Get Mystery Box with random crypto!

Huzurim | حب 🤍

Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍 H
Kanaldagi mavzular:
Ajiyb
Kayfiyat
Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍
Kanaldagi mavzular:
Ajiyb
Kayfiyat
Kanal manzili: @huzurim
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 67.76K
Kanalning ta’rifi

#Huzurim - Halovat istagan qalblar uchun..🫀
Millionlarga, yetkunga qadar...! 🍃
Reklama uchun: @Huzurimreklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-05-31 06:19:02 Allohdan qarzdormisiz?!

Xoʻja Nasriddin bozorda oʻrik sotayotgan edi. Shunda, oldiga mahallasida yashaydigan chala tanish bir ayol kelib:
--Oʻrigingiz shirinmi, deb soʻradi.
Xoʻja Nasriddin:
--Tatib koʻring, dedi.
Ayol:
--Men roʻzaman.
Xoʻja nasriddin:
Unday boʻlsa, olib borib yeng. Pulini keyin berasiz.
Oʻrikni tortib berar ekan, oʻylab qoldi: Xozir ramazon oyi boʻlmasa, demak....
--Qanaqa roʻza tutyapsiz?
Ayol:
--Uch yil avval ramazonda qarzim qolgan edi, shuni qazosini tutyapman.
Shunda Afandi oʻrikni qaytarib joyiga qoʻydi.
--Hozirgina bermoqchi edingiz. Nima boʻldi?
Afandi:
--Allohga boʻlgan qarzingizni uch yilda berayotgan ekansiz, menikini kim biladi qachon berasiz. Boring, sizga qarzga bermayman, debdi.

@Taslimiyaat
6.1K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-30 19:06:02
Uyda o’tirgan ayolning Ajri

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda quyidagilar aytiladi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimning uchta qizi boʻlsa-yu, u ularning xarxashalariga, ogʻirliklariga sabr qilsa, Alloh uni ularga koʻrsatgan rahmi tufayli jannatga kiritur”, dedilar.

Bir kishi:
“Ikkita qizi boʻlsa-chi, ey Allohning Rasuli?” deb soʻradi.
“Ikkita qizi boʻlsa ham”, dedilar.

Bir kishi:
“Bittta boʻlsa-chi, ey Allohning Rasuli?” deb soʻradi.
“Bitta boʻlsa ham”, dedilar”.
7.0K views16:06
Ochish/sharhlash
2024-05-30 10:09:16
Har bir musulmonga taskin beruvchi oyatlar..

"Mahzun bo'lma, albatta, Alloh biz bilan".
(Tavba surasi, 40-oyat, 9:40)

"Sabr qil, sening sabring faqat Alloh ila bo'lur".
(Nahl surasi, 127-oyat, 16:127)

"Ular (holi)ga xafa bo'lma. Ular qilayotgan makrdan siqilma".
(Nahl surasi, 127-oyat, 16:127)

"Allohning rahmatidan noumid bo'lmang!".
(Zumar surasi, 53-oyat, 39:53)

"Qasamki, agar shukr qilsangiz, albatta, sizga ziyoda qilurman".
(Ibrohim surasi, 7-oyat, 14:7)

"Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman".
(G'ofir surasi, 60-oyat, 40:60)

"Alloh qiyinchilikdan so'ng, tezda osonlikni berur".
(Taloq surasi, 7-oyat, 65:7)

"Albatta, qiyinchilik bilan osonchilik bordir".
(Sharh surasi, 6-oyat, 94:6)


@Huzurim |
7.8K views07:09
Ochish/sharhlash
2024-05-30 07:21:32
7 toifa inson bor, hech bir soya bo’lmaydigan qiyomat kunida ularni Alloh taolo hususiy o’laroq o’z Arshi soyasida ko’lankalatib rohatlantiradi. Bular:

1. Adolat bilan hukm qilgan amr (boshliq)
2. Allohga ibodat sevgisi bilan o’sgan o’spirin
3. Qalbi masjidlarga bog’liq inson
4. Alloh yo’lida bir-birlarini sevgan, va bu sevgi ila ayrilgan ikki inson
5. Obro’li go’zal bir ayol tarafidan shaxvoniy maqsad uchun chaqirilgani holda: “Men Allohdan qo’rqaman” degan va bu taklifni rad etgan inson
6. O’ng qo’li berganini chap qo’li bilmaydigan darajada yashirin sadaqa qiladigan inson
7. Yolg’iz o’zi qolganida, Alloh taoloni eslab ko’zlari yoshga to’lgan inson...

