismni u qoʻyadi, ayol ogʻriqni, toʻlgʻoq mashaqqatini his etadi, emizadi, bola yigʻlasa bedor boʻladi.

•Biz ayollarning shaʼnini koʻtargan, ularni qadrlashga buyurgan Islom diniga eʼtiqod qiluvchi musulmonlarmiz.

•Islom dini bizga jannat onalar oyogʻi ostida deb taʼlim bergan.

•Islom dini qizini chiroyli tarbiya qilgan ota-onalar uchun oʻsha qiz doʻzaxdan parda boʻlishining vaʼdasini bergan.

•Islom dini soliha ayol erining dinining yarmiga yordam ekanini, qolgan yarmida erning oʻzi taqvo qilishi lozimligini oʻrgatgan.

•Islom dini bizga ayol kishi qiz bolaligida uning nafaqasi otasining, agar otasi boʻlmasa, aka-ukasining, erga tekkach, erining, eri oʻlsa, farzandlarining zimmasida ekanini oʻrgatgan.

•Islom dini ayol kishining ziynatining rioyasini qilib, haj, umra qilib boʻlgach, sochining uchidan biroz qirqishi kifoya deb eʼlon qilgan.

•Islom dini ayolni zinoda ayblab, bu gapiga guvoh keltira olmaganlarga 80 darra urish jazosini tayinlagan va boʻhtonchini fosiq deb, uning guvohligi qabul qilinmasligini eʼlon qilgan. Ayolning iffatiga, nomusiga til tekkizganlarga ana shunday jazo belgilagan.

•Islom dini bosh farzandi qiz boʻlgan ayollarni barakali ayollar deb eʼlon qilgan.

•Islom dini ayol-qizlardan xohishini soʻramay, ularni turmushga berishdan qaytargan.

•Islom dini nikoh oʻqilgandan soʻng kuyovning zimmasiga kelinga mahr berish majburiyatini yuklagan. Agar ayol mahrini olmasa, erini oʻziga yaqinlashtirmaslik haqqiga ega.

•Islom dini ayolni himoya qilayotib vafot etgan erkakka shahidning savobini vaʼda qildi.

•Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga yaxshi munosabatda boʻlishni buyurganlar.

•Islom dini musulmon erkaklarning yaxshisi ayoliga yaxshi munosabatda boʻlganidir deb eʼlon qildi.

•Shunday qilib, Islom dini ayollarga koʻpgina huquqlar berdi.

Aziz erkaklar oʻzingizga berilgan juftingizning omonat ekanini unutmasligingiz kerak!

(Muallif mavhum)

@sakinat_maskani