Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat | INFO

Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO M
Telegram kanalining logotibi milliy_sertifikat_info — Milliy sertifikat | INFO
Kanal manzili: @milliy_sertifikat_info
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.22K
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!
🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligining umumta'lim fanlari bo'yicha milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!
📞 1195
Reklama uchun: t.me/click_edu/6

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-06 16:56:11 Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni sanasi o‘zgardi

Xabaringiz bor, 2024-yil birinchi yarimyillik uchun e'lon qilingan taqvimga muvofiq joriy yil 19-mayda Bilimni baholash agentligi tomonidan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda, imtihon o‘tkazish sanasiga o‘zgartirish kiritildi.

Kimyo va geografiya fanlar
idan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun test sinovlari 26-may kuni o‘tkaziladi.

Imtihon o‘tkazish smenasi va vaqti haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
5.6K viewsedited  13:56
Ochish/sharhlash
2024-05-01 15:51:48 Huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

2024-yil 3-may (juma) kuni Toshkent, Buxoro, Namangan va Urganch shaharlarida huquqshunoslik fanlaridan o‘tkaziladigan aprobatsiya sinovlari uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Aprobatsiya sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/service/98 havolasi orqali yuklab olishlari mumkin.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar aprobatsiya sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 14:00 dan boshlab (aprobatsiya sinovi 15:00 da) kiritiladi.

Aprobatsiya sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha aprobatsiya o‘tkazilmaydi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
7.4K viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash
2024-04-29 15:51:06
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 28-aprel kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 2 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 8-mayga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
8.1K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-09-27 18:13:19
Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi

Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.

Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
18.4K viewsedited  15:13
Ochish/sharhlash
2023-09-26 13:01:20
Rasman: Imtihon kunlari aniq boʻldi!

Oʻzbek tili va adabiyoti — 29-oktabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 16-oktabrgacha)

Qoraqalpoq tili va adabiyoti — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Rus tili va adabiyoti — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Biologiya — 19-noyabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 30-oktabr-5 noyabr)

Tarix — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Fizika — 3-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 13-19-noyabr kunlari)

Matematika — 24-dekabr kuni (roʻyxatdan oʻtish 4-10-dekabr kunlari)

Geografiya — 2024-yil yanvar oyida

Kimyo — 2024-yil yanvar oyida

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
24.0K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2023-09-22 09:11:13
CEFR imtihoniga ro'yxatga olish boshlandi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning yakuniga qadar har oyda - oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi. Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
12.9K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2023-09-20 08:29:35 2023-2024-o‘quv yilida Fan olimpiadasining maktab bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar hamda muddatlari

16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

9-sinflar uchun: 2023-yil 15-20-sentyabr;
10-sinflar uchun: 2023-yil 21-25-sentyabr;
11-sinflar uchun: 2023-yil 26-30-sentyabr.

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.8K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-09-18 13:09:06 Ona tili va adabiyot hamda tarix boʻyicha sertifikati bor oʻqituvchilarga 50 foiz ustama toʻlanishi mumkin

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻzi vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

Unga koʻra 2023-yil noyabr oyiga qadar milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha sertifikatlarga qoʻshimcha ragʻbatlantirishni joriy etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqiladi.

Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻqituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama toʻlash amaliyoti joriy etiladi.

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
12.8K views10:09
Ochish/sharhlash
2023-09-17 18:40:49 Milliy sertifikat imtihonlarida qatnashish uchun qancha toʻlov bor?

Oʻzbek tili — 495 ming soʻm
Rus tili — 495 ming soʻm
Qoraqalpoq tili — 495 ming soʻm
Matematika — 495 ming soʻm
Fizika — 495 ming soʻm
Kimyo — 495 ming soʻm
Biologiya — 495 ming soʻm
Tarix — 495 ming soʻm
Geografiya — 495 ming soʻm
Chet tillari – 445 ming soʻm

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
13.8K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2023-09-10 08:39:27
Mana o'z ona tiliga hurmat!

Qirg'iziston Respublikasi parlament rahbari 25 yildan beri shu mamlakatda yashagan o'ris deputatiga hattoki qirg'iz tilida salomlashishni ham bilmasligini aytib dashnom berdi.

Til – bu g'urur! Tilimizni asraylik!

Milliy sertifikat | INFO
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
15.1K viewsedited  05:39
Ochish/sharhlash