Get Mystery Box with random crypto!

Alfraganus universiteti — yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi | Birga kitob o'qiymiz

Alfraganus universiteti — yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi!

Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o'quv yili yakuni bo'yicha “Nodavlat ta'lim” ijtimoiy loyihasi tashabbusi bilan 19-31-iyul kunlari “Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi — 2023” ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

To'liq jamoatchilik fikriga asosanlangan ushbu tanlovda Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan Alfraganus universiteti 20707 ta ovoz bilan g'olib bo'lib, faxrli 1-o'rinni egalladi.

Avval e'lon qilganimizdek, g'olib OTMga “eng yaxshi nodavlat oliygoh” statuetkasi, maxsus sovg'a hamda 15 mln so'm miqdoridagi naqd pul mukofoti topshirildi. Universitet jamoasi kelgusida ham eng yuqori marralarni zabt etishiga tilakdoshmiz!

Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish joizki,
Alfraganus Universiteti Toshkent shahri, Yunusobod tumanida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan litsenziya asosida 37 ta bakalavr, 10 ta magistratura ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tahsil berib kelmoqda.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!