Get Mystery Box with random crypto!

​ Milliy sertifikat hammaga kerak: Abituriyentga ham, Pedagogg | Milliy sertifikat | INFO

Milliy sertifikat hammaga kerak:
Abituriyentga ham, Pedagogga ham!


Hammaga ma'lumki, chet tili, masalan ingliz tili bo'yicha qaysidir abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini uning IELTS natijasiga qarab baholashga o'rganib qolganmiz.

Boshqa fanlarchi? Fizika, matematika, ona tili kabi fanlar bo'yicha abituriyent yoki pedagogning bilim darajasini qanday bilamiz?

Albatta, Bilim va malakalarni baholash agentligi (ya'ni DTM) tomonidan beriladigan milliy sertifikat natijasiga qarab. Natija qancha yuqori bo'lsa, uning shu fan bo'yicha bilim darajasi ham shunchalik yuqoriligini anglatadi. Bu sertifikat natijasi ayniqsa kirish imtihonlariga tayyorlaydigan repetitorning yaxshisini izlab yurgan abituriyent uchun ham qo'l keladi.

Milliy sertifikat imtiyozlari:

Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etib, 100% lik natijadan kamida 80% natija qayd etgan xalq taʼlimi tizimidagi pedagog kadrlar 3 yil davomida oyligiga 20% ustama qoʻshiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish niyatidagi abituriyentlar agar sertifikat imtihonida 60-85% oraligʻida ball toʻplasa, kirish imtihonlarida oʻsha fanning maksimal ballining 60-85% miqdorida ball qoʻshib beriladi.

Agar 86% va undan yuqori ball toʻplasa, oʻsha fanning majburiy qismidan ham, mutaxassislik qismidan ham ozod qilinadi va maksimal ball beriladi.

Amal qilish muddati: 3 yil (keyin o'tmaydi)

Sertifikat namunasi rasmda keltirilgan

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi