Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-06-06 15:47:01Necha kun qoldi?

. Chet tillaridan may oyida boʻlib oʻtgan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 2 kun qoldi;

. Ona tili va adabiyoti (oʻzbek, rus, qoraqalpoq tillari boʻyicha) fanidan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 4 kun qoldi;

. Chet tillaridan iyun oyi imtihonlari boshlanishiga 6 kun qoldi;

. Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari eʼlon qilinishiga 11 kun qoldi;

. Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish boshlanishiga 15 kun qoldi.

Siz qaysi birini kutyapsiz?

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
4.2K viewsedited  12:47
Ochish/sharhlash
2023-06-06 12:56:30
Rasman: Ertaga kirish imtihonlari andozasidagi onlayn test tashkil etiladi!

Kim grantga kiradi, kim kontraktga?
Aniqlashga tayyormisiz?
Siz uchun blokli original testlar tayyorlab qo'yildi!

Barcha abituriyentlar ishtirok etishi shart, qatnasha olmaganlar uchun test savollarini PDF formatini yuklab olish imkoniyati mavjud.

Test vaqti: 7-iyun (20:00)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
4.4K views09:56
Ochish/sharhlash
2023-06-06 05:25:41
Joriy yilda nechta oliy ta’lim muassasasini (ta’lim yo‘nalishini) tanlash mumkin?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Bunda 5 ta ta’lim yo‘nalishini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlasa bo‘ladi.

Ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash mumkin. Misol uchun, -sini kunduzgi, -sini kechki, -sini sirtqi, -masofaviy.

Shuningdek, abituriyentlar tanlov ustuvorligini ham tanlaydilar: “davlat granti“ yoki “ta’lim yo‘nalishi” (batafsil yuqoridagi videoda tushuntirilgan).

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
17.2K viewsedited  02:25
Ochish/sharhlash
2023-06-03 09:54:30
Imtihonlarni o'tkazish uchun binolar qurilmoda – Andijon viloyati

Rejaga muvofiq, kelgusida Bilim va malakalarni baholash agentligi (eski DTM) turli xil test sinovlarini, masalan kirish imtihonlarini o'ziga tegishli alohida binolarda o'tkazishi kutilmoqda. Hozirgacha binosi yo'qligi sabab boshqa maqsadda qurilgan binolarni ijaraga olib foydalanishmoqda.

Test sinovlari uchun alohida binolar qurilishi kirish imtihonlarini ham yil davomida tashkil etish imkoniyatini beradi. Bu fikrlar agentlik mutaxassislari tomonidan ko'p bora tilga olingan.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
7.6K viewsedited  06:54
Ochish/sharhlash
2023-06-02 19:08:36 Bugun, 2-iyun kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi

Ovozli chat davomida:

OTMlarga kirish test sinovlari;
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari;
Chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari
va OTMlarga kirish test sinovlari bilan bog‘liq mavzulardagi ko‘plab savollarga mutaxassislar tomonidan javob berilgan.

Milliy sertifikat | INFO
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
8.3K views16:08
Ochish/sharhlash
2023-06-02 08:36:28 ​​ Rasman: test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni bilan test sinovi o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlarini o‘tkazish uchun 92 ta bino tanlab olingan bo‘lib, bir smenada 44 ming nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu binolar Bilimni baholash agentligi tomonidan mahalliy hokimlik va idoralar bilan kelishilgan holda tanlab olingan.

Mazkur bayonda Agentlikka mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan bo‘lib, binolar ro‘yxatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
9.2K viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2023-05-29 17:51:592023-yilgi kirish imtihonlarida tushadigan testlarning 50-70% qismini o'rta darajadagi savollar tashkil etadi!

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
14.6K viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash
2023-05-26 18:28:51
Milliy sertifikat javoblar varaqasi

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
https://t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
17.3K viewsedited  15:28
Ochish/sharhlash
2023-05-26 11:26:12 CEFR (multilevel) imtihonida ko'pchilikka muammo bo'ladigan Map listening testi

Javoblari bilan (oxirida)

Audiolarini yuklab oling:

Map-1
Map-2
Map-3
Map-4
Map-5

Eslatma: Bu testlar examda tushmagan lekin tushgan testlarga juda o'xshash

Milliy sertifikat | INFO
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
14.0K viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash
2023-05-26 11:26:10 Milliy sertifikat | INFO
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
t.me/+6Jhok3wDT7ViMGZi
10.1K viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash