Get Mystery Box with random crypto!

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi | Ilyos Safarov

Samarqanddagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasidan Ekologiya qo‘mitasi qaramog'iga o‘tkazilgani haqida yozgandim.

Qaror bilan endilikda tabiat bog’i yonidan oqib o’tuvchi “Zarafshon” daryosida ishlayotgan karyerlar faoliyati ham tartibga keltiriladi.

Karyerlar ishi tartibga solinarkan, Samarqand viloyati hokimligi daryo bo’yida joylashgan va hozirga kelib o’rnida quruq yerning o’zi qolgan plyaj faoliyatini ham qayta tiklashi kerak.

Esimda, bundan 7-8 yillar avval ham shu plyaj yoz oylarida odamlar kelib cho’miladigan, qayiqlar yuradigan, atrofida hordiq chiqarish mumkin bo’lgan bir chiroyli manzili edi.

Menimcha, loyiha juda katta mablag’ ham talab qilmaydi. Tadbirkorlarga topshirilsa, ularning o'zi eplavoradi.

Bu bilan shuningdek, yana bir yangi sayyohlik yo‘nalishi, turizm manzili paydo bo’ladi.

Umid qilaman, taklifim Ekologiya qo’mitasi va Samarqand viloyati hokimligi e’tiboridan chetda qolmaydi.

Postga ilova etilgan surat aynan o'sha plyajniki emas. Qurib bitgan plyajning suratini qidