Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-02-10 15:17:00
O'zbekistonda yanvar oyida eng yuqori maoshni kim oldi?

2023-yil yanvar oyi oxirida O‘zbekistonda ish beruvchilar tomonidan taklif qilingan o‘rtacha ish haqi 4 981 362 so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning yanvariga nisbatan bir yil davomida 25 foizga (3 984 962 so‘mdan) oshdi.

Shu bilan birga, Toshkentdagi o‘rtacha ish haqi takliflari hamon O‘zbekiston bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqoriligicha qolmoqda — hozir farq 11 foizga yuqori.

Eng yuqori maosh IT-mutaxassislari (o‘rtacha 7,5 million so‘m), yirik bo‘limlarning top-menejerlari va direktorlari (9 million so‘m) va tahlilchilarga (7 million so‘m) taklif qilindi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.1K views12:17
Ochish/sharhlash
2023-02-10 10:34:57
Suriya va Turkiya uchun gumanitar yordamlarning qiymati

Turkiya va Suriyada yuz bergan zilzilada jahon hamjamiyati hozirgi kunga qadar quyidagi miqdorda gumanitar yordam ko'rsatdi:

— Qatar $17 mlrd;
— BMT $25 mln;
— Afg'oniston $166 ming;
— Avstraliya $10 mln;
— Avstriya €3 mln;
— Belgiya €200 ming;
— BAA $100 mln;
— Daniya €4 mln;
— Germaniya €26 mln;
— Irlandiya €2 mln;
— Janubiy Koreya $5 mln;
— Kambodja $100 ming;
— Kanada $10 mln;
— Lixtenshteyn $216 ming;
— Norvegiya €13,5 mln;
— Singapur $100 ming;
— Vatikan €500 ming;
— Xitoy $5,9 mln;
— Yangi Zelandiya $954 ming;
— Shimoliy Makedoniya $100 ming;
— Shvetsiya €620 ming;
— Tayvan $2 mln;

Gumanitar yordam faol davom etmoqda. Yurtimida ham bu bo'yicha jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Toshkent va Samarqand shahrida fuqarolar tomonidan gumanitar yordam yig'ish joylari tashkil etilgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.8K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-02-10 06:08:00
Prezidentlarning nafaqasi qancha?

AQSHda prezident nafaqasi yiliga $300 000 ni tashkil etadi. Pensiyadan tashqari, davlat sobiq prezidentga ma'muriy va texnik xodimlarni saqlash, transport va pochta xarajatlari va boshqa ehtiyojlar, shu jumladan oziq-ovqat uchun to'lovlarni to'laydi. Shuningdek, umrbod maxfiy xizmatlar tomonidan oilasi bilan birga qo'riqlanadi.

Masalan, Jorj Bush yashash uchun $1,358 million oladi. Shundan telefon xarajatlarining o'ziga Bushga $85 ming beriladi!

Nafaqa summasi boshqa mamlakatlarda:
— Rossiyada $10 280;
— Germaniyaning sobiq kansleri Helmut Kol $9500;
— Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Gordon Braun $13 128;
— Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirak $14 000 oladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.8K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2023-02-09 09:01:00
Eng kam oylikni qaysi davlatlarda to‘lashadi

Qirgʻiziston

Mamlakatning boy resurslari, jumladan, gaz, neft va boshqa foydali qazilmalar mavjud. Qirg‘izistonda o‘rtacha ishchi taxminan 14 dollar maosh oladi va bu 2017-yilning yanvaridan beri amalda.

Bangladesh

Bangladesh respublikachi davlat boʻlib, Osiyoning janubiy qismida joylashgan. tikuvchilik sanoati ishchisi har oyda 68 AQSh dollari miqdorida maosh oladi, iqtisodiy sektorda esa “tarmoqqa oid ish haqi” bilan bog‘liq bo‘lmaganlar oyiga 19 AQSh dollari miqdorida belgilangan miqdorda eng kam maosh olishadi

Malavi

Malavining eng kam ish haqi kuniga 687,70 MK (taxminan $0,839)ni tashkil qiladi. Malavidagi xodim 2022-yil holatiga ko‘ra oyiga taxminan 25,17 dollar maosh oladi.

