Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-02-13 11:13:01
Mahallalardagi yoshlar yetakchisining oylik maoshi qancha?

Prezident qaroriga asosan 2022-yil yanvar oyida maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan.

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

— xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (4,6 mln so‘m) miqdorida;
— xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — MHTEKMning 5,5 baravari (5,06 mln so‘m) miqdorida;
— xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — MHTEKMning 6 baravari (5,52 mln so‘m) miqdorida.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
5.8K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-02-13 06:19:34
Dam olish maskani sinovchisining daromadi qancha?

Xam dam olib xam yaxshigina daromad olishni istovchilarga ajoyib kasb mavjud boʻlib.

Ular sayyohlik shaharlaridagi plyajlarda, yahta va xashamatli uylarda sifatli dam olish koʻrsatgichini sinovchisidir.

Mas'uliyatga kurortlar, qimmatbaho avtomobillar, hashamatli uylar, mashhur brendlar va zamonaviy xizmatlarni sinovdan o'tkazish va tegishli hisobotlarni taqdim etish kiradi.

Kasb egalarining maqsadi, boy insonlar uchun tavsiyalar berishdir.

Ushbu kasb egalari qilgan "ogʻir ishlari" uchun yiliga "atiga" $100 ming atrofida maosh olishar ekan.

P/S: Ishlashni istovchilar bormi?

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.8K viewsedited  03:19
Ochish/sharhlash
2023-02-12 16:18:01
Gerpetologlarning oylik maoshi qancha?

Xavfli va noyob kasb. Mutaxassis ilonlarning odatlari va tuzilishini o'rganadi.

Novosibirskda bunday mutaxassislar mavjud. Sibir serpentariyasida taniqli gerpetolog Vasiliy Kokenko ishlaydi. U ilonlarning zahrini qanday olishni biladi va kuniga 200 tagacha ilonni zahrini oladi. Barcha zahar dori-darmonlarni tayyorlash uchun ishlatiladi.

Ushbu kasb egalarining maoshi yiliga:
— Rossiyada $10 000;
— AQSH da $84 700;

Ushbu kasb bilan shugʻillanuvchi olimlarning oylik maoshi bundan ham yuqori boʻlishi mumkin.

Yaxshi mutaxassis boʻlib shakillangan gerpotologlar Rossiyada oyoga $1500 gacha olishadi

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.2K viewsedited  13:18
Ochish/sharhlash
2023-02-12 13:04:09
Golf to‘pi g‘ovvoslari — ular kuniga 200 dollargacha ishlab topadi

Barcha golf to‘plari suvga tushib ketgandan keyin qayerga ketishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Golf to‘pi g‘avvoslari ushbu to‘plarni olish va ularni tozalash va keyinchalik qayta ishlatish uchun maydonchaga qaytarish uchun yollanadi.

Agar siz suvga sho‘ng‘ishni yoqtirsangiz, bu siz uchun juda g‘alati, ammo zavqli ish hisoblanadi. Bu orqali siz kuniga taxminan 150-200 dollar atrofida ishlab olishingiz mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.3K views10:04
Ochish/sharhlash
2023-02-12 10:12:01
Hafta dayjesti.

Yakunlanayotgan hafta davomida 2 haftalik postlar ichida obunachilarimizga yoqqan eng yaxshi postlar:

— 2022-yilda O‘zbekistonning eng yuqori va o'rtacha oylik to‘langan sohalari
— So'm haqida: kecha va bugun
— O'zbekistonliklar oylik ish haqining qanchasini oziq-ovqatga sarflaydi?
— O’zbek Futbolchilarining oylik maoshi qancha?
— Suriya va Turkiya uchun gumanitar yordamlarning qiymati qancha?
— O'zbekistonda yanvar oyida eng yuqori maoshni kim oldi?

Bizda yana qanday ma'lumotlarni o'qishni xohlaysiz, fikringizni izohlarda qoldiring.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.4K views07:12
Ochish/sharhlash
2023-02-12 06:08:01
"Orzu sotuvchilari"ning daromadi qancha?

Hammada ham yoshligida orzu va istaklari ko'p bo'lgan. Orzu qilish yaxshi albatda, lekin uni bajarilishi-chi?

Ushbu kasb egalari ozgina vaqtga bo'lsa-da ushalmay qolgan orzularingizga yetishishga yordam beradi. Masalan, bir muncha vaqt dengiz kapitaniga yoki teatr sahnasida taniqli rassomga aylanishingiz mumkin.

Shunday kompaniyalardan biri AQShda faoliyat yuritadigan Dream Traders kompaniyasidir.

To'g'ri, xizmatdan faqat badavlat fuqarolar foydalanishi mumkin, chunki buyurtma uchun siz kamida $100 ming to'lashingiz kerak bo'ladi.

@oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.7K views03:08
Ochish/sharhlash
2023-02-11 19:03:12
BMTda xodimlarning yillik daromadi qancha

Birlashgan Millatlar Tashkilotida o‘rtacha maosh yillik 73 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Tashkilotning to‘laydigan eng yuqori maoshi hozirda yiliga o‘rtacha 128 000 dollar hisoblanadi.

Boshqaruv maslahatchisi – $110,704
Operatsion direktori – $181,305
Investitsiyalar bo‘yicha mutaxassis – $138,659
Ma’lumotlar tahlilchisi – $68,173
Inson resurslari (HR) bo‘yicha yordamchi – $58,205
Ma'muriyat yordamchisi – $60,619
Xavfsizlik bo‘yicha tahlilchi – $84,679
Loyiha yordamchisi – $63,394
Dastur koordinatori, notijorat tashkiloti – $41,210
Axborot texnologiyalari (IT) bo‘yicha maslahatchi – $107,554
Aloqa va raqamli strategiya direktori – $124,338
Arxivchi – $81,430
Mijozlar bilan aloqalarni boshqarish (CRM) direktori – $167,629
Aloqa bo‘yicha mutaxassis – $83,286

Sizni ham ishlagingiz kelib ketdimi

@oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.0K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-02-11 17:02:25 Қишнинг сўнгги кунларида иссиқ чой билан сифатли телеграм каналларни кузатишга нима етсин?

Ҳар бири аъзо бўлишга арзийдиган, ўзим кузатиб борадиган энг сара телеграм каналларни тавсия қилмоқчиман!

@GeoSiyosatuz — геосиёсий майдондаги энг сара мақолалар, янгиликлар, статистикалар бериб боради.

@GeoPolitico — сиёсатни тушуниш учун сиёсатшуносликда ўқиш шарт эмас. Яхши сиёсий канални кузатиб боришнинг ўзи етарли. Сифатли ва саноқли сиёсий каналлардан бири.

@shahnozxon — жамоатчилик фаоли, филолог, қалами ўткир журналист Шаҳноза Соатованинг канали. Каналда ижтимоий ҳаёт, ўзбек тили ва адабиёти ҳамда аёллар ҳуқуқига оид таҳлиллар бериб борилади.

@OrifTolib — ижодкор, тил амалиётчиси Ориф Толиб саҳифаси. Канал — тил ва имло борасида катта хазина. Саҳифани мунтазам кузатиб борсангиз, билимларингиз ўз-ўзидан ортаверади.

@shokirjonov — Kun.uz журналисти Шуҳрат Шокиржонов томонидан юритиладиган канал. Ижтимоий ҳаётда рўй бераётган воқеа-ҳодисаларга журналист нигоҳи. Мухлисларнинг мурожаатлари асосида тайёрланган хабарлар ҳам бериб борилади.

@platformauzb — энг тезкор ахборотлар, экспертларнинг эксклюзив фикрлари, долзарб мавзулардаги мақолалар, оригинал суратлар ва видеолар блоги.

@yuristmuydinov — юрист канали. Каналда фуқаролик-оилавий, ижро ҳамда банк масалаларида пост қолдиради. Қонунчиликни соддау ва жўн тилда тушунтириб боради.

@haqiqatdaIlyos — Kun.uz журналисти Илёс Сафаровнинг телеграм канали. Канал орқали журналистнинг долзарб мавзуларда қилган интервюлари, жамиятдаги воқеа-ҳодисаларга нисбатан билдирган фикрлари билан танишиб боришингиз мумкин.

@n_jonuzoq — бу каналда шоир Нодир Жонузоқ шеърлари ва шоирнинг бошқа битикларини ўқиб боришингиз мумкин.
2.4K viewsedited  14:02
Ochish/sharhlash
2023-02-11 13:58:49
Qoʻltiq ostini hidlagichlar qancha maosh oladi?

Noaniq reaktsiyaga sabab bo'ladigan yoki jamiyat tomonidan umuman qabul qilinmaydigan antiqa kasblar ichida "qo'ltiq ostidagi hidlovchi" vakansiyasi hisoblanadi.

"Qo'ltiq osti hidlagichi" ixtisosligi hamma uchun mos emas, ammo dezodorant ishlab chiqaruvchilar orasida juda keng tarqalgan hisoblanadi.

Ushbu kasb egasining maoshi yiliga taxminan $50 000.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.0K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-02-11 07:18:03
Maymun odamlarning oylik daromadi qancha?

Dunyoda 70 ming ish turi mavjud va bu raqam har kuni o'sib bormoqda. Sivilizatsiya va texnologiyaning rivojlanishi bunga yordam beradi.

Achkan Mian maymun kostyumida Laknau stantsiyasi (Hindiston) atrofida yugurib yuradi. Shunday qilib, u maymunlarni poezdlar va yo'llardan qo'rqitib ularni xaydaydi. Bu ish orqali u kuniga $7 gacha topadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.3K views04:18
Ochish/sharhlash