Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 163.75K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-17 15:30:13
Mulk xaridlarida my.gov.uz yordam beradi

Hozirgi kunda turli mulk shakllarini oldi-sotdi qilishda avvalgidek idorama-idora qog‘oz ko‘tarib yurish shart emas.

Jumladan:

Uy sotib olishda:

Davlat kadastr reyestridan ma’lumot olish

Mulkdorga tegishli ma’lumotlar uning o‘zi tomonidan yoki roziligi asosida my.gov.uz portali orqali olinishi mumkin. “Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish” xizmati ob’yekt va unga doir huquqlar to‘g‘risida elektron ma’lumot olish imkonini beradi.

Yashash joyi bo‘yicha doimiy ro‘yxatda turish

Fuqarolar my.gov.uz portali yordamida masofadan turib, “Yashash joyiga doimiy ro‘yxatga turish uchun ariza yuborishi” , shuningdek,  “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yishi” mumkin.

Shuningdek, Kadastr pasportini shakllantirish; Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni kadastrda ro‘yxatdan o‘tkazish; Yer uchastkasini xususiylashtirish kabi qator xizmatlar mavjud.

Avtotransport sotib olishda: 

Avtomobil haqida ma’lumot

Yagona portaldagi “Avtomobil tarixi haqida ma’lumotnoma” xizmati orqali avtomobil kimning nomida, qachon ishlab chiqarilgan va texnik holati kabi ma’lumotlarni olish mumkin.

“Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish” xizmati orqali esa avtomobilga taqiq yoki cheklov mavjudligini onlayn bilsa bo‘ladi.

Shuningdek, Avtotransport boshqaruviga elektron ishonchnoma olish; “Tonirovka” uchun ruxsatnoma olish kabi qator xizmatlar mavjud.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
21.7K views12:30
Ochish/sharhlash
2024-05-17 14:22:34
OAV_biz_haqimizda

Fakt 24 | «
my.gov.uz» dan foydalanish yanada oson va qulay bo'ladi

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
24.8K views11:22
Ochish/sharhlash
2024-05-17 09:26:08 Haydovchilarga my.gov.uz da qulay imkoniyatlar bor

Avvalo, Yagona portal orqali davlat xizmatlaridan foydalanish – onlayn! Hech qanday navbatlarsiz, oddiy va qulay!

Agar siz haydovchi bo‘lsangiz:

U orqali “tonirovka”ga ruxsatnomani 5 daqiqada rasmiylashtirib olishingiz mumkin.

Yana avtotransport boshqaruviga ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurmaysiz, uzundan-uzun navbatlarda turmaysiz.

Kira qilish uchun litsenziya varaqasini esa ham onlayn, ham arzonga olasiz.

Muddati o‘tayotgan haydovchilik guvohnomasini yangilashni ham bemalol my.gov.uz ga ishonib topshiraverasiz.

Qolgan imkoniyatlar bilan videoda tanishasiz...





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram
33.5K views06:26
Ochish/sharhlash
2024-05-16 13:05:11 Foydalanuvchilar uchun ONE ID tizimiga oid 3 tavsiya

My.gov.uz foydalanuvchilari soni kun sari ortib bormoqda. Ular uchun ONE ID tizimiga oid tavsiyalarimizni yordamchi qoʻllanma sifatida taqdim etamiz.

ONE ID tizimida roʻyxatdan oʻtish ancha soddalashtirilgan.

Videoqoʻllanmada roʻyxatdan oʻtish tartibi bilan tanishishingiz mumkin:



Unitilgan login va parolni osongina tiklab olsa boʻladi.

ONE ID tizimiga kiruvchi login va parolni tiklash tartibi bilan videoqo'llanmada tanishing:



Nega One ID tizimi uchun murakkab parol tanlash kerak? Sababini bilishni istaysizmi?

Videoni koʻring va oʻzingiz xulosa chiqaring:



  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
44.1K views10:05
Ochish/sharhlash
2024-05-16 08:34:07
Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-may) my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
42.2K views05:34
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:40:44
Стартует проект "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!"

16-17 мая 2024 года в рамках проекта "MY.GOV.UZ - ДЛЯ ЖИЗНЕННЫХ СИТУАЦИЙ!" в Кашкадарьинской области будут проведены семинар-тренинги для населения, молодежи и субъектов предпринимательства по возможностям, представленным на портале my.gov.uz, процедурам использования электронных услуг.

Нишанский район

Кукдалинский район

Яккабагский район

Чиракчинский район

Учебные семинары открыты для всех и приглашаем всех принять участие!

Телефоны для связи: +998 55-501-36-16, +998 95-222-22-58

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
44.2K views16:40
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:23:38
"MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!" loyihasiga start berildi

2024-yilning 16-17-may kunlari «MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!» loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida aholi, yoshlar hamda tadbirkorlik subyektlari uchun my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, elektron xizmatlardan foydalanish tartiblari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi.

Nishon tumani

Ko'kdala tumani

Yakkabog' tumani

Chiroqchi tumani

O‘quv seminarlari barcha uchun ochiq va hammani unda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Bog‘lanish uchun telefon raqamlari:  +998 55-501-36-16, +998 95-222-22-58

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
39.3K views16:23
Ochish/sharhlash
2024-05-15 17:01:11
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish uchun qancha ariza kelib tushdi?

Bugundan my.gov.uz portalida Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish davlat xizmatining yangi maqsadli koʻrsatkichlar asosida qayta ishga tushganidan xabaringiz bor.

Soat 18:00 ga qadar fuqarolardan jami 63 457 ta arizalar kelib tushgan.

Shundan:
my.gov.uz portali orqali 45 839 ta ariza;
Davlat xizmatlari markazlari orqali 17 618 ta ariza qabul qilingan.

Maʼlumot uchun: 2024-yil uchun respublika miqyosida 27 mingta subsidiya ajratilishi belgilangan.

Shundan 20 mingta subsidiya yangi uy-joy sotib olish uchun, 7 mingta subsidiya yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratiladi.

Joriy yildan ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini berish tartibi biroz oʻzgardi.

Subsidiyalar ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi.

Birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — 2024-yildan boshlab 30 million soʻm miqdorida toʻlanadi.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
50.4K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2024-05-15 09:53:59
Перезапущена услуга подачи заявки на получение государственной субсидии на ипотечный кредит

Сообщаем гражданам, что услуга по выделению субсидий на приобретение жилья или строительство и реконструкцию индивидуального жилья перезапущена через портал my.gov.uz на основе новых целевых показателей.

Теперь вы можете получить государственную субсидию по ипотечному кредиту на приобретение жилья в городе Ташкенте, областях и Республике Каракалпакстан.

Как подать заявку на субсидию?

Войдите на портал my.gov.uz
Выберите услугу «Подача заявления на получение государственной субсидии на ипотечный кредит»
Заполните заявку

Всем удачных покупок в новостройках!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
50.2K views06:53
Ochish/sharhlash
2024-05-15 08:12:45
Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish xizmati qayta ishga tushirildi

Fuqarolarimizga my.gov.uz portali orqali uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun subsidiya ajratishga doir xizmat yangi maqsadli koʻrsatkichlar asosida qayta ishga tushirilganini maʼlum qilamiz.

Endi siz Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab uy-joy sotib olishga ipoteka krediti uchun davlat subsidiyasini olishingiz mumkin.

Subsidiya olish uchun qanday murojaat qilinadi?

my.gov.uz portaliga kiring
“Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga ariza berish” xizmatini tanlang
Arizani toʻldiring

Yangi uy xarid qilish barchangizga nasib etsin!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot
84.4K views05:12
Ochish/sharhlash