Get Mystery Box with random crypto!

O‘tmishdagi olima, soliha va obida ayollar haqida o‘qiganimizd | Sakinat maskani | Oila maskani haqida

O‘tmishdagi olima, soliha va obida ayollar haqida o‘qiganimizda negadir ularni "qo‘li shirin pazanda edi, erining mahsisini yoki paytavasini tayyor qilib turardi, hovlini yaxshi supurardi, kirni yaxshi yuvardi" deb sifatlanganini uchratmaymiz.

Biror sahobiya yoki tobe’iynlar davrida yashagan ayolni ovqatni qanday pishirishi haqida o‘qimaganman.

Yoki biz judayam maydalashib ketganmiz, yoki ular o‘ta buyuk bo‘lgan. Mayda-chuyda narsalarga parvo qilib o‘tirishmagan.

Negadir o‘sha davrlarda birorta kelin ovqatni mazali qilolmagani uchun qaynonasidan dakki eshitgani yoki haydalib ketgani rivoyat qilinmagan.

Albatta, mazali ovqat pishirish estetik jihatdan yaxshi. Ammo odam qanchalik oliy maqsadlar sari intilsa mayda narsalarga beparvo bo‘lib qolarkan. Hozir bizda eng lazzatli taomlar bilan maishat qilish asosiy g‘am bo‘lib qoldi. Eng rivojlangan soha shu hozir. Ovqatlar nafaqat mazali balki chiroyli ham bo‘lishi kerak. Menimcha, Sahobiylar davridagi eng lazzatli taomni hozirgilar tatib ko‘rishga ham betlamasa kerak. Bu haqda ulamolar ham gapirgan.

Bizda o‘lchovlar o‘zgarib ketdi. O‘ninchi daraja narsalar birinchi o‘ringa chiqib oldi. Shuning uchun hamma ishlarimiz oyog‘i osmondan, xotirjamlik yo‘q.


Faiziddin Mu‘min

@sakinat_maskani