Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-03-11 11:05:31
AQSH’da braziliyaliklar “egallab” olgan biznes – boy odamlarning itlariga qarab turish va sayohat qildirish.

Bir soati uchun 15 dollar oladi, 5-6 ta itni olib ozgina aylantiradi va itlar uchun mo'ljallangan maxsus parkka olib borib tashlaydi. Shu bilan kechgacha $500-600 yest-da))

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
4.0K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-03-09 21:02:46
Adliya vazirligi xodimlari qancha oylik oladi ?

Boshqarma boshliqlari 15-16 million so‘m
Oddiy xodimlar o‘rtacha 6-8 million so‘m
Boshqa muhim lovozimda ishlaydiganlar 8-15 million so‘m

Bu moashlar yillik qo‘shimcha bonuslarni hisobga olgan holda hisoblangan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K views18:02
Ochish/sharhlash
2023-03-09 20:07:44
"Kitob o'qib beruvchi": xolokost va sevgi tutashgan nuqta

Bir qancha muddat Hanna bilan ishqiy munosabatda bo‘lib ajralgan Mixael vaqtlar o‘tib ayolni sud zalida uchratadi. Yigitcha bo‘lajak yurist. Ayol esa biroz yoshi o‘tgan jinoyatchi.

Batafsil o'qish:
https://telegra.ph/kitob-uquvchi-03-04

Qora qalam - adabiyot haqida!
2.0K views17:07
Ochish/sharhlash
2023-03-09 11:31:12
Dunyoning eng boy monarxi o'z boyliklarini nimaga sarflaydi?

Maha Vachiralongkorn Tailand qiroli, ba'zi manbalarga ko'ra uning boyligi $56,6 mlrdni ba'zilariga koʻra $40 mlrdni tashkil etadi va u dunyodagi eng boy monarx hisoblanadi.

Monarxning 38 ta samalyot va vertolyotlarni o'z ichiga olgan shaxsiy samalyotlar parki mavjud. Birgina samalyotining narxi $332 mlnni tashkil etadi va ularga texnik xizmat ko'rsatish xarajatlariga yiliga $64 mln sarflanadi.

Yashaydigan qasrining qiymati $12 mlnni tashkil etadi va monarx Mercedes-Maybach kabi ko'plab qimmat avtomobillarga egalik qiladi.

Tailand madaniyatining bir qismi bo'lgan zargarlik buyumlari bilan bir qatorda qirol qiymati $10 - 12 mln bo'lgan dunyodagi eng katta 546,67 karatli olmosga egalik qiladi.

Monarx marosimlarga ham juda ko'p pul sarflaydi, uning 3 kunlik toj kiyish marosimi $30 mlnga tushgan.

Shuningdek, Germaniyaning Alp tog'lari yon bag'rida €10 mlnlik hashamatli uyi bor.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
495 views08:31
Ochish/sharhlash
2023-03-08 15:33:20
Ko‘zboylag‘ichlar

Ular o‘ta tezkor harakatlar va chiroyli chalg‘itishlar orqali sizga ajoyib tomoshalar ko‘rsatadi.

Turli xil konsertlardan tashqari, ular shaxsiy tashriflar uchun ham chaqirtiriladi. Aqsh va Yevropa davlatlarida shaxsiy tashriflar doirasida bir soatda $175-$350 ishlashadi. O‘zbekistonda esa har bir tomosha uchun $50 dan $200 gacha haq olishadi.

Jiddiyroq uchrashuvlar uchun o‘zlariga ko‘proq gonarar so‘rashlari aniq.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.3K views12:33
Ochish/sharhlash
2023-03-08 11:52:44
8-mart — Xalqaro xotin qizlar kuni bilan yaqinlaringizni tabriklang!

Endi siz @RasmiyTabrikbot'imizdan foydalanib, bayram bilan yaqinlaringizni ismi yozilgan yorqin tabriknomalar, bir-birini takrorlamas tilaklar ila nihoyatda xursand qilishingiz mumkin.

