Shuncha gunohlarimiz bilan-a? Nazr ibn Zurora ishonchli ro | Huzurim | حب 🤍
Shuncha gunohlarimiz bilan-a?
Nazr ibn Zurora ishonchli roviydan rivoyat qiladi: “Umar ibn Abdulazizning Solim degan bir qul doʻsti boʻlib, u bilan Alloh uchun doʻst tutingan edilar. Umar ibn Abdulaziz amirlikka tayinlanganlarida doʻstlari Solimni chaqirdilar. Solim kelgach, unga: — Ey Solim, men najot topmaymanmi deb qoʻrqaman, – dedilar. Solim: — Qoʻrqayotgan boʻlsang, yaxshi. Men mana shu narsadan qoʻrqmasligingdan qoʻrqayotgan edim. Alloh bir bandaga bir hovli berib, u yerda qilgan bitta gunohi uchun chiqarib yuborgan edi (Odam alayhissalomning jannatdan chiqarilishi nazarda tutilyapti). Biz esa son-sanoqsiz gunohlarimiz bilan oʻsha hovlida yashamoqchi boʻlyapmiz, – dedi.