Saodat asri (kitobidan)

@Huzurim |
7.0K views04:21
Ochish/sharhlash
2024-05-30 06:19:02 FARISHTA larning ismlari va Allohning amri bilan ularga yuklatilgan vazifalar quyidagilardir:

1. Jabroil alayhissalom – nabiy va rasullarga vahiy olib borishga muakkil qilingan, vazifa berilgan.
2. Isrofil alayhissalom – qiyomat kuni Surni puflash ishi topshirilgan.
3. Miykoil alayhissalom – yomgʻir ishi topshirilgan.
4. Malakul mavt – Allohning amri bilan bandalarning ruhlarini qabz qilish ishi topshirilgan.
5. Kiroman kotibiyn – bandalarning yaxshi va yomon ishlarini yozib qayd qilib borish ishi topshirilgan.
6. Musabbihun – ertayu, kech tasbeh aytib, Qiyomat kunigacha boʻshashmaslik topshirilgan.
7. Sayyohun – zikr, Qurʼon tilovati va ilm majlislariga hozir boʻlish topshirilgan.
8. Hamalatu Arshir Rohman – Rohmanning arshini koʻtarish ishi yuklatilgan. Ularning soni sakkiztadir.
9. Rizvon – jannatning xazinabonligi topshirilgan. Ularning ham yordamchilari bor.
10. Molik – doʻzaxning xazinabonligi topshirilgan. Uning ham yordamchilari bor. Ularning boshliqlari 19 tadir.
11. Hafaza – bandalarni yomonlikdan muhofaza qilish topshirilgan.


@Huzurim |
7.1K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-29 20:01:30
U vafot etti..
— Bir soattan so’ng u siz ovqatlanishdi.
— Bir kundan so’ng do’stlari tarqaldi.
— Bir haftaga qolmasdan o’rniga boshqa xodim olishdi.
— Bir oyga qolmasdan merosxo’rlar uning mol-dunyosini talashishga kirishishdi.
— Bir yilga qolmasdan balki ayoli ham boshqasiga turmushga chiqdi.

Lekin, u bularga erishish uchun butun umr harakat qilgan edi.

Agar, qilgan harakatlari Alloh uchun bo’lmasa oxiratta hechvaqosiz qolgan bechora bo’lib qayta tiriladi.


@Huzurim |
7.9K views17:01
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:44:01
#tajriba

Hayotda ikki narsaga ishonma:

- ayolning koʻz yoshiga;
- erkakning qalbiga!

• Hayotda ikki narsaga ishon:

- erkakning koʻz yoshiga;
- ayolning qalbiga!

Mahbubiy

@Huzurim |
8.7K views06:44
Ochish/sharhlash
2024-05-29 07:00:32
​​Gul suvga oshiq boʻldi...
Suvga:
– Seni sevaman, – deb aytdi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi.
Oradan biroz vaqt oʻtgandan keyin, takror Gul Suvga:
– Seni sevaman, – dedi.
Suv:
– Men ham seni sevaman, – dedi...
Gul kasal boʻlib, soʻlib qoldi...
Suv bu holni koʻrib chidolmasdan, tabib chaqirdi. Tabib Gulni yaxshilab tekshirgandan keyin, Gulga umidsiz boqdi. Suv esa xavotirlanib:
– Gulga nima boʻlgan ekan? – deb soʻradi.
Tabib esa:
– Hech narsa qilmagan, faqatgina Suvsiz qolibdi. – dedi...
Bundan shu narsa tushuniladi-ki, “Ishq – faqatgina seni sevaman!”, deb aytishlikdan iborat emas ekan.
Ishq – senga har narsasini bera olishiga ishonganing bir insonni sevishlikdir...

Mavlono Jaloliddin Rumiy

@Huzurim |
7.7K views04:00
Ochish/sharhlash
2024-05-29 06:19:02
7 toifa inson bor, hech bir soya bo’lmaydigan qiyomat kunida ularni Alloh taolo hususiy o’laroq o’z Arshi soyasida ko’lankalatib rohatlantiradi. Bular:

1. Adolat bilan hukm qilgan amr (boshliq)
2. Allohga ibodat sevgisi bilan o’sgan o’spirin
3. Qalbi masjidlarga bog’liq inson
4. Alloh yo’lida bir-birlarini sevgan, va bu sevgi ila ayrilgan ikki inson
5. Obro’li go’zal bir ayol tarafidan shaxvoniy maqsad uchun chaqirilgani holda: “Men Allohdan qo’rqaman” degan va bu taklifni rad etgan inson
6. O’ng qo’li berganini chap qo’li bilmaydigan darajada yashirin sadaqa qiladigan inson
7. Yolg’iz o’zi qolganida, Alloh taoloni eslab ko’zlari yoshga to’lgan inson...

Saodat asri (kitobidan)

@Huzurim |
6.9K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-28 09:44:02
Alloh shunday deydi: “Kimni mendan ko‘ra ko‘proq sevsang, uni sendan olaman. “Usiz yashay olmayman”, dema – seni usiz yashataman!

Vaqtlar o‘tadi, soya berib turgan daraxtlarning butoqlari quriydi, sabr kosang to‘ladi, joningdan deb bilgan yoring bir kun dushman bo‘ladi, o‘zing hayratda qolasan, do‘sting dushmanga aylanadi, dushmaning esa do‘stga. “Bo‘lmaydi”, degan nimang bo‘lsa barchasi bo‘ladi. “Yiqilmayman”, deysan yiqilasan, “Hayron qolmayman”, deysan hayratda qolasan – shunday g‘arib bu dunyo! “O‘ldim”, deysan, yana yashaysan”

Mavlono Rumiy


@Taslimiyaat ..
6.6K views06:44
Ochish/sharhlash