Shunchaki botga o‘tib, kerakli bo‘limni tanlang va ixtiyoringizda 200 dan ortiq tabriknomalar. Biz bilan barchasi oson!
2.6K views08:52
Ochish/sharhlash
2023-03-07 19:35:10
O'zbekistonda QQS tushdi narxlar esa ko'tarildi

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) 15 foizdan 12 foizga tushirilishi narxlarning tegishli ravishga tushishiga olib kelmagan. Bu degani boshqa barcha omillar ta’sir kuchini to‘xtatib turilgan taqdirda ham 2,6 foizga tushishi kerak bo‘lgan narxlar 0,3 foizga oshgan.

Narxlar tushishi faqatgina UzAutoMotors avtomobillarida kuzatilgan, lekn kompaniya qimmat modellari narxini oshirishi bilan bu ko'rsatgichni ham yopib yuborgan.

Buning sababi xufyona iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat muhitining shakllanmagani va narxlarga ta’sir qiluvchi dollar, pul massasi, qayta moliyalash stavkasi kabilarning ta’siri oshib borayotganidir.

Shuni ta'kidlash kerakki, 2023 yilning yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Shuningdek, QQS'ning pasaytirilishi davlat budjeti daromadlarining qariyb 14 trillion so‘mga kamayishiga olib keladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.6K views16:35
Ochish/sharhlash
2023-03-07 10:39:47
Xorvatiyada oylik maoshlar qancha?

Xorvatiya Yevropadagi eng yosh va iqtisodiy xolati yaxshi boʻlgan mamlakatdir. Bu yerda ishlaydigan kishi uchun ish haqi oralig'i odatda €604 dan €1985 gachani tashkil etadi.

Unga koʻra kasblar boʻyicha quyidagicha:

— Bank sohasi €1600 gacha;
— Xavfsizlik xodimlari €1700 gacha
— Qurilish va koʻchmas mulk €1545;
— Qishloq xoʻjaligi €1100;
— Avtomobil sanoati €1338.

Bu mamlakatda asosan IT sohasi vakillari kadrlariga talab yuqori hisoblanarkan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.7K views07:39
Ochish/sharhlash
2023-03-02 11:07:51
Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida qancha maosh olishadi?

levels.fyi websaytida dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida xodimlar qancha maosh olishini bilishingiz mumkin.
IT gigantlarda asosan xodimlar oyligi ularning qaysi "level" daligi bilan belgilanadi, ya'ni qaysi bosqichda ekanligi.

Masalan, Google'da 8 ta bosqich bo'lsa, Facebook'da 7 ta, Microsoftda esa 13 ta level bor.

Eng quyi bosqichdagilar, endigina ishga qabul qilingan xodimlarga beriladi. Eng katta 5 ta IT gigant kompaniyalarda eng quyi bosqichda xodimlar yiliga qancha maosh olishi bilan qiziqdik:

— Apple $167,400 dollar/yiliga
— Amazon $161,037 dollar/yiliga
— Google $188,912 dollar/yiliga
— Facebook $179,252 dollar/yiliga
— Microsoft $160,471 dollar/yiliga

Eng yuqori bosqichlarda xodimlar bir necha million dollar maosh olishadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.4K views08:07
Ochish/sharhlash
2023-03-02 07:48:11
Eng yuqori maosh oluvchi aktyor

Margot Robbi aktrisalar orasida eng yuqori maoshga ega: u Tom Kruzdan deyarli 10 baravar kam maosh oladi.

O'nlab yillar davomida Jim Kerri 1996 yilda "Kabel yigiti" filmidagi bosh roli uchun olgan 20 million dollar sanoat rekordi edi. Ammo endi film uchun $20-30 million gonorar kamdan-kam uchraydigan narsa emas.

Apple kompaniyasi Leonardo Di Kaprioga Skorsezening yangi “Gulli oy qotillari” filmida suratga tushishi uchun $30 mln, “Top Gun: Maverikning F1” filmidagi bosh roli uchun Bred Pittga yana $30 mln, Uill Smit esa “Emancipation” filmidagi roli uchun $35 mln to‘laydi

Kris Xemsvort va Milli Bobbi Braun “Tayler Reyk: Qutqaruvchi” va Enola Xolms filmlarining davomi uchun mos ravishda 20 va 10 million dollar oladi.

Xoakin Feniks 2019-yilgi Joker filmidagi bosh rol uchun 4,5 million olgan. Film kassada bir milliard dollardan ortiq daromad keltirdi, aktyorga Oskar va 20 million maosh bilan davomiy film uchun shartnoma olib keldi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K views04:48
Ochish/sharhlash