Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-09-08 15:58:53Kimyo fani milliy sertifikat imtihoni haqida

Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihonida jami 50 ta savol mavjud boʻlib, ular 7-11 sinf darsliklaridan tuziladi. 50 ta savol oʻz oʻrnida 6 turga boʻlinadi:

Y1: bitta toʻgʻri javobli yopiq test;
Y2: bir nechta turi javobli yopiq test
Y3: moslashtirishni talab etadigan yopiq test;
Y4: toʻgʻri/notoʻgʻri shaklidagi yopiq test;
O1: qisqa ochiq test;
O2: kengaytirilgan ochiq test.

Ushbu savollarni bajarish uchun jami 180 daqiqa vaqt ajratiladi (3 soat)

Baholash esa savol turi va qiyinligiga qarab 1 baldan 4 balgacha taqdim etiladi.
Maksimal ball – 100.

60 foizdan past to'plaganlarga sertifikat berilmaydi

Sertifikat olish uchun 100 baldan 60 yoki undan yuqori ball toʻplash talab etiladi. Qancha koʻp ball yigʻsangiz, kirish imtihonlarida ushbu fandan shuncha koʻp ball yigʻish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Abituriyentlarga yuborib qo'ying!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.9K views12:58
Ochish/sharhlash
2023-09-06 18:59:01 Umumtaʼlim fanlari va chet tillaridan faqatgina milliy sertifikat emas, balki xalqaro sertifikatlar bilan ham 50 va 20% lik ustamaga ega chiqish mumkin.

Xalqaro va milliy sertifikatlar fanlar kesimida

INFORMATIKA
1) A levels — A
2) Microsoft Certified 
Educator (MCE) — 80%
3) Astrum Certified IT 
Educator — 80%

MATEMATIKA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) GMAT (Quantitative Reasoning) — 37 ball
3) Milliy sertifikat — 80%
4) SAT subject score — 640

FIZIKA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball 
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score — 640

GEOGRAFIYA
1) Milliy sertifikat — 80%

TARIX

1) Milliy sertifikat — 80%

BIOLOGIYA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score— 640

KIMYO
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score— 640

ONA TILI / RUS TILI / QORAQALPOQ TILI VA ADABIYOTI
1) Milliy sertifikat — 80%

BOSHLANG'ICH TA'LIM
Matematika — 60%
Ona tili va adabiyoti — 60%

RUS TILI
1) Test of Russian as a Foreign language (TORFL) — C1 
2) Тест по русскому языку 
как иностранному (TRKI) — C1

INGLIZ TILI
1) IELTS — 7.0
2) TOEFL iBT — 95 
3) TOEFL iTP — 620 (Speaking – 64)
4) CAE — 180
5) TESOL (sertifikat talabi)
6) TEFL (sertifikat talabi)
7) TESL (sertifikat talabi)
8) CELTA (sertifikat talabi)
9) DELTA (sertifikat talabi)
10) TKT — 3-4 band
11) Milliy sertifikat — C1

FRANSUZ TILI
1) DALF — C1
2) TCF — C1
3) Milliy sertifikat — C1

NEMIS TILI
1) Goethe — C1
2) DSD II — C1
3) Test DAF — TDN5 (C1.2)
4) Milliy sertifikat — C1

ARAB TILI
1) ALPT,  APT, E-TOAFL, ACTFL — C1
2) AT Tanal Al Arabi — C1
3) Milliy sertifikat — C1

XITOY TILI
1) HSK — HSK5
2) Milliy sertifikat — C1

YAPON TILI
1) JLPT — N1
2) Milliy sertifikat — C1

KOREYS TILI
1) TOPIK II — Level 5
2) Milliy sertifikat — C1

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.3K views15:59
Ochish/sharhlash
2023-09-03 11:50:03 TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Bilim
va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP  imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatdan o'tishlari va to'lovni amalga oshirishi my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 24-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etadi.

Imtihonlar 26-sentabr kuni Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Muljal:Bodomzor metro bekati) kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi va natijalar o'sha kuni ma'lum bo'ladi.

TOEFL ITP imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi (asl sertifikatlar 10 ish kunida yetib keladi)

TOEFL Itp sertifikati xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL Itp — ma’lumot | qo‘llanma;

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
12.7K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-09-03 08:52:59
IELTS sertifikat olsam bo'ldi, TOP universitetlarning eshiklari men uchun ochiq deydiganlar adashadi!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.7K views05:52
Ochish/sharhlash
2023-08-28 19:45:50 Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi.

Bunda, ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil
yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibi ishlab chiqiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.2K views16:45
Ochish/sharhlash
2023-08-28 14:07:40Milliy sertifikat hammaga kerak:
Abituriyentga ham, Pedagogga ham!


