Get Mystery Box with random crypto!

Huzurim | حب 🤍

Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍 H
Kanaldagi mavzular:
Ajiyb
Kayfiyat
Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍
Kanaldagi mavzular:
Ajiyb
Kayfiyat
Kanal manzili: @huzurim
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67.76K
Kanalning ta’rifi

#Huzurim - Halovat istagan qalblar uchun..🫀
Millionlarga, yetkunga qadar...! 🍃
Reklama uchun: @Huzurimreklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-06-03 09:47:49 Musulmonning musulmon birodari ustida o‘ttiz haqi borki, ularni ado etmay yoki rozilik istamay kishi ma’suliyatdan forig‘ bo‘lmaydi.
Bu haqlar quyidagilardir:

1. Yanglishsa, kechiradi.

2. Ko‘z yoshlariga rahm qiladi.

3. Oshkor etilishini istamagan sirini yashiradi.

4. Uzrini qabul qiladi.

5. Yonida g‘iybat qilinsa, rad etadi.

6. Kerak bo‘lganda nasihat qilishda davom etadi.

7. Do‘stligini muhofaza etadi.

8. Zimmasidagi vazifalarga rioya etadi.

9. Kasal bo‘lganida ahvolidan xabar oladi.

10. Janozasida qatnashadi.

11. Da’vatini qabul qiladi.

12. Sovg‘asini qabul etadi.

13. Yaxshiligiga yaxshilik bilan javob qaytaradi.

14. Yaxshiliklari evaziga tashakkur bildiradi.

15. Yordamini chiroyli qiladi.

16. Nomusini himoya etadi.

17. Ehtiyojini qondiradi.

18. Orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam beradi.

19. Rajosini (iltimosini) qabul qiladi.

20. Istaklarini inkor qilmaydi.

21. Aksirganida "Yarhamukalloh" deydi.

22. Yo‘qotgan narsasini qidiradi.

23. Salomiga alik oladi.

24. Suhbatini yoqtiradi.

25. Yaxshiligini ko‘paytiradi.

26. Qasamlarini tasdiqlaydi.

27. Zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam beradi. Zolimga yordam - uni zulm qilishdan qaytarishdir. Mazlumga esa birovdan uning haqqini olish bilan yordam beradi.

28. Do‘st bo‘ladi, dushman bo‘lmaydi.

29. Uni himoya etadi, yordam bermasdan yolg‘iz o‘zini tashlab qo‘ymaydi.

30. O‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni unga ham ravo ko‘radi. O‘ziga istamagan yomonlikni unga ham ravo ko‘rmaydi.

Mo‘minlar o‘zaro do‘stlashishda, rahmu shafqatda va mehru oqibatda go‘yoki bir vujudning a’zolaridir. Kishining esa biror a’zosi og‘risa, boshqa a’zolari ham azob tortadi.
8.0K viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2024-06-03 06:19:02 SHUKR NIMA?

Faqat tilda shukr aytishning oʻzi shukr emas. Balki shukr aʼzolarda zohir boʻlsagina haqqoniydir.

Koʻzning shukri yahxshilikni koʻrganda ochilib, yomonlikka yumilmogʻidir.

Quloqlarning shukri yaxshilik gapirilganda eshitib, yomonlik gapirilganda, rad etmogʻidir.

Qorinning shukri halolni singdirib,haromdan irganmogʻidir.

Qoʻllarning shukri faqat haqqa boʻlgan narsaga uzanmogʻidir.

Oyoqlarning shukri faqat yaxshilik sari yurmogʻidir...

Bishr Xofiy.

@Huzurim |
6.8K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-06-02 09:51:01
#Duo

Rosululloh sollallohu alayhi va sallam ushbu duoni ko'p aytar edilar.

‎يَا مُقَلِّبَ القُلُوبِ ثَبِّت قَلْبِي عَلَى دِينِكَ

«Yaa muqollibal quluub sabbit qolbiy 'alaa diynik»

Ma'nosi: «Ey qalblarni o'zgartiruvchi Zot! Qalbimni O'zingni diningda mustahkam qilgin».

@Huzurim |
9.0K views06:51
Ochish/sharhlash
2024-06-02 07:01:10 Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Kunlar oʻtaverar isyonlar aro,
Shu asno yashayman tugʻyonlar aro,
Bir umid bor qalbim toʻrida –
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Sizga muhabbat-la yashab oʻtsam man,
Uzlatda koʻp boʻlib, botin poklasam,
Dunyodan kechsamu, oxirat desam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Oʻtkinchi dunyoga ragʻbat qoʻygandim,
Foniy lazzatdan mehr tuygandim,
Robbimga qaytsamu, tavbaga oʻtsam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Zohirim goʻzalu, botinim vayron,
Tilim biyronu, dil turar hayron,
Koʻnglim dogʻlasamu, koʻzim yoshlasam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Muhabbat ahliga oʻzim ursam man,
Ahlulloh soʻziga quloq tutsam man,
Oʻzini desamu, oʻzdan kechsam man,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Asʼhobingiz sizga jonin bogʻladi,
Oshiqlariz sizga qalbin bogʻladi,
Sizsiz yashamoqqa toqat qolmadi,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Oʻshal kun shafoat tilarlar ummat,
Havzi Kavsar suvin icharlar ummat,
Xijolat tortaman, qaro-ku suvrat!
Kelaver deysizmi, yo Rosulalloh!

Mehrob.uz

@Huzurim |
7.7K views04:01
Ochish/sharhlash
2024-06-02 06:19:01
Yurak siqilishi, gʻamnoklik va mahzun boʻlishning sababi uchtadir:
1. Sodir etgan gunohing.
2. Qoʻlingdan ketgan mol-dunyo.
3. Kimningdir senga ozor berishi.
Agar gunoh qilgan boʻlsang magʻfirat soʻra.
Agar dunyoing ketgan boʻlsa, Rabbingga qayt.
Agar kimdir zulm qilgan boʻlsa, sabr et va unga rozi boʻl.

Bular darding davolaridir. Agar tushkunliging sababini bilolmagan boʻlsang, u holda qadar aylanishi ostiga oʻt! Chunki u toʻxtamaydigan bulutdir (yaʼni ruhiy tushkunlik biroz oʻtib ariydi).


@Huzurim |
6.7K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-06-01 19:48:46
​​Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Huzurim |
7.9K views16:48
Ochish/sharhlash
2024-06-01 09:55:05 Bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun bazi bir amaliy vositalarni bayon qilib oʻtamiz.

Ey aziz namozxon doʻstim, quyida sizga bomdod namoziga oʻz vaqtida turish uchun baʼzi bir amaliy vositalar.

1) Bomdod namoziga taʼluqli, barcha oyat-hadislarni yodga olib yurishlik.
2) Kechki uyqudan oldin niyat va iroda boʻlishligi.
3) Gunohlardan chetlanib yurish ham bomdod namoziga turishga sabab boʻladi. Bir kishi Hasan Basriga: “Ey Abu Sayid menga nima boʻldiki taxorat bilan yotsam ham taxajjudga (yaʼni tungi namozga) tura olmayapman” deganida u zot: “Gunoxlaring seni bogʻlab qoʻyibdi. Sen kunduzingni toʻgʻirlasang tuning sen uchun toʻgʻirlanadi”, deb javob beribdilar. Azizlar! Sahoba va Tobiʼnlarning qaygʻulari taxajjud (tungi)namozini oʻqish boʻlgan, ming afsuslar boʻlsinki bizning tashvishimiz esa bomdod namoziga turishdir.
4) Gʻaflatga olib boradigan ishlardan yiroq boʻlish masalan: yarim kechagacha telvizor koʻrish, malo-yaʼni gaplarni gaplashib oʻtirish va xakazo.
5) Uyqudan oldin toʻyib ovqat yemaslik.
6) Paygʻambarimiz alayhissalom oʻrgatgan uyqu oldidagi zikrlarni aytib, taxorat bilan yotish.
7) Uygʻatgichni qoʻyib yotish. Biroq kishida qatiiylik boʻlmasa, uni oʻn martta oʻchirib ham uxlayverishi mumkin.

@Taslimiyaat
5.8K views06:55
Ochish/sharhlash
2024-06-01 06:19:02
#Manzil

Bir hakim zotdan so‘radilar: "Qancha yesam bo‘ladi?"
U javob berdi: "Ochlikdan yuqori, to‘qlikdan pastroq".
- Qanchalik kulayin?
- Yuzing yorishsin, ovozing ko‘tarilmasin.
- Qanchalik yig‘layin?
- Allohdan qo‘rqib yig‘lashda hech ham malollanma (unda chegara yo‘q).
- Solih amalimni qanchalik yashiray?
- Imkoning qadar.
- Uni qanchalik oshkor qilay?
- Boshqasi senga ergashgunga qadar.
- Odamlar maqtasa qanchalik xursand bo‘lay?
- Alloh sendan rozimi yoki norozimi? Shu narsani bilishing qadar.

Laa Adriy

@Huzurim |
6.0K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-31 09:44:02
Bir ko‘ngilni ranjitdingmi, yig‘lagin! Agar uzr so‘rashni bilmayotgan ekansan, sendan Do‘st chiqmaydi, sendan Yor chiqmaydi.

Yo agar sen ranjitgan yoki vayron qilgan ko‘ngilni Alloh azza va jalla sevadigan bo‘lsachi yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sevadigan bo‘lsalarchi, hattoki yeru osmondagi (maxluqot)lar sevadigan bo‘lsalarchi?!

Qayerdan ham bilarding, bilmaysanda! Bilganingda edi, bunday qilishingdan avval yuraging yorilar edi...

Jaloliddin Rumiy
7.7K views06:44
Ochish/sharhlash
2024-05-31 07:01:21
#TURMUSH

Turmushdagi eng ahamiyatli
jumlalar...


1. Siz haqsiz!
2. Bo'lishi mumkin
3. Sizni Alloh uchun yaxshi ko'raman.
4. Sizni yaxshi tushunaman
5. Qo'lingiz dard ko'rmasin
6. Siz yagonasiz!
7. Meni kechiring.
8. Sizning o'rningiz boshqa.
9. Hammasi yaxshi bo'ladi.
10. Siz men uchun Allohdan
mukofotsiz.
11. Bu muammo emas!
12. Rahmat!
13. Sizdan achchiqlanayotganim
yo'q!
14. Haqqingizga duodaman.
15. Menga bir oz vaqt bering.
16. Siz unday qilmaysiz.
17. Omon bo'ling!
18. Ajoyib bo'libdi!
19. Haqqingizga rozi bo'ling!
20. Alloh sizdan rozi bo'lsin!

@Taslimiyaat
6.3K views04:01
Ochish/sharhlash