Get Mystery Box with random crypto!

Sakinat maskani | Oila maskani haqida

Telegram kanalining logotibi sakinat_maskani — Sakinat maskani | Oila maskani haqida S
Telegram kanalining logotibi sakinat_maskani — Sakinat maskani | Oila maskani haqida
Kanal manzili: @sakinat_maskani
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 371
Kanalning ta’rifi

Oila haqida fikr-mulohazalar, tajribalardan namunalar, shaxsiy fikrlar, iqtiboslar.
Murojaat uchun: @sakinat_aloqabot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-04-10 14:30:39
Erkakning erkaklik darajasi – gapiga javob berish, va‘dasiga vafo qila olish bilan o‘lchanadi.

@sakinat_maskani
1.7K views11:30
Ochish/sharhlash
2022-04-09 20:57:49
Siz-u bizga qilinayotgan tinimsiz nohaqliklar yoki kichkinagina bo‘lsada zulmga ko‘nikib bo‘lmaydi..
"Ilojsizman, nailoj, chidaymanda" deb ko‘z yumib ketaverish eeng ojizlarni ishi.
Doimo oldimizda ikki yo‘l bo‘ladi: harakat tadorigini qilib holatini yaxshilash ilmlarini o‘rganib, bu vaziyatdan oqilona chiqib keta olish, yo shularga ko‘nib, bir umr "essiz, afsus"lar ichida oltin umrni tugab borishini kutish...


@sakinat_maskani
1.6K views17:57
Ochish/sharhlash
2022-04-04 01:25:25
Ayolning aqli va qalbi bo‘m-bo‘sh bo‘lsa, unda na maktab madaniyati va na masjid ibodati bo‘lmasa, undan kutilgan tarbiya qayerdan paydo bo‘lardi?! Ayoli faqat taom hozirlash va rohat bag‘ishlashgagina yaroqli jonzot bo‘lgan jamiyat, aslo isloh bo‘lmas jamiyatdir.

Shayx Muhammad Gʻazzoliy

@sakinat_maskani
2.0K views22:25
Ochish/sharhlash
2022-03-29 16:05:58 Biz uchun ishdan ham, puldan ham, umuman hamma narsadan muhimroq bo‘lgan, bizga eng qattiq (salbiy, ijobiy) turtkini bera oladigan narsa nima sizningcha?

Javobingizni kommentlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
1.8K views13:05
Ochish/sharhlash
2022-03-29 04:49:15 Farzandlaringiz bu oyni foydali va qiziqarli o'tkazishlari uchun bizdan ramazon kundaligi tuhfasi

Rozaliya Gadbulhakova
2.0K viewsedited  01:49
Ochish/sharhlash
2022-03-27 21:51:58
Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, bosh devorga borib urilgandagina anglab qolasan xato yoki noto‘g‘ri yo‘l ekanligini.
Undan oldin ham bir qancha to‘g‘ri yo‘llar, eslatmalar yo‘limizdan chiqqan bo‘lsa-da, yo e‘tibor bermaganmiz, yoki ko‘rmay o‘taverganmiz.

Muammolar, tashvishlar doim bo‘lgan. To‘la-to‘kis umrboqiy baxtning o‘zi yo‘q bu foniyda. Ammo bizda tanlov imkoni doim borki; biz turli vaziyatlardan chiqish yo‘lini oldindan ilm olib o‘rganib boramiz yoki vaziyatga boshimiz bilan suqulib, afsus-nadomatlardan so‘nggina "Aha" deb ko‘zimiz ochilib, anglab qolamiz.

Qur‘onning juda ko‘p oyatlarida ilm olishga targ‘ib qilinishini hikmati ham shunda bo‘lsa ajab emas. Alloh bizga qiyinchilikni xohlamaydi, faqatgina o‘zimiz hamma narsani qiyinlashtirib olamiz.

@sakinat_maskani
1.9K views18:51
Ochish/sharhlash
2022-03-27 09:28:33
Har bir shaxs kimgadir yuragi tubidagi hissiyotlarni chiqarib turishi kerak. Hissiyotlarni doimiy qalbga ko‘mib, chiqarmasdan to‘plab yutish tavsiya qilinmaydi, buni oqibatlari yaxshi bo‘lmaydi. Ishonchli do‘st, ishonchli yaqiningiz bo‘lsa albatta unga qalbingizdagilarni ochib turing.

Shu o‘rinda ko‘p ayollar o‘ziga eng yaqin bilgan jufti-halollariga yuragini ochgisi, salbiy va ijobiy kunlik kechirgan hissiyotlarini aytib bergisi keladi. Ammo erkaklarda doim ham eshitishga qunt, sabr bo‘lmasligi mumkin. Olimlarning aynan bu masalada erkaklarga tavsiyasi bor – eng kamida 20 daqiqa har kuni ayolingizga "qulog‘ingizni" ajrating. U ichidagini aytib olishiga imkon bering, agar sizga sog‘lom ayol kerak bo‘lsa. Va hech qanday maslahatlarsiz uni eshiting. Agar ayolning aytilmagan hissiyotlari to‘planib boraversa u bora-bora agressiv, jahldor ayolga aylanib boraveradi. Va ayniqsa ayol uyda o‘tirsa, ishlamasa, izlanmasa, demakki shubhasiz u eriga to‘la-to‘kis bog‘lanib qolganidan darak beradi
.

@sakinat_maskani
1.7K views06:28
Ochish/sharhlash
2022-03-20 20:47:33
Tarix kitoblarida kelishicha, Umaviylar sultoni Hishom ibn Abdurrahmon taxtga chiqqanida hali uylanmagan edi. Turmush qurishi uchun bo‘lajak kelin Qur’oni karimni to‘la yod olgan bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Shunda Galin degan joyning o‘zidan yetti yuz yigirma nafar Qur’on hofizi qizlar chiqdi. Keyin sulton ikkinchi shartni qo‘yishga majbur bo‘ldi: bo‘lajak zavjasi Imom Molikning “Muvatto”sini ham yod bilishi kerak edi. Shunda ham kelinlikka nomzodlar kamaymadi: Qurtubaning o‘zidan besh yuz nafar qiz ham Qur’onni, ham “Muvatto”ni yod bilishi ma’lum bo‘ldi... Bu hodisalar ertak emas!!

Odinaxon Muhammad Yusuf feysbuk sahifasidan

@sakinat_maskani
2.0K views17:47
Ochish/sharhlash
2022-03-18 18:28:54
Kelishib, murosa qilib yashash hayotni eng muhim qoidalaridan. Lekin buni doim ham uddalay olmaymiz.
Uddalay olish uchun eshitishni, tushunishni o‘rganishimiz kerak.

Har bir odam o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib, u aynan biz qarayotgan nuqtadan emas, masalaga o‘zi to‘g‘ri deb bilgan nuqtadan qarab yechim berayotgan bo‘lishi mumkin.

Siz juftingiz, do‘stingiz, yaqinlaringizni qanchalik eshitib, tushunishga harakat qilasiz?


@sakinat_maskani
1.7K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash