Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-31 09:01:09
O‘zbekistonning davlat qarzi rejadagidan ko‘proqqa oshdi

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi bir yil davomida 5,7 mlrd dollarga o‘sgan bo‘lib, rejada bu ko‘rsatkich 2,9 mlrd dollar bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa qarz miqdori 34,9 mlrd dollarga yetdi.

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisobotida ma’lum qilingan.

Davlat tashqi qarzi 2023-yilda 3,73 milliardga oshib, 29,64 milliard dollarni tashkil etgan. Bu YAIMning 32,6 foizi degani. Bu mablag‘ning 23,91 milliard dollari hukumat nomidan jalb qilingan, 5,72 milliard dollari esa O‘zbekiston tomonidan kafolatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda davlat qarzi 11,5 milliard dollar edi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram
3.4K views06:01
Ochish/sharhlash
2024-05-22 14:26:30
1-iyundan bog‘cha opalarining oylik maoshi oshadi

Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi.

Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram
3.6K views11:26
Ochish/sharhlash
2024-05-17 13:13:12
Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi marta eng ko‘p maosh oluvchi sportchiga aylandi

Saudiya Arabistonida u yiliga 260 million dollar oladi.

Forbes 2023-yilda eng ko‘p daromad qilgan sportchilarni e’lon qildi:

1. Krishtianu Ronaldu (futbol, 39 yosh), 260 million dollar;
2. Jon Ram (golf, 29 yosh), 218 million dollar;
3. Lionel Messi (futbol, 36 yosh), 135 million dollar;
4. Lebron Jeyms (basketbol, 39 yosh), 128,2 million dollar;
5. Yannis Adetokunbo (basketbol, 29 yosh), 111 million dollar;
6. Kilian Mbappe (futbol, 25 yosh), 110 million dollar;
7. Neymar (futbol, 32 yosh), 108 million dollar;
8. Karim Benzema (futbol, 36 yosh), 106 million dollar;
9. Stefen Karri (basketbol, 36 yosh), 102 million dollar;
10. Lamar Jekson (amerikacha futbol, 27 yosh), 100,5 million dollar.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram
3.6K views10:13
Ochish/sharhlash
2024-05-13 14:07:29
Toshkentda bitiruv kechasini nishonlash qancha turishi mumkin?

"Kursiv" tahririyati Toshkentda bitiruv kechasini tashkil qilishga qancha mablag' sarflanish kerak ekanligini aniqladi.

Restorandagi ziyofat ichiga kiradigan xizmatlarga qarab narxlar katta farq qilishi mumkin. Fabis va Bourbon kabi ba'zi restoranlar oziq-ovqat, ichimliklar, musiqa va fotosessiyani o'z ichiga olgan asosiy paketlarni har bir kishi uchun taxminan 300 ming so'mga taklif qiladi. Qimmatroq varintlar ham bor, masalan, Level, bu yerda har bir kishiga 750 ming so'mga fotosurat va video suratga olish, boshlovchi va DJning xizmatlari bilan tematik bitiruv kechasini o'tkazish taklif etiladi.

Shuningdek, alohida tadbir uchun $300 ga boshlovchi va $200 ga fotografni yollash mumkin.

Undan tashqari, vinyetkalar narxi 2 sahifa uchun 100 ming so'mdan 20 sahifa uchun 1 million so'mgacha o'zgarib turadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli

YouTube Instagram TikTok Telegram
3.5K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-05-06 18:43:43
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:00 dan boshlab 2024-yil uchun "Green card" lotereyasi natijalarini bilish mumkin.

Natijalar tasdiq raqamini kiritgan holda quyidagi havola orqali tekshiriladi:

https://dvprogram.state.gov/

Hammaga omad yor bo‘lsin!

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.3K views15:43
Ochish/sharhlash
2023-04-26 19:51:43
Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida qancha maosh olishadi?

levels.fyi websaytida dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida xodimlar qancha maosh olishini bilishingiz mumkin.
IT gigantlarda asosan xodimlar oyligi ularning qaysi "level" daligi bilan belgilanadi, ya'ni qaysi bosqichda ekanligi.

Masalan, Google'da 8 ta bosqich bo'lsa, Facebook'da 7 ta, Microsoftda esa 13 ta level bor.

Eng quyi bosqichdagilar, endigina ishga qabul qilingan xodimlarga beriladi. Eng katta 5 ta IT gigant kompaniyalarda eng quyi bosqichda xodimlar yiliga qancha maosh olishi bilan qiziqdik:

— Apple $167,400 dollar/yiliga
— Amazon $161,037 dollar/yiliga
— Google $188,912 dollar/yiliga
— Facebook $179,252 dollar/yiliga
— Microsoft $160,471 dollar/yiliga

Eng yuqori bosqichlarda xodimlar bir necha million dollar maosh olishadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.3K views16:51
Ochish/sharhlash
2023-04-21 07:19:49 Hayit muborak!
2.6K views04:19
Ochish/sharhlash
2023-04-13 08:34:34
Tojikistonlik vrachlar Markaziy Osiyoda eng kam maosh olishadi — Asia Plus

Markaziy Osiyo davlatlarida vrachlarning oʻrtacha maoshi:
Qozogʻistonda — 923 dollar;
Turkmanistonda — 303 dollar;
Oʻzbekistonda — 231 dollar;
Qirgʻizistonda — 221 dollar;
Tojikistonda — 142 dollar.

Tojikiston SSVga koʻra, mamlakatda 2,5 ming vrach va 600 dan ziyod hamshira yetishmaydi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.6K views05:34
Ochish/sharhlash
2023-03-31 07:27:30
"Doktor D" ning koʻrigiga kirishning narxi qancha?

Yurtimizda tibbiyot sohasida xususiy sektorning oʻrni oshmoqda. Ular xizmat sifatiga va baʼzibir elementlarga qarab bitta qabul uchun narx belgilashgan. Quyida biz shularni koʻrib chiqamiz:

— NeoVita klinikasi shifokorlariga 50 ming soʻm;
— ZarMed klinikasi shifokorlariga 95 ming soʻm;
— Shifo Nur koʻz klinikasi 60 ming soʻm;
— Doktor D klinikasi bitta odamga 300 ming soʻm boʻlsa, er-xotin birgalikda qabuli 350 ming soʻm.

Nafaqat shaxsiy klinikalar, hozirda ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari ham fuqarolarni qabul qilishda pulli xizmat koʻrsatishmoqda va bunda narxlar oʻrtacha 60 ming soʻmni tashkil etar ekan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.6K views04:27
Ochish/sharhlash
2023-03-25 12:29:02
O‘zbekistondagi «eng qimmat» boshlovchi — Dilnoza Kubayevaning daromadi qancha?

«Kelgindi kelin», «Telba», «Baron», «Farzandim» kabi filmlardagi rollari bilan mashhurlikka erishgan kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva 22 noyabr sanasida tug‘ilgan.

Bugungi kunda boshlovchi va aktrisa milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda va uning davlat muassasasidagi oylik maoshi 4 mln soʻmdan oshiqni tashkil etadi.

Shu bilan birga, Dilnoza Kubayeva to‘ylarda boshlovchilik qilgani evaziga $1000 gonorar olar ekan. Shu bois u O‘zbekistondagi «eng qimmat» ayol boshlovchi hisoblanadi.

Shuningdek, 2005 yilda katta ekranlarga chiqqan «Kelgindi kelin» filmidagi Charos obrazi uchun Dilnoza Kubayeva 600 ming so‘m gonorar olgan. Maʼlumot uchun 2005-yilda yurtimizda eng kam oylik ish haqqi 7835 soʻmni tashkil etgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.6K views09:29
Ochish/sharhlash