Get Mystery Box with random crypto!

Najot Ta'lim

Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim N
Telegram kanalining logotibi najottalim — Najot Ta'lim
Kanal manzili: @najottalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 29.03K
Kanalning ta’rifi

💡 𝗡𝗮𝗷𝗼𝘁 𝗧𝗮'𝗹𝗶𝗺 — ilm va tajriba ulashamiz!
Dasturlash | Dizayn | Marketing
6500 bitiruvchi
Bitiruvchilar 85%-95% ishli
2023-yilda "Eng yaxshi AyTi markaz"
📞 𝗧𝗲𝗹: 998-78-888-9-888
📲 𝗔𝗹𝗼𝗾𝗮: @aloqa_ntbot
🌐 https://najottalim.uz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2023-04-13 08:02:02
YouTube'da qanday kontent tayyorlash kerak?

YouTube'da kontent yuritish orqali daromad topayotgan Farg'onalik dasturchi bilan suhbat!

Spikerimiz «Engineericly» YouTube kanali asoschisi — Jahongirmirzo Ibrohimov master-klass davomida o'z bilim va tajribalari bilan bo'lishadi.

Bepul va barcha ishtirok etishi mumkin bo'lgan master-klass, «YouTube'da sifatli kontent yuritish» mavzusida bo'lib o'tadi.

Qachon: 15-aprel, shanba, soat 11:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha vodiylik qiziquvchilar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Farg'ona filialida

Master-klass uchun ro'yxatdan o'tish

78-888-9-888
4.9K views05:02
Ochish/sharhlash
2023-04-12 15:33:19
O'tgan hafta 8-9-aprel kunlari «Najot Ta'lim»ning Toshkent va Farg'ona filiallarida bo'lib o'tgan hafta event'lari atmosferasini fotosuratlarda tomosha qiling

«Cambridge» va «Modme» loyihalari asoschisi va rahbari Jahongir Po'latov bilan master-klass bo'lib o'tdi

Hasanxon Yahyo Abdulmajid domla bilan ta'lim olish bo'yicha ilmiy suhbat tashkil etildi

Farg'ona filialida markazimiz O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh bilan master-klass o'tkazildi

12 soat davom etgan «Frontend dasturlash» musobaqasi yakunlandi. G'oliblar...

100 ga yaqin SMM-menejer va grafik dizaynerlar «Marketing Team» musobaqasida jamoaviy tarzda bellashishdi
3.9K views12:33
Ochish/sharhlash
2023-04-12 12:06:23
Shaxsiy brendni qanday to'g'ri rivojlantirish kerak?

Muvaffaqiyatli shaxsiy brendni rivojlantirish uchun vaqt va kuch talab etiladi.

Bu galgi mehmonlarimiz:

• Iwash loyihasi asoschi va rahbari Otabek Juraev;
• Vip service, Zikr Auto loyihalari asoschisi hamda Megamotors, Tashkent Global Forum brendlari ambassadoriBehzodbek Shoyunusovlar bilan master-klass!

Suhbat davomida shaxsiy brendning ahamiyati va uni to'g'ri rivojlantirish hamda Instagram reels va stories bilan ishlash kabi mavzularda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz, degan umiddamiz.

Mavzu: «Shaxsiy brendni rivojlantirish»
Qachon: 15-aprel, shanba, soat 11:00
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha qiziquvchilar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Master-klassda barcha qiziquvchilarni kutib qolamiz.

O'rningizni band qiling

78-888-9-888
6.8K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-04-12 10:00:27
Flutter dasturchilari, bellashuvga tayyormisiz?

Markazimizda dasturlash musobaqalari davom etadi. Bu gal Flutter dasturchilar musobaqada bellashishadi.

Musobaqada ishtirok etish uchun sizdan:

• Flutter framework'dagi basic widgetlar bilan ishlay olish;
• Rest API;
• State management'ni bilish;
• Clean arxitektura basic tushunchalarini loyihada qo'llay bilish;
• Maplar bilan ishlash;
• Local ma'lumotlar integratsiyasini bilish kabi bilim va ko'nikmalar talab etiladi.

Ushbu musobaqa jamoaviy tarzda bo'lib, har bir jamoada 3 nafar ishtirokchi bo'lishi talab etiladi.

Musobaqa shartlari shu kuni ustozlarimiz tomonidan e'lon qilinadi.

Musobaqa g'oliblariga EduOn platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari hamda quyidagi sovg'alar topshiriladi:

1-o'rin: 3 ta «MI band 7» smart soati;
2-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530» quloqchini;
3-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbanki.

Qachon: 15-aprel, shanba, soat 09:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor filialida

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tish

P. S. Agar jamoangiz bo'lmasa, musobaqa kuni shu yerning o'zida jamoa shakllantirishingiz mumkin.
5.4K views07:00
Ochish/sharhlash
2023-04-11 15:58:59
Dasturlashni o'rganmoqchi bo'lganlar uchun bepul va sovg'ali vebinar

Ko'pchilik dasturlashga qiziqadi, har xil uslublarni sinab ko’radi. Ma'lum muddat o'tgach, o'rganishni tashlab qo'yadi.