Hammaga ma'lumki, chet tili, masalan ingliz tili bo'yicha qaysidir abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini uning IELTS natijasiga qarab baholashga o'rganib qolganmiz.

Boshqa fanlarchi? Fizika, matematika, ona tili kabi fanlar bo'yicha abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini qanday bilamiz?

Albatta, Bilim va malakalarni baholash agentligi (ya'ni DTM) tomonidan beriladigan milliy sertifikat natijasiga qarab. Natija qancha yuqori bo'lsa, uning shu fan bo'yicha bilim darajasi ham shunchalik yuqoriligini anglatadi. Bu sertifikat natijasi ayniqsa kirish imtihonlariga tayyorlaydigan repetitorning yaxshisini izlab yurgan abituriyent uchun ham qo'l keladi.

Milliy sertifikat imtiyozlari:

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, 100% lik natijadan kamida 80% natija qayd etgan xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar 3 yil davomida oyligiga 20% ustama qoʻshiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish niyatidagi abituriyentlar agar sertifikat imtihonida 60-85% oraligʻida ball toʻplasa, kirish imtihonlarida oʻsha fanning maksimal ballining 60-85% miqdorida ball qoʻshib beriladi.

Agar 86% va undan yuqori ball toʻplasa, oʻsha fanning majburiy qismidan ham, mutaxassislik qismidan ham ozod qilinadi va maksimal ball beriladi.

Amal qilish muddati: 3 yil (keyin o'tmaydi)

Sertifikat namunasi rasmda keltirilgan

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.6K views11:07
Ochish/sharhlash
2023-08-23 08:30:39 Super-kontraktga arizani qachon va qayerga borib yozishim kerak?

Belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali o‘quv jarayonlari boshlangandan so‘ng onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratiladi.

Imtihondan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o'z hohishlariga ko'ra, super-kontrakt asosida o'qishlari mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.3K views05:30
Ochish/sharhlash
2023-08-22 10:02:18 ​​ Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Yaxshi gap totlidir qanddayin,
El ichra xushxabar yuribdi,
Sir bermay turibsiz qandayin,
Bolangiz oʻqishga kiribdi?!

Eshitdik, koʻp boʻlmang kamtarin,
Nishonni bexato uribdi.
E qoyil!
Tasanno!
Ofarin! 
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim deydi:
"Oʻzi zoʻr bola-da",
Kim yuzin, kim labin buribdi...
"Olmaning tagiga olma... "-da,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Kim sotgan molingiz sanagan,
Kim deydi:
"Qancha pul beribdi?!"
Qanday zoʻr baxt ota-onaga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Sannasin miyasi aynigan,
Har kimsa ekkanin oʻribdi.
"Byudjet"mi... "kontrakt"... mayliga,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

El aro yorugʻdir yuzingiz,
Fayzingiz yarashib turibdi.
Davrada yangroqdir soʻzingiz,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Baraka topgaysiz oʻgʻildan,
Xudoyim tashvishdan qoʻribdi.
Qiz boʻlsa, sovchilar yogʻilgay,
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

U bugun haqiqiy qahramon,
Mehnatin rohatin koʻribdi.
Nafidan el boʻlgay bahramand,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Havasda qarindosh, oʻzga ham,
Hasadgoʻy toshini teribdi...
Yuqsin-yuqsin,  deymiz bizga ham,
Bolangiz oʻqishga kiribdi.

Siz bugun xoʻb koʻkrak kerasiz,
Ulfatlar koʻp tomoq qiribdi...
Qadrdon,  qachon haq berasiz?!
Bolangiz oʻqishga kiribdi!

Nuriddin Egamov

O'qishga kirganlarga yuboring
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
14.9K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-08-20 07:54:31
Bugun yuridik texnikumlariga hujjat topshirishning oxirgi kuni!

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul ertaga, 20-avgust kuni tugaydi. Hujjatlar my.gov.uz yoki my.uzbmb.uz orqali topshiriladi.

Ma’lumot uchun, Adliya vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi (14 ta) yuridik texnikumlariga joriy yilda jami 2 ming 400 nafar (shundan 1220 ta sirtqi) o‘quvchi qabul qilinadi.

Yuridik texnikumlarning kontrakt narxi

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.6K viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2023-08-19 19:46:07
Mandatning hidi kelmoqda: Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar saytga joylashtirildi

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

Aynan shu imtiyozli abituriyentlar sabab mandat kechikishi kutilayotgan edi. Demak, asosiy ish yakunlangan!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
16.2K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash