Get Mystery Box with random crypto!

Oylik Qancha?

Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha? O
Telegram kanalining logotibi oylikqancha — Oylik Qancha?
Kanal manzili: @oylikqancha
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.20K
Kanalning ta’rifi

Bizning asosiy maqsad — taqdim etilayotgan ma’lumotlar sizga foydali bo‘lishidir.
Savol, taklif va reklamalar uchun: @kanalhamkorlik

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-24 04:14:49
Eng arzon kreditlar qayerda va nima uchun bizda kredit foizlari baland

Yurtimizda kredit foizlari unchalik maqtanardi darajada emas.

Lekin dunyoda foizlar quyidagicha:
Daniyada. Kredit foizi odatda 2-3% lekin baʼzida ipoteka kreditining salbiy stavkasi boʻlishi mumkin. Ya'ni, bank nafaqat qarz uchun haq olmaydi, balki qarz oluvchiga oyiga masalan $38 to'laydi.

— Yaponiya 1,45%;
— Xorvatiya 2,77%;
— Tayvan 2,89%.

Dunyo boʻyicha eng katta foizli kreditlar 2023-yil yanvariga kelib Venesuelada boʻlib xozirda bu mamlakatda kredit foizi 59,3% ni tashkil etmoqda. Oʻzbekiston ham dunyo boʻyicha eng katta foizlar(23-29%)da kredit beruvchilar qatoriga kiradi.

Yurtimizda kredit foizlari stavkasi balandligining asosiy sababi qayta moliyalash stavkasining (hozirda 14%) balandligidadir. Yaʼni tijorat banklari shu foizdan kam foizda kredit bermaydi. Yana bir omil bu inlyatsiya darajasi va mamlakatning iqtisodiy xolatiga bogʻliq boʻlgan omildir.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
859 viewsedited  01:14
Ochish/sharhlash
2023-03-22 07:47:02
Uylanishning narxi qancha?

To'y har bir inson hayotidagi eng katta va eng qimmat voqeadir. Toʻy oʻtkazishning narxi xududga va avallambor insonning oʻziga bogʻliqdir.

Quyida biz turli mamlakatlarda toʻy oʻtkazishning narxi bilan qiziqdik:

— BAA da $157 ming. Narxning qimmatligiga sabab jamiyatning bosimi va yuqori ijtimoiy standartlar sabab.

— Avstraliyada oddiygina "men roziman"ning qiymati $55 ming ekan.

— Buyuk Britaniyada o'rtacha to'y taxminan $30 mingni tashkil qiladi.

— AQSH. Mamlakatdagi oila qurish uchun eng qimmat joy Manxetten bo'lib, o'rtacha narx $76 944;

Boshqalar:
— Ispaniya $15 000;
— Rossiya $13 000;
— Xitoy $11 000;
— Meksika $7200;

Eng arzon toʻy Mavrikiyda boʻlib atiga $450 ekan. Bundan tashqari, Madagaskar sohilidagi bu Orol marosimning o'zi va to'y fotosessiyalari uchun ajoyib joylarga to'la.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
3.1K viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2023-03-21 17:36:40
Putinni qamomoqchi boʻlgan sudning iqtisodiy xolati va oylik maoshlari

Kuni kecha Xalqaro Gaaga sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun qaror chiqardi.

Xalqaro Sud BMT'ning asosiy sud organi hisoblanadi va unga 123 ta mamlakat aʼzodir (Oʻzbekiston qoʻshilgan lekin ratifikatsiya qilmagan hali). U Gaagadagi (Niderlandiya) Tinchlik saroyida joylashgan.

Sudning yillik budjeti $160 mln ni tashkil etadi va ushbu summaning 22% ni Yaponiya toʻlaydi qolganini aʼzo mamlakatlar.

2018-yil xolatiga koʻra sudda 100 ta davlatdan 800 ta atrofida xodim ishlaydi va shundan 18 tasi 9 yilga saylanadigan sudyalardir. Sudyalarning yillik maoshi $230 mingni tashkil etadi.

Sud qarorini bajarmaslik tarixda yangilik emas, Putindan oldin ham Sudanning sobiq rahbari Umar Al Bashirni hibsga olish boʻyicha qaror chiqqan, lekin mana 10 yildirki ushbu qaror bajarilmaydi. Sababi qarorni bajaruvchi majburlovchi vositalar mavjud emas.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.1K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash
2023-03-20 08:37:40
Telefonni zaryadlash uchun sarflanadigan elektr energiyaning narxi qancha?

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, shuning uchun ko'pincha biz ularga qancha pul sarflayotganimizni ham bilmaymiz.

Masalan, I phone 13 telefonining batareya quvvati 3227 mA/soatni tashkil etadi va buni 1000 ga bo'lib 3,8 (batareyaning ish kuchlanishi 3,8 voltni tashkil qiladi) ga ko'paytiramiz.

((3227/1000) * 3,8)/1000=0,01226

Natija taxminan 12,26 vt/soat yoki 0,01226 kVt/soat chiqadi.

Yurtimizda 1 kVt/soat elektr energiya uchun 295 so‘mni tashkil etadi va buni 0,01226 ga ko'paytiramiz:

295*0,01226=3,6167 so'm ekan.

Demak I Phone 13 telefonini bitta zaryadlash narxi atiga 3 so'mu 61 tiyinga tushar ekan va bu bir yilda (agar kuniga atiga bir marta zaryadlasez) 1 317,65 so'm bo'ladi.

Shuni unutmaslik kerakki "rozetka"da qolib ketgan zaryadlovchi qurilma doimo elektr energiya sarflaydi. Lekin bu shu darajada kamki sizning elektr energiyaga to'lovingizga ta'sir qilmaydi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.4K viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2023-03-19 19:54:32
Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda internet cheklovlari tufayli qancha pul yo'qotgan ?

