Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-04-25 08:00:28 Eng arzon narxda va qisqa vaqt ichida nufuzli jurnallarda maqolangizni chiqarishni istaysizmi?

IZLANUVCHI.uz bilan birga rivojlaning va izlaning!

Biz aprel va 10.05.23 uchun sizlarga ko’plab xizmatlarni taqdim etamiz!

XALQARO TANLOVLAR

Rossiya «ПЛАНЕТА ДАРОВАНИЙ» ijodiy tanlovi
Hindiston «GRADLE OF CULTURES» ilmiy, madaniy tanlov-festivali
Rossiya «НЕВСКИЕ РИТМЫ» ijodiy tanlov - festivali
Shvedsiya «ART SWEDEN» san’at tanlovi
Rossiya «НАША ПОКОЛЕНИЕ» ijodiy tanlov-festivali
Rossiya «Art-ptica» ko’p yo’nalishdagi tanlovlar
Rossiya «Bilimlar kemasi» ilmiy va ijodiy tanlovi
Rossiya «Rossiya talantlari» tanlovi
Rossiya «MAGISTRLAR» ijodiy va ilmiy tanlovi
Meksika «ORIGN OF CULTURES» tanlovi
Mongoliya «Monogoliya yulduzlari» tanlovi
Rossiya «Наследие городов русских» tanlovi

XALQARO KONFERENSIYALAR

Chexiya konferensiyasi
Rossiya konferensiyasi
Avstraliya konferensiyasi
AQSH konferensiyasi
Turkiya konferensiyasi

MILLIY JURNALAR

O’rta Osiyo ta’lim va innovatsiyalar jurnali
Eurasian Journal of technology and innovation
«Tadqiqot» jurnali
«The progress of science» jurnali
«IQRO» jurnali va boshqalar…

XALQARO JURNALLAR

Belgiya «European Journal of Modern Medicine and Pratice» jurnali
Hindiston «Ijtrsd» jurnali
Amerika univerpubl.com
Ispaniya Open acces
Portugaliya «Perodico» va bizda 50 ga yaqin ilmiy jurnallar.

Shuningdek, bizda AMAZON.com yoki Notaveur publicationda kitob chop etish XIZMATI BOR.

Kafolatlangan MILLIY OAK jurnallari ham bizda mavjud.

APREL va MAY oyida izlanuvchilarimiz uchun hamma narsa bor, bu post barcha uchun maanfaatli bo’ladi, deb o’ylaymiz!

MUROJAAT UCHUN: @jurnalmaqolaqabul

KANALIMIZ: @izlanuvchiuz
5.4K views05:00
Ochish/sharhlash
2023-04-23 05:01:02Ertaga ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatga olish yakunlanadi

Ona
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-apreldan 24-aprelga qadar (shu kuni ham) ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, 21-may kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish ham 10-apreldan 24-aprelga qadar amalga oshiriladi.

Talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali ro‘yxatga olinadi va ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 24-aprel (to‘lov qilish — 25-aprel) kuni hisoblanadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
1.2K views02:01
Ochish/sharhlash
2023-04-22 20:17:32 Onlayn test boshlandi!

Tarix
Fizika
Kimyo
Huquq
Ingliz tili
Biologiya
Geografiya
Matematika
Ona tili va adabiyoti

Natijangizni tekshirish tartibi:

1. Avvalo @Testologbot'ga kirasiz;
2. "Test tekshirish"ni tanlaysiz;
3. Test ID kodini kiritasiz;
4. Test javob kalitlarni kiritasiz;
5. Tabriklaymiz! Natijangiz tayyor!

Barchaga omad yor bo'lsin!
3.1K views17:17
Ochish/sharhlash
2023-04-17 17:55:09 Kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2023-yil 2-aprel kuni o‘tkazilgan kimyo va fizika fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.2K viewsedited  14:55
Ochish/sharhlash
2023-04-17 09:00:35Litseyga kirishda ham 3 ta yo‘nalish tanlash imkoni berilishi mumkin

Ma’lumki, hozir OTMga kirishda abituriyent 5 ta yo‘nalish tanlashi mumkin. Xuddi shu imkoniyat litseyga kirishni istaganlarga berilmoqda. Sharti – yo‘nalishlarning ta’lim tili bir xil bo‘lishi kerak.

Bu – hozircha qaror loyihasi. Agar tasdiqlansa, shu yilgi qabuldan 3 ta yo‘nalish tanlash mumkin bo‘ladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
1.3K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2023-04-15 09:13:22
Xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovi o‘tkazildi

2023-yil 14-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Unda xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun tegishli tartibda murojaat qilgan va hujjatlari Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy xulosa berilgan 226 nafar talabgordan 88 nafari ishtirok etdi.

Test sinovlari talabgorlarning ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlaridan o‘tkazilib, talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi.

Test sinovlari Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Test natijalariga ko‘ra minimal talabni bajargan (55 va undan yuqori ball to‘plagan) 14 nafar talabgorning xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinishi belgilandi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.0K views06:13
Ochish/sharhlash
2023-04-13 13:39:18
Akademik litseylarning bitiruvchilari uchun chet tili imtihoni o‘tkazildi

2023-yil 11-12-aprel kunlari akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma qismi bo‘lib o‘tdi.

Imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 qaroriga muvofiq akademik litsey bitiruvchilari uchun bepul tarzda o‘tkazildi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 4,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 8 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 20-apreldan 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.6K views10:39
Ochish/sharhlash
2023-04-13 06:46:03BUGUN ABITURIYENTLAR UCHUN ONLAYN TEST! YUTUQ: 700.000!

Bugun, Payshanba kuni 20:00 da Oliygoh.uz platformasida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 35-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Onlayn imtihon xuddi DTM standartida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

Yutuq fondi: 700.000 so'm
G'oliblar soni: 14 nafar
Imtihonda qatnashish: BEPUL

BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
Boshqa yo'nalishni tanlash


Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
4.6K viewsedited  03:46
Ochish/sharhlash
2023-04-12 19:28:47
Yaxshi yangilik: Yangi buyruq chiqqunga qadar olingan Linguaskill va Tömer sertifikatlari inobatga olinadi

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi аniqlik kiritishicha, 2023-yil 23-martdagi 65-son buyrug‘iga qadar olingan ingliz tilidagi Linguaskill xamda turk tilidagi Tömer sertifikatlari 2023/2024-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari tanlovlarida ham inobatga olinishini ma’lum qilmoqda.

23-martdan keyin olingan Linguaskill va Tömer sertifikatlari 2023/2024-o‘quv yili magistratura qabulida inobatga olinmaydi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
3.3K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:29:29
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2023-yil 8-9-aprel kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 13,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 22 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.4K views09:29
Ochish/sharhlash