Get Mystery Box with random crypto!

Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh! Kunlar oʻtaverar isyonlar ar | Huzurim | حب 🤍

Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Kunlar oʻtaverar isyonlar aro,
Shu asno yashayman tugʻyonlar aro,
Bir umid bor qalbim toʻrida –
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Sizga muhabbat-la yashab oʻtsam man,
Uzlatda koʻp boʻlib, botin poklasam,
Dunyodan kechsamu, oxirat desam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Oʻtkinchi dunyoga ragʻbat qoʻygandim,
Foniy lazzatdan mehr tuygandim,
Robbimga qaytsamu, tavbaga oʻtsam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Zohirim goʻzalu, botinim vayron,
Tilim biyronu, dil turar hayron,
Koʻnglim dogʻlasamu, koʻzim yoshlasam,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Muhabbat ahliga oʻzim ursam man,
Ahlulloh soʻziga quloq tutsam man,
Oʻzini desamu, oʻzdan kechsam man,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Asʼhobingiz sizga jonin bogʻladi,
Oshiqlariz sizga qalbin bogʻladi,
Sizsiz yashamoqqa toqat qolmadi,
Ummatim deysizmi, yo Rosulalloh!

Oʻshal kun shafoat tilarlar ummat,
Havzi Kavsar suvin icharlar ummat,
Xijolat tortaman, qaro-ku suvrat!
Kelaver deysizmi, yo Rosulalloh!

Mehrob.uz

@Huzurim |