Get Mystery Box with random crypto!

Musulmonning musulmon birodari ustida o‘ttiz haqi borki, ularn | Huzurim | حب 🤍

Musulmonning musulmon birodari ustida o‘ttiz haqi borki, ularni ado etmay yoki rozilik istamay kishi ma’suliyatdan forig‘ bo‘lmaydi.
Bu haqlar quyidagilardir:

1. Yanglishsa, kechiradi.

2. Ko‘z yoshlariga rahm qiladi.

3. Oshkor etilishini istamagan sirini yashiradi.

4. Uzrini qabul qiladi.

5. Yonida g‘iybat qilinsa, rad etadi.

6. Kerak bo‘lganda nasihat qilishda davom etadi.

7. Do‘stligini muhofaza etadi.

8. Zimmasidagi vazifalarga rioya etadi.

9. Kasal bo‘lganida ahvolidan xabar oladi.

10. Janozasida qatnashadi.

11. Da’vatini qabul qiladi.

12. Sovg‘asini qabul etadi.

13. Yaxshiligiga yaxshilik bilan javob qaytaradi.

14. Yaxshiliklari evaziga tashakkur bildiradi.

15. Yordamini chiroyli qiladi.

16. Nomusini himoya etadi.

17. Ehtiyojini qondiradi.

18. Orzu-niyatlarining amalga oshishida yordam beradi.

19. Rajosini (iltimosini) qabul qiladi.

20. Istaklarini inkor qilmaydi.

21. Aksirganida "Yarhamukalloh" deydi.

22. Yo‘qotgan narsasini qidiradi.

23. Salomiga alik oladi.

24. Suhbatini yoqtiradi.

25. Yaxshiligini ko‘paytiradi.

26. Qasamlarini tasdiqlaydi.

27. Zolim bo‘lsa ham, mazlum bo‘lsa ham yordam beradi. Zolimga yordam - uni zulm qilishdan qaytarishdir. Mazlumga esa birovdan uning haqqini olish bilan yordam beradi.

28. Do‘st bo‘ladi, dushman bo‘lmaydi.

29. Uni himoya etadi, yordam bermasdan yolg‘iz o‘zini tashlab qo‘ymaydi.

30. O‘ziga ravo ko‘rgan yaxshilikni unga ham ravo ko‘radi. O‘ziga istamagan yomonlikni unga ham ravo ko‘rmaydi.

Mo‘minlar o‘zaro do‘stlashishda, rahmu shafqatda va mehru oqibatda go‘yoki bir vujudning a’zolaridir. Kishining esa biror a’zosi og‘risa, boshqa a’zolari ham azob tortadi.