Gap shundaki, nimanidir o'rganishda qiladigan eng katta xatoyimiz qanday o'rganish kerakligini bilmasligimizda.

Xo'sh, unda qanday o'rganish kerak?

Shu va boshqa foydali mavzular bo'yicha 29-aprel kuni, soat 20:00 da bo'ladigan bepul vebinarimizda gaplashamiz.

Vebinarda foydali bilimlardan tashqari bonuslar ham bo'ladi.

Bepul vebinarda qatnashish havolasi
3.9K viewsedited  12:58
Ochish/sharhlash
2023-04-11 11:30:49
«Najot Ta'lim»dagi ilk intellektual musobaqa!

26-mart kuni markazimiz o'quvchilari ishtirokida ilk bor «Najot Ta'lim — Quiz» intellektual musobaqasi bo'lib o'tgan edi.

Yigit-qizlarimizning umumiy bilimlari sinovdan o'tkazilgan ushbu musobaqani bugun soat 14:00 dan boshlab YouTube sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Premyera havolasi:



Bilimlar bellashgan, turli xil emotsiyalarga boy bo'lgan o'yinni biz bilan tomosha qiling.

P. S. Ha aytgancha, o'yindagi savollarga javob berish orqali siz ham o'z bilimlaringizni sinab ko'rishingiz mumkin.
5.4K viewsedited  08:30
Ochish/sharhlash
2023-04-11 08:05:37
«Kelajak yoshlari» grantida suhbat bosqichi boshlandi!

«Najot
Ta'lim» va «Cambridge LC» o'quv markazlari hamkorligida tashkil qilingan «Kelajak yoshlari» ta'lim granti birinchi bosqich uchun saralash yakunlandi.

Grant uchun umumiy hisobda 1146 ta ariza kelib tushgan edi. Unga ko'ra 383 nafar yigit-qizsuhbat bosqichiga saralab olindi.

11-apreldan boshlab, suhbatlar «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» o'quv markazlarining HR bo'limi a'zolari tomonidan olib boriladi.

Grant g'oliblari shu oyning oxiriga qadar e'lon qilinadi.
5.8K views05:05
Ochish/sharhlash
2023-04-10 17:45:06
Ilovalar evolyutsiyasi

Odamlarning ehtiyojlarini qulaylik bilan ta'minlaydigan dasturiy ilovalarni yaratishda dasturchilar muhim rol o'ynaydi.

Biz foydalanadigan ilovalar ham kundan-kunga qulaylashtirilyapti.

Ilovalar evolyutsiyasi avvalgisidan qanday farq qilishini keltirilgan misollar orqali yodga olsangiz bo'ladi.

Postni oxirigacha o'qigan bo'lsangiz, Dasturlash kurslariga yozilishingiz mumkin.

Dasturlash kurslari uchun ro'yxatdan o'tish

Onlayn kurslarimiz: najottalim.uz onlayn platformasida

78-888-9-888
6.5K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-04-10 07:42:08
SMM-mutaxassislarini “jangga chorlaymiz!

«Najot Ta'lim»ning Toshkent va Farg'ona filiallarida SMM-menejerlar o'rtasida navbatdagi jamoaviy bellashuv bo’lib o’tadi.

Har bir jamoada 3 nafardan ishtirokchi bo'lishi va ulardan musobaqa boshlanguniga qadar jamoa shakllantirishlari so'raladi.

Jamoa a'zolari stories management bo'yicha berilgan vazifalarni tayyorlashlari kerak bo'ladi.

G'oliblar EduOn platformasidan 6 mln so'mli ta'lim grantlari hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar:

1-o'rin: 3 ta «MI band 7» smart soati;
2-o'rin: 3 ta «Rapoo VH-530C» quloqchini;
3-o'rin: 3 ta «Borofone» powerbanki.

Qachon: 16-aprel, yakshanba, soat 10:30
Qatnashish: bepul
Kim uchun: barcha SMM-menejerlar uchun
Qayerda: «Najot Ta'lim», Chilonzor va Farg'ona filiallari

Musobaqa uchun ro'yxatdan o'tib, «jang maydoniga» kelaverasiz.

Ro'yxatdan o'tish
7.4K views04:42
Ochish/sharhlash
2023-04-09 09:54:33 Sovg'alar 10-aprel — ertaga 17:00 da topshiriladi!

Bundan 20 kun avval «Najot Ta'lim» o'quvchilari va bitiruvchilari o'rtasida ta'lim sifatini yanada rivojlantirish maqsadida so'rovnoma o'tkazgan edik.

Ushbu so'rovnomani to'ldirganlar orasidan 10 nafariga random orqali maxsus sovg'alar berilishi e'lon qilingan edi.

Ertaga — 10-aprel 17:00 da «Najot Ta'lim» Instagram sahifasida so'rovnoma sovrindorlariga sovg'alarni jonli efirda taqdim etamiz!

Jonli efirni o'tkazib yubormang!
7.9K views06:54
Ochish/sharhlash