Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-03-01 07:09:01
"Moykachi"larning oylik maoshi qancha?

Yurtimizda yaxshi rivojlanayotgan bizneslardan biri bu avtomobil yuvish shoxobchalaridir.

Ushbu biznesda "moykachilar" uchun asosan malaka toifasi belgilanmaydi va daromad yuvilgan moshina hisobidan kelib chiqadi.

Premium moykalara avtomoshina yuvish xizmatining 30% gacha bu "moykachi"ning haqqi xisoblanadi va bundan tashqari, yaxshi ishlagani uchun "choy puli" va kompaniya hisobidan oylik maosh bilan ta'minlanishi mumkin.

Poytaxtda premium moykalardagi "moykachi" lar "choy puli" bilan birga oyiga $1000 gacha topishi mumkin. Oddiy moykadagi ishchilarning daromadi oyiga 4 mln soʻm atrofida oʻynab turadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.3K views04:09
Ochish/sharhlash
2023-02-28 11:01:59
#Biznes reja: Fudtrak

Fudtrak — bu arzon 10 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha bo‘lgan mahsulotlar sotiladigan avtomoshina ichidagi doʻkondir.

Foodtruckning dizayni va tashqi ko‘rinishi muvaffaqiyat garovidir. Joyni tanlashda, yaqin atrofda kerakli fazadagi elektr energiyasi, kanalizatsiya va hojatxona mavjudligini hisobga olish kerak.

Boshlang‘ich investitsiya: $15−20 ming.

O‘zini-o‘zi qoplash davri: 2 yildan boshlab.

Startap uchun xarajatlar: furgon, kofemashina, muzlatgich, bir martalik idishlar.

Aylanma: 15−60 mln so‘mgacha boʻlib, daromad 40% gacha chiqishi mumkin.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
823 views08:01
Ochish/sharhlash
2023-02-28 09:30:46
Odatiy izoh yozib kitob yutib olish mumkinmi?

Ha albatta mumkin. BookClub kutubxonasi Said Ahmad ijodidagi kitoblarni sovg'a qiladi.

Siz esa faqatgina o'z fikringizni post izohlarida yozib qoldiring, eng yaxshi izoh egalari yangi kitob bilan taqdirlanadi.

Ha aytgancha, BookClub kutubxonasi 15 kundan 30 kungacha o'qish uchun bepul kitob ham beradi.

Izohlaringizni quyidagi link orqali yozib qoldiring: bit.ly/41FqJWO

Batafsil: @uzbookclub
1.3K views06:30
Ochish/sharhlash
2023-02-28 08:47:51
Yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlari qancha?

Malibu XL 375 mln so‘mdan 419 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotuvga chiqariladi.

UzAuto Motors yangilangan Malibu XL avtomobillarining narxlarini e’lon qildi:

Malibu XL 1LT – 334 822 000 so‘m
Malibu XL 2LT – 348 215 000 so‘m
Malibu XL LTZ – 374 108 000 so‘m

Narxlar QQSsiz ko‘rsatilgan.

Qo‘shilgan qiymat solig‘ini bilan hisoblaganda, narxlar quyidagicha shakllanadi:

Malibu XL 1LT – 375 000 640 so‘m;
Malibu XL 2LT – 390 000 800 so‘m
Malibu XL LTZ – 419 000 960 so‘m.

Malibu XL 237 ot kuchiga ega 2,0 litr hajmli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Maksimal aylanish momenti 350 NM.

Avtomobil trassasida sedanning yoqilg‘i tejamkorligi 100 kilometrga 6,7 ​​litrgacha yaxshilangan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.8K viewsedited  05:47
Ochish/sharhlash
2023-02-27 19:37:01
Dunyoda va O’zbekistondagi o’ta qashshoqlik darajasi va ularning daromadi

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga kelib har kuni 25 ming kishi ochlikdan o‘lmoqda va ularning ko‘pchiligi bolalardir. Sayyoramizning deyarli 1 milliard aholisi kuniga $2 ga qanoat qilishga majbur, 2,5 milliard kishining daromadi esa kuniga $3 dan oshmaydi.

Dunyoda o’ta qashshoqlar ya’ni kunlik daromadi $1,90 dan kamlar soni va ummiy aholiga nisbatan foyizi quyidagicha:

— Hindiston 103 mln kishi(5-10%);
— Nigeriya 91 mln kishi (40-50%);
— Kongo DR 67,2 mln(70%);
— Tanzaniya 29,2 mln(40-50%);
— Efiopiya 27 mln(20-30%);
— Madagaskar 21,8 mln(70%);
— Mozambik 19,7 mln(50-70%);
— Yaman 19,6 mln(50-70%);
— Uganda 18,7 mln(30-40%);
— Venesuela, Angola 17,9 mln(50-70%);

Afsuski O’zbekistonda 1,4 mln aholi o’ta qashshoq va bu ummumiy aholining 3,8% ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.5K views16:37
Ochish/sharhlash
2023-02-27 19:07:48
Yehho, @RasmiyTabrikbot'imizga nihoyat 8-mart bo‘limini kiritdik.

Endi siz undan foydalanib, 8-mart bilan yaqinlaringizni ismi yozilgan yorqin tabriknomalar, bir-birini takrorlamas tilaklar ila nihoyatda xursand qilishingiz mumkin.

@RasmiyTabrikbot — insoniyat uchun yaratilgan mukammal format!
2.4K views16:07
Ochish/sharhlash
2023-02-27 11:13:01
UzAutoMotors avtomobillari narxlarining o'sish tendensiyasi

UzAutoMotors (1996-2008-yillarda UzDaewooAuto, 2008-2019-yillarda GM Uzbekistan) monopol kompaniyasi avtomobillarining narxlarini ko'rib chiqamiz:

— 10.10.2005:
• Damas: 7 613 860 so'm;
• Matiz: 7 096 210 so'm;
• Nexia: 1 SONS 10 078 070 so'm;

— 24.03.2011:
• Damas: 16 230 000 so'm;
• Spark: 22 704 000 so'm;
• Matiz: 9 661 140 so'm;
• Nexia: 1 SONS 14 944 430 so'm;
• Lacetti: 24 213 420 so'm;
• Captiva: 69 575 000 so'm;

— 05.09.2017:
• Damas: 48 432 000 so'm;
• Spark: 61 530 000 so'm;
• Lacetti: 102 282 000 so'm;
• Cobalt: 79 609 000 so'm;
• Nexia 3: 70 683 000 so'm;

— 04.03.2020:
• Damas: 75 928 000 so'm;
• Spark: 73 262 000 so'm;
• Lacetti 2: 114 444 000 so'm;
• Cobalt: 95 768 000 so'm;
• Nexia: 3 87 320 000 so'm;

Yuqoridagi narxlar o'sha avtomashinaning eng past narxi ko'rsatilgan. Masalan, 2005-yil oktabr oyida Damasning eng arzon narxi 7 613 860 so'm bo'lsa, qimmati 8 219 090 so'm bo'lgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.2K viewsedited  08:13
Ochish/sharhlash
2023-02-27 07:09:01
UzAvtoMotors narxlari oʻsmoqdami yoki tushmoqdami?

"Narxi qancha?" kanali UzAvtoMotors avtomobil narxlari oldin qanday boʻlganligini solishtirib chiqibdi.

AQSH dollari Markaziy bankning oʻsha kuni kursi boʻyicha qayta koʻrib chiqamiz:

— 10.10.2005:
• Damas: $4 538;
• Matiz: $6 224;
• Nexia 1 SONS: $8 840;

— 24.03.2011:
• Damas: $9 673;
• Spark: $13 532;
• Matiz: $5 758;
• Nexia 1 SONS: $8 907;
• Lacetti: $14 432;

— 05.09.2017:
• Damas: $5 979;
• Spark: $7 596;
• Lacetti: $12 627;
• Cobalt: $9 828;
• Nexia 3: $8 726;

— 04.03.2020:
• Damas: $7 980;
• Spark: $7 738;
• Lacetti 2: $12 029;
• Cobalt: $10 066;
• Nexia 3: $9 178;

— 08.08.2022:
• Damas: $7 769;
• Spark: $9 562;
• Lacetti 2: $11 892;
• Cobalt: $11 417;
• Nexia 3: $11 170;

2017 yildagi valyuta islohotlaridan soʻng narxlar oʻsha yilda keskin tushgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.6K viewsedited  04:09
Ochish/sharhlash
2023-02-27 06:56:42
Natijangizni yanada yaxshilashni oʻrganing!

Loyihlaringiz va gʻoyalaringizni qanchalik yaxshi va zoʻr ekanligini boshqalarga koʻrsatish uchun uni taqdim etishni bilish kerak.

Loyiha kurs ishi va boshqa ishlarni qilish - 40%
Uni taqdimot qila olish - 60% lik natijani beradi.

Shuning uchun taqdimot qilishni @powerpoint_uz bilan oʻrganing!

@Powerpoint_uz - Oʻzbek taqdimotlar olami!
3.0K views03:56
Ochish/sharhlash
2023-02-25 11:58:18
Yoqilg'i quyish shoxobchasi xodimlari qancha maosh olishadi?

Avtotransporti bor inson borki yoqilg'i quyish shoxobchasiga tashrif buyurgan, ayniqsa, oxirgi kunlarda bu joylarning nomi yurtimizda mashxur bo'ldi desak bo'ladi.

Oylik maosh:
— Sotuv operatori:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $700 dan boshlanadi:
AQSHda $5000 dan boshlanadi.

— Yoqilg'i quyuvchi:
O'zbekistonda $200 dan boshlanadi;
Rossiyada $500 dan boshlanadi:
AQSHda $3500 dan boshlanadi.

Narxlar ish tajribasi va ish beruvchi kompaniyaning moliyaviy holatiga qarab o'zgarib boraveradi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K views08:58
Ochish/sharhlash