Get Mystery Box with random crypto!

Ko'pchilik hurmat qilgan insonlar bugun ikki tomon, ikki qirg' | Ilyos Safarov

Ko'pchilik hurmat qilgan insonlar bugun ikki tomon, ikki qirg'oqqa o'tib, bir-birini haqoratlayapti.

Birinchi tomon e'tiqod erkinligining hurmat chegarasidan chiqqan, ikkinchi tomon qanchalik kulgili bo'lmasin, ilmni inkor qilishga urinyapti. 1+1=3 bo'ladi, deya dindor ekanini ko'rsatmoqchi bo'lyapti ba'zilar.

Tomonlar tutgan pozitsiyalarga to'xtalmayman, lekin aniqki, bahsni bir qismi ko'rib yozilayotgan haqoratli izoh va postlar shusiz ham tarqoq jamiyatimizni yanada tezroq parchalanish sari yetaklayapti.

Mahdudlikni to'xtatib, muhimroq mavzular muhokаmasiga o'tarmiz, balki.

Mamlakat boyliklarini o'g'ri, kazzoblar kemirayotgan, katta-katta qonunlar ayrim shaxslar mafaati uchun o'zgartirib yuborilayotgan, ta'lim bir ahvolda qolayotgan paytda yaxshimikin shu chalg'ish?!