Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2023-04-18 08:28:26
«Kelajak yoshlari» grantida g'oliblarni e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim»
va «Cambridge LC» markazlari hamkorligida tashkil qilingan «Kelajak yoshlari» ta'lim grantining g'oliblarini ma'lum qilamiz.

Grantning umumiy qiymati 2 mlrd 500 mln so'mni tashkil etib, bu orqali boquvchisini yo'qotgan va kam ta'minlangan oila farzandlariga 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida umumiy hisobda 1146 kishi ishtirok etdi.

Ikki bosqichli saralashning 1-bosqichida talabgorlar motivatsion xat va boshqa bir qator omillar orqali saralab olindi.

2-bosqichda esa ulardan 383 nafari bilan suhbatlar bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 89 nafar yigit-qiz grant g'olibi deb topildi. Ular keyingi Ramazon oyiga qadar grafik dizayn yoki dasturlash hamda ingliz tili yo'nalishlarini bepul o'rganish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

Grant g'oliblari bilan 29-aprel shanba kuni soat 14:00 da Najot Ta'limning Chilonzor filialida uchrashuv bo'lib o'tadi.

G'oliblarni tabriklagan holda, bildirilgan ishonchni oqlab, o'z sohasining mutaxassislari bo'lib yetishishiga tilakdoshmiz!

Najot Ta'lim va Cambridge LC jamoalari ushbu xayriyaviy grant loyihasini hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.
10.2K viewsedited  05:28
Ochish/sharhlash
2023-04-17 14:54:51
Young Lions Competition qanday musobaqa?

O'zbekistonda yashirin, yuqori ko'nikmaga ega yoshlar ko'p. Lekin negadir ular xalqaro darajalarga intilmaydi, yoki bu haqida ma'lumotga ega emas.

Aynan shu sababli biz O'zbekiston yoshlari xalqaro musobaqalarda qatnashishi, balki g'olib bo'lishlariga intilishlari uchun master-klass o'tkazishga qaror qildik.

Master-klass mehmoni: 605 Agency hammuassisi va rahbari Otabek Sharapov bo'ladi.

«Young Lions Competition» — yoshlarni dizayn, kreativ va marketing sohalarida rivojlantirishga mo'ljallangan musobaqa haqida batafsil suhbat bo'lib o'tadi.

Mavzu: «Young Lions Competition» nima va qanday qatnashish kerak?
Qachon: 19-aprel, chorshanba, soat 14:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha qiziquvchilar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

O'rningizni band qiling

P. S. Otabek Sharapov kordinatorligida qatnashgan jamoa 2022-yilda «Young Lions Competition» musobaqasida 2-o'rinni egallagan.
8.8K viewsedited  11:54
Ochish/sharhlash
2023-04-17 08:42:59
Ramazon Hayiti munosabati bilan ta'til kunlarini e'lon qilamiz

«Najot Ta'lim» markazi yaqinlashib kelayotgan Ramazon Hayiti munosabati bilan ta'tilni quyidagi tartibda e'lon qiladi.

Bu yilgi Ramazon Hayiti 22-aprel sanasiga to'g'ri kelgan taqdirda 21-22-23-24-aprel ta'til kunlari etib belgilanadi!

Bu holatda 20-aprel ta'tildan oldingi oxirgi dars kuni va 25-aprel ta'tildan keyingi birinchi dars kuni bo'lishini ma'lum qilamiz.

Ta'til kunlarini oila davrasida, yaqinlar bilan birga mazmunli o'tkazishingizga tilakdoshmiz.
2.2K views05:42
Ochish/sharhlash
2023-04-16 09:46:58
Qo'lida bolg'asi bor odamga hamma muammo mix bo'lib ko'rinadi

Agar sizning yoshingiz 20-25 yoshlar atrofida bo'lsa, Aziz Rahimov bilan bo'lib o'tgan master-klass premyerasini ko'rib chiqishingiz kerak. )

Chunki suhbat umrning eng muhim bo'lgan ushbu davrida yigit-qizlar qanday ko'nikmalarni shakllantirishi kerakligi haqida bo'lgan.

Premyera bugun — 16-aprel soat 14:00 da YouTube orqali bo'lib o'tadi.

Premyeraga o'tish havolasi:



Siz ham suhbatda birinchilardan bo'lib qatnashing va xabarni tengdoshlaringiz bilan baham ko'ring.
6.3K viewsedited  06:46
Ochish/sharhlash
2023-04-15 12:46:10 «Najot Ta'lim»da 17-26-aprel kunlari ochiladigan guruhlar bilan tanishing!

Grafik dizayn (Bootcamp)

Boshlanish vaqti: 17-aprel, soat 08:00
Qolgan o'rinlar soni: 6 ta
Filial: Chimboy

Ro'yxatdan o'tish

***

Grafik dizayn (odatiy)

Boshlanish vaqti: 17-aprel, soat 10:00
Qolgan o'rinlar soni: 5 ta
Filial: Farg'ona

Ro'yxatdan o'tish

***

React JS

Boshlanish vaqti: 17-aprel, soat 18:15
Qolgan o'rinlar soni: 5 ta
Filial: Chilonzor

Ro'yxatdan o'tish

***

Vue JS

Boshlanish vaqti: 18-aprel, soat 18:15
Qolgan o'rinlar soni: 6 ta
Filial: Chilonzor

Ro'yxatdan o'tish

***

React JS

Boshlanish vaqti: 19-aprel, soat 08:30
Qolgan o'rinlar soni: 9 ta
Filial: Farg'ona

Ro'yxatdan o'tish

***

Grafik dizayn (odatiy)

Boshlanish vaqti: 26-aprel, soat 18:15
Qolgan o'rinlar soni: 15 ta
Filial: Farg'ona

Ro'yxatdan o'tish

***

Grafik dizayn (odatiy)

Boshlanish vaqti: 26-aprel, soat 14:00
Qolgan o'rinlar soni: 10 ta
Filial: Xadra

Ro'yxatdan o'tish

***

React JS

Boshlanish vaqti: 26-aprel, soat 18:15
Qolgan o'rinlar soni: 20 ta
Filial: Chilonzor

Ro'yxatdan o'tish

***

Onlayn kurslarimiz: najottalim.uz onlayn platformasida
6.4K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-04-15 11:15:32 Najot Ta'lim pinned a photo
08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-15 09:02:02
«Najot Ta'lim» Farg'ona filiali «Ochilish marosimi»ga marhamat!

Markazimizning viloyatlardagi ilk filiali Farg'ona shahrida ochilganidan xabaringiz bor. Farg'ona filialimizning to'liq ishga tushgani munosabati bilan 25-aprel seshanba kuni soat 10:00 da katta ochilish marosimi bo'lib o'tadi!

Shu kuni markazimizda yaratilgan qulayliklar va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishib, kurslar bo'yicha batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Ochilish marosimiga Muhammadali Eshonqulov, Jahongir Po'latov, Abdusattor Abdurahimov, Muhammad Temur A'zam va boshqa ko'plab ilm vakillari tashrif buyurishadi.

Ha aytgancha, tadbir davomida sovg'ali o'yinlar, mazali coffee break va ustozlarimiz tomonidan kurslar bo'yicha ochiq darslar ham sizni kutmoqda. Xullas, kuningiz yoqimli va mazmunli o'tishiga ishonamiz!

Ochilish marosimida barcha vodiy ahlini kutib qolamiz!

Manzil: «Najot Ta'lim», Farg'ona filiali

78-888-9-888
8.1K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2023-04-14 18:59:47
Noyabr oyida 92,4% bitiruvchimiz ishli bo'lgan

«Najot Ta'lim»da o'qib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan va hozirda ish o'rniga ega bo'lgan bitiruvchilarimiz bilan tanishing.

Post orqali noyabr oyida bitiruv sertifikatini olib, hozirda ish faoliyatini boshlagan o'quvchilarning ish joyi, kim bo'lib ishlayotgani, yoshi va o’rtacha oylik maoshi haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin.

2022-yilning avvalgi natijalari bilan tanishing:

1. Yanvar oyi
2. Fevral oyi
3. Mart oyi
4. Aprel oyi
5. May oyi
6. Iyun-iyul oyi
7. Avgust-sentyabr oyi
8. Oktyabr oyi

Ularning bu kabi natijalarga erishishida o'z hissasini qo'shgan kurs ustozlari va barcha jamoa a'zolariga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Yigit-qizlardan esa sohalari bo'yicha doimiy o'sib, rivojlanib borishlarini so'rab qolamiz.

Siz ham AyTi sohalaridan birida ta'lim olishni istasangiz, «Najot Ta'lim»dagi kurslar uchun ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Birinchi qadamni tashlash

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
7.2K views15:59
Ochish/sharhlash
2023-04-14 12:50:31 Brend identifikatsiyasi haqida nimalarni bilasiz?

Brendingda muhim jarayonlardan biri identifikatsiyalash bosqichi hisoblanadi. Bugun shu mavzuda grafik dizayn kursi ustozi Saidahmad Adhamov bilan qisqa suhbat qildik.

Video orqali brend identifikatsiyasining turlari, uning tayyorlanish bosqichlari haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

YouTube orqali hoziroq tomosha qiling:

7.1K viewsedited  09:50
Ochish/sharhlash
2023-04-14 08:16:12
Yaxshi SMM-menejer bo'lish uchun nima qilish kerak?

Agar siz SMM sohasida muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lsangiz, sizdan bir qancha bilim va ko'nikmalar talab etiladi.

Postimiz orqali bunga bir nechta misollar keltirib o'tdik.

SMM-menejer bo'lish istagida bo'lgan do'stingizga yuborib qo'ysangiz bo'ladi.

«Najot Ta'lim»dagi SMM Pro kursi haqida

78-888-9-888 | @aloqa_ntbot
7.1K views05:16
Ochish/sharhlash