Kongo Demokratik Respublikasida

Kongoning eng kam ish haqi barcha ishchilar uchun kuniga 1680 Kongo frankini (taxminan $0,84) tashkil qiladi. Bu 2022-yilda oyiga taxminan 25,2 dollarni tashkil etadi.

Kuba

1492 yilda Kolumb tomonidan ochilgan va Ispaniya tomonidan mustamlaka qilingan respublika davlatidir. 1898-yilda mustaqillikka erishganiga qaramay, Kuba 1960-yilgacha AQSH taʼsirida bo‘lgan.

Kubaning eng kam ish haqi oyiga $30,16 (402 Kuba pesosi) ni tashkil qiladi.

Gvineya Bisau

O‘rtacha eng kam ish haqi 2022-yil holatiga ko‘ra taxminan 19 030 CFA frankini (32,3 dollar) tashkil etadi.

Gambiya

Gambiya mamlakatda kunlik eng kam ish haqini 1,25 dollar qilib belgilagan. Gambiyadagi o‘rtacha xodim 2022-yil yanvar holatiga ko‘ra oyiga 37,5 dollar oladi.

Liberiya

Liberiyadagi davlat xizmatchilari oyiga 114 dollar (5600 Liberiya dollariga ekvivalent) oladi.

Tanzaniya

2022-yilda eng kam ish haqi oyiga 40 000 Tanzaniya shillingidan (taxminan $17,3) oyiga 400 000 shillinggacha (taxminan $173,3) oʻzgarib turadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.2K views06:01
Ochish/sharhlash
2023-02-08 10:48:24
O'zbekistondan chet elga samalyotda uchish narxi qancha?

O'zbekistondan eng uzoqqa qayerga uchib ketsa bo'lishini va u yerga uchish narxlarini ko'rib chiqamiz:

— Nyu-Yorkka eng arzoni 6  725  933 so'm bo'lsa eng tez yetib borish naxri 46  168  753  so'm ekan.
— Kanadaning Ottava shahriga eng arzoni 10 881 230 so'm, eng qimmati 46  676  068 so'm.
— Argentina poytaxti Buenos Ayres shahriga eng arzoni 8  455  519  so'm 89  339  960 so'm.
— Janubiy Afrika Respublikasining boshqaruv poytaxti Pretoriya shahriga eng arzoni 63  262  869 so'm bo'lsa eng qimmati 144  904  025 so'm.
— Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga eng arzoni 30  560  321 so'm bo'lsa eng qimmati 144  904  025 so'm.

Yuqoridagi narxlarda eng arzon ekanom sinfda boʻlsa eng qimmati biznes sinfda koʻrsatilgan. Uchish uchun hizmat koʻrsatadigan kompaniyalar turlichadir.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.0K viewsedited  07:48
Ochish/sharhlash
2023-02-08 07:14:43
Garry Potter filmi qahramonlarining bugungi kundagi boyligi qancha?

Garriy Potter ingliz yozuvchisi J.K.Rouling tomonidan yozilgan yettita ilmiy-fantastik romanlar asosida suratga olingan 10 ta filmlar to’plamidir.

Bugungi kunda uning aktyorlarining narxi quyidagicha:

— Daniel Radcliffe: $110 mln;
— Robert Pattinson: $100 mln;
— Emma Uotson: $80 mln;
— Kennet Branagh: $60 mln;

Filmlarning umumiy byudjeti $1 mlrd 535 mlnni tashkil qiladi va yig'gan puli $9 mlrd 200 mln hisoblanadi. Birinchi qismi 2001-yilda sur'atga olishni boshlagan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.5K views04:14
Ochish/sharhlash
2023-02-07 13:42:01
O’zbek Futbolchilarining oylik maoshi qancha?

O’zbekistonda superliga va pro-ligada eng kam ish haqi 1,3 mln so’m atrofida boshlanadi. Oliy liganing yetakchi klublaridagi tajribali futbolchilar esa 30 mln so’mdan ko’proq maosh olishadi.

O’rtamiyona klublarda esa futbolchilarning oylik maoshlari 3-9 mln so’m atrofida bo’lsa, har bir g’alabali o’yinlar uchun mukofot puli o’rnida 6-12 mln so’m to’lanadi. Bir oyda 2 ta o’yinda g’alabani qo’lga kiritsa, klub futbolchilari 25 mln so’mgacha mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Masalan, Paxtakor klubi futbolchilarining maoshi odatda 2 mln so’mdan boshlanib 20 mln so’mgachani tashkil qiladi. Ammo homiylar tomonidan beriladigan mukofot sabab ularning yillik daromadi 4 mlrd so’mdan ham oshib ketishi mumkin.

Shuningdek, Eldor Shomurodov “Roma”da yiliga €2 mln, Otabek Shukurov «Sharja»da €1,6 mln olgan hozirda Turkiyadagi maoshi aniq emas. Aziz Gʻaniyev «Shabob al-Ahli»da €1 mln maosh oladi.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.2K views10:42
Ochish/sharhlash
2023-02-07 11:42:08


Hozirgi kunda trend bo'layotkan bilimlarni o'rganish xoxlaysizmi?

Treyderlar uchun maxsus kitoblar endilikda o'zbek tilida sotuvda mavjud

Toshkent shahar bo'ylab va viloyatlarga ham yetkazib berish mavjud

Ularni bemalol elektron yokida kitob shaklida ham sotib olishingiz mumkin

Sizni davringiz keldi

Ulanish uchun @rby_book
2.4K views08:42
Ochish/sharhlash
2023-02-07 08:02:57
Dunyoda insonlar qo'lida qancha mablag' bor?

Yer yuzidagi barcha insonlar qo'lida bugungi kunga kelib $418,3 trln mablag' mavjud bo'lib, bu quyidagich taqsimlangan:

— Boyligi $1 mlndan ko'p bo'lganlarda - $191,6 trln va bu ummumiy miqdorning 45,8%;
—  Boyligi $100 mingdan $1 mlngacha bo'lganlarda - $163,9 trln va bu ummumiy miqdorning 39,1%;
— Boyligi  $10 mingdan $100 minggacha bo'lganlarda - $57,3 trln va bu ummumiy miqdorning 13,7%;
— Boyligi  $10 mingdan kam bo'lganlarda - $5,5 trln va bu ummumiy miqdorning 1,3%;

Yuqoridagi raqamlar hududlar kesimida quyidagicha:
— Shimoliy Amerika - $136 trln 316 mlrd;
— Yevropa - $103 trln 213 mlrd;
— Osiyo-tinch okeani hududi - $75 trln 277 mlrd;
— Xitoy - $74 trln 884 mlrd;
— Hindiston - $12 trln 833 mlrd;
— Lotin Amerikasi - $10 trln 872 mlrd;
— Afrika - $4 trln 946 mlrd;

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
2.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-02-06 11:23:29
Sud ekspertiza hodimining ish haqi qancha?

Sud-tibbiyot ekspertining ishi boshqa tibbiyot hodimlariga qaraganda ishi sal murakabroqdir. Ular odamning o'limining sabablarini aniq aniqlash uchun har doim ham estetik jihatdan yoqimli bo'lmagan bir qator tadqiqotlar o'tkazishi kerak bo'ladi.

Yurtimizda sud-tibbiyot mutaxassislarining datslabki ish haqi o'rtacha $315 ni tashkil qiladi va bu summaga qo'shimchalar qo'shilib, tajriba ortirgach $450 bo'ladi.

Boshqa mamalkatalarda:
— Ukraina - $500 - $1200;
— AQSH - $12 000 - $20 000;
— Avstraliya - $8 500 - $10 000;
— Germaniya - $4 500 - $7 000;
— Fransiya - $3 500 - $6000;
— Polsha - $2000 - $4000.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
1.9K viewsedited  08:23
Ochish/sharhlash