Get Mystery Box with random crypto!

«Kelajak yoshlari» grantida g'oliblarni e'lon qilamiz! «Najot | Najot Ta'lim

«Kelajak yoshlari» grantida g'oliblarni e'lon qilamiz!

«Najot Ta'lim»
va «Cambridge LC» markazlari hamkorligida tashkil qilingan «Kelajak yoshlari» ta'lim grantining g'oliblarini ma'lum qilamiz.

Grantning umumiy qiymati 2 mlrd 500 mln so'mni tashkil etib, bu orqali boquvchisini yo'qotgan va kam ta'minlangan oila farzandlariga 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida umumiy hisobda 1146 kishi ishtirok etdi.

Ikki bosqichli saralashning 1-bosqichida talabgorlar motivatsion xat va boshqa bir qator omillar orqali saralab olindi.

2-bosqichda esa ulardan 383 nafari bilan suhbatlar bo'lib o'tdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, 89 nafar yigit-qiz grant g'olibi deb topildi. Ular keyingi Ramazon oyiga qadar grafik dizayn yoki dasturlash hamda ingliz tili yo'nalishlarini bepul o'rganish imkoniyatini qo'lga kiritishdi.

Grant g'oliblari bilan 29-aprel shanba kuni soat 14:00 da Najot Ta'limning Chilonzor filialida uchrashuv bo'lib o'tadi.

G'oliblarni tabriklagan holda, bildirilgan ishonchni oqlab, o'z sohasining mutaxassislari bo'lib yetishishiga tilakdoshmiz!

Najot Ta'lim va Cambridge LC jamoalari ushbu xayriyaviy grant loyihasini hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda.