Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga spirtli ichimliklar insonni mast qiladi? — Spirtli ich | NIMAGA?

Nimaga spirtli ichimliklar insonni mast qiladi?

Spirtli ichimliklar insonga juda tez ta'sir qiladi. Spirtli ichimliklar odatda 5 daqiqada miyaga yetib boradi va 10 daqiqa ichida inson mast bo'la boshlaydi. Qon tarkibida alkogol kontsentratsiyasi ko'tarila boshlaydi va inson o'zini yaxshi his qila boshlaydi. Bu vaqtda inson o'zini baxtli, ko'proq ijtimoiy va ishonchli his qiladi va kamroq stressga duch keladi.

Buning sababi shundaki, alkogol tarkibidagi etanol moddasi dopamin va serotonin garmonlarini ishlab chiqarilishini tezlashtiradi, bu garmonlar haqli ravishda "Inson kayfiyatini ko'taruvchi" gormonlar deb ataladi.

Mast bo'lgach, inson ko'proq jismoniy muvozanatsizlikni boshdan kechira boshlaydi. Buning sababi, spirtli ichimliklar markaziy asab tizimini susaytiradi va miyaning aloqa yo'llariga zarar yetkazadi, bu esa miya ma'lumotlarni boshqa organlarga yetkazishiga to'sqinlik qiladi.

P.S: Spirtli ichimliklar hayot uchun xavfli!

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!