Internetdagi uzilishlar va tarmoqlarning bloklanishi tufayli turli davlatlar miqyosida moliyaviy yo'qotishlar e'lon qilindi. Roʻyxatda 21,59 milliard dollar yo'qotish bilan Rossiya eng koʻp zarar koʻrgan davlat sifatida keltirilgan. Internet cheklanishi tufayli eaa Eron 773 mln dollar va Qozogʻiston 410,7 mln dollar miqdorida yoʻqotishlarga duchor boʻlgan.

Oʻzbekiston bu roʻyxatda 5 - pogʻonani qayd etgan boʻlib, iqtisodiy yoʻqotishlar deyarli 220 mln dollarga baholangan. Yoʻqotishlarni baholash ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish, internetni uzish, internet tezligini pasaytirishni oʻz ichiga oladi. Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekistonda saytlar va ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish muddati 5,6 ming soatdan ortiqroq davom etgan.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.8K views16:54
Ochish/sharhlash
2023-03-19 13:11:02
Diplomatlarning oylik maoshi qancha?

Davlat organlari turli lavozimdagi diplomatlar qancha maosh olishlarini odatda ochiqlamaydi.

Maoshlar mamlakatdan mamlakatga farq qiladi.

Masalan, Rossiyada mamlakat ichidagi Tashqi ishlar vazirligi xodimining o'rtacha ish haqi $775, maksimal $1 632 ni tashkil qiladi.

Shuningdek:
— Ukrainada: $100-950.
— Belarusiya: $120-900;
— Qozog‘iston: $164 – 1500;
— O'zbekiston: $105-1500.

Mamlakat tashqarisidagi elchixona xodimlarining maoshi, qaysi mamlakatda xizmat qilishiga qarab farq qiladi va $3000 dan $6000 gacha bo'lishi mumkin.

@Oylikqancha foydali va qiziqarli
1.8K views10:11
Ochish/sharhlash
2023-03-19 12:10:16 Макка шаҳрининг 128 йил олдинги ноёб суратлари эълон қилинди.

Фотогаллереяни томоша қилиш

@umraahaj
2.0K views09:10
Ochish/sharhlash
2023-03-18 08:39:47
Final oʻyiniga biletlar narxi 6,5 mln soʻmgacha narx bilan savdoga chiqdi

• Oldin xabar berganimizdek, itecket.uz saytida biletlar sotuvga chiqdi va bir necha daqiqa ichida tugadi. Bilet narxlari 25 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha bo‘lgani maʼlum xolos. Asosiy biletlar olib-sotarlar qoʻliga oʻtib ketgan.

• Stadion oldida qoʻlda olib-sotarlarda bilet narxlari 20 barobargacha koʻtarilib, 550 ming soʻmgacha boʻlgan.

• OLX platformasidagi eʼlonlar tahliliga koʻra, bilet narxlari ancha koʻtarilgan va eng arzon bilet narxi 60 ming soʻmni tashkil etmoqda.

• Yaxshi koʻrinadigan joylarda narxlar 3E sektor 4-qatordagi joylar narxi 500 ming soʻmgacha boʻlsa, VIP kreslodagi joylar 600 ming soʻmdan ekan.

• Shuningdek, 10 kishilik VIP kabinalarda ovqatlanish bilan birga narxlar 6,5 mln soʻmni tashkil etmoqda.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.3K viewsedited  05:39
Ochish/sharhlash
2023-03-17 17:44:19
Dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida qancha maosh olishadi?

levels.fyi websaytida dunyoning eng yirik IT kompaniyalarida xodimlar qancha maosh olishini bilishingiz mumkin.
IT gigantlarda asosan xodimlar oyligi ularning qaysi "level" daligi bilan belgilanadi, ya'ni qaysi bosqichda ekanligi.

Masalan, Google'da 8 ta bosqich bo'lsa, Facebook'da 7 ta, Microsoftda esa 13 ta level bor.

Eng quyi bosqichdagilar, endigina ishga qabul qilingan xodimlarga beriladi. Eng katta 5 ta IT gigant kompaniyalarda eng quyi bosqichda xodimlar yiliga qancha maosh olishi bilan qiziqdik:

— Apple $167,400 dollar/yiliga
— Amazon $161,037 dollar/yiliga
— Google $188,912 dollar/yiliga
— Facebook $179,252 dollar/yiliga
— Microsoft $160,471 dollar/yiliga

Eng yuqori bosqichlarda xodimlar bir necha million dollar maosh olishadi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli
2.8K views14:44
Ochish/sharhlash
2023-03-17 16:08:03
Artel sizni do'stona jamoamizning bir qismi bo'lishga taklif etadi!

Quyidagi mutaxassislar uchun bo'sh ish o'rinlarini taklif etamiz:

- Yig'uvchi;
- Sifat nazoratchisi;
- Yuk tashuvchi;
- Payvandchi;
- Elektrik;
- Mexanik.

Taklif qilinayotgan sharoitlar:

- Rasmiy ishga joylashtirish;
- Tushlik va kechki tushlik (poldnik);
- Ijtimoiy ta’minot (har oyda ish haqidan tashqari taqdim etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari);
- Ish uchun maxsus kiyim;
- O'sish uchun professional ta'lim.
- Eng yaxshi xodimlar uchun har oyda rag'batlantirish.

Qo‘ng‘iroq uchun: +99878 8880505, +99890 9174998
Qo'shimcha ma'lumot uchun: @RabotaArtel_bot

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko'chasi, 2-uy.
Mo'ljal: Ashxobod sayilgohi, Mashinasozlar metrosi bekati.

Telegram Instagram
Facebook Twitter Youtube
2.7K views13:08
Ochish/sharhlash