Get Mystery Box with random crypto!

Huzurim | حب 🤍

Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍 H
Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍
Kanal manzili: @huzurim
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 56.69K
Kanalning ta’rifi

#Huzurim - Halovat istagan qalblar uchun..🫀
Millionlarga, yetkunga qadar...! 🍃

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-18 07:00:15
#Kibrdan_saqlaning

Gunoh qilgan kishilarni koʻrganingizda ularni soʻkmang va ularga past nazar bilan ham qaramang! Chunki Alloh taolo sizning gunohlarimizni yashirgani sababli boshingizni tik tutib yuribsiz. Agar Alloh taolo sizdan mazkur pardani koʻtarsa, siz ham sharmanda boʻlar edingiz..
..


Balki unga tavba eshigi ochilib, qilgan bu gunohi uning oxirgi gunohi boʻlishi ham mumkin. Xuddi shuningdek, sizning qilgan ibodatingiz ham oxirgisi boʻlishi ehtimoldan xoli emasdir.
7.3K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2024-05-18 06:19:02
#Taslim

Ummon sokin oqadi, lekin
Eshitmadim ariq tinganin.
Dono bilan tortishsa nodon,
Hech ko‘rmadim dono yengganin.
Rozi bo‘ldim har ne taqdirga,
Xayr kutib, oldim yengil tin.
Qarshi chiqsa kimdir shu she’rga,
Aytib qo‘yay, unga yengildim.

Xayrulla Hamidov

@Huzurim |
6.3K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:05:01
Uxlashdan avval:
-Tahorat oling.
-Misvak ishlating.
-Xufton namozini o’qing.
-Mulk surasini o’qing.
-O’ng tarafingizni bosib yoting.
-insonlarni kechiring.
-Tavba qiling.
-Jannat haqida eslang.
-Zikr qiling.
-33 marta Subhanallah.
-33 marta Alhamdulillah.
-34 marta Allohu Akbar .
-Va uyquga ketguningizga qadar “LA ILAHA ILLALLOH” kalimasini aytib yoting.
-Va yaxshi ko’rgan insonlaringizning atrofini “Allohga omonat qildim”-deya eng mustahkam qo’riqchi bilan qo’rgʻonlang.


@Huzurim |
5.3K views16:05
Ochish/sharhlash
2024-05-15 07:30:58
Tashqi go'zallik o'tkinchidir.
Alloh iymon go'zalligi bersin ekan...

@Huzurim |
5.7K views04:30
Ochish/sharhlash
2024-05-14 19:04:01
Yurtimiz allomasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf quyidagi xalqaro tashkilotlarning aʼzosi edilar:

1. Makkai mukarramadagi Islom olami Robitasi taʼsis majlisi;

2. Butun jahon tasavvuf uyushmasi;

3. Butunjahon islomiy xalq boshqaruvining bosh kotibiyati;

4. Butun dunyo daʼvat uyushmasi;

5. Butun jahon musulmon ulamolari xalqaro uyushmasi;

6. Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi;

7. Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mutafakkir ulamolari yigʻinining ijroiya qoʻmitasi;

8. Butun dunyo masjidlar uyushmasi;

9. Iordaniyadagi Oli Bayt “Islomiy tafakkur” qirollik akademiyasi.


Toʻliq oʻqing https://www.islom.uz/hazrat

@Huzurim |
7.5K viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2024-05-14 15:43:02
Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi:
-"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!"
-"Alloh taoloni bilasanmi?"
-"Ha, bilaman!"
-"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!"
-"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!"
-"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?"
-"Ha, albatta biladi!"
-"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"

@Huzurim |
6.5K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2024-05-14 09:30:35
Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so’z qalbdan kelib, tildan chiqadi..

Mavlono Rumiy

@Huzurim |
6.8K viewsedited  06:30
Ochish/sharhlash
2024-05-14 07:01:25
Hasan Basriy aytdilar:
Istig‘for aytadigan kishini Alloh azoblaydi deb o‘ylamayman.

- Nima uchun? deyishdi.

- Isig‘for aytishni uning ko‘ngliga kim soldi? dedi.

- Alloh, deyishdi.

- Qanday qilib o‘zi kechirim so‘rashga undab yana azoblashi mumkin?! dedi.

«Modomiki ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblamas».

(Anfol surasi 33 oyat)

Taslimiyaat

@Huzurim |
7.0K views04:01
Ochish/sharhlash
2024-02-29 19:30:19
Moʻminlik qanday ham yaxshi!

Moʻminning ishi ajoyib, neʼmat yetsa, shukr qiladi, ajr oladi, musibat yetsa, sabr qiladi, ajr oladi. Bu xislat moʻmindan boshqada yoʻq.

Dunyo oʻtkinchi, umr juda qisqa, ammo natijasi abadiydir. Binobarin, dunyoda yaxshilik qilib qoling, savob ishlab qoling, qolgani behudadir.


#Iqtibos #Tavsiya #Nasihat
Hasanxon Yaxyo Abdulmajid

@Huzurim – Odob-ahloq, Farzand kamoli, Baxtiyor oila, Oilaviy muhabbat, haqida.
16.6K viewsedited  16:30
Ochish/sharhlash
2024-02-29 10:00:24
SOKINLIK VA SAKINAT

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.


(Asal oyi emas, asal hayot) kitobidan.
#iqtibos #Erkaklar #Ayollar #Tavsiya

@Huzurim – Odob-ahloq, Farzand kamoli, Baxtiyor oila, Oilaviy muhabbat, haqida.
15.6K views07:00
Ochish/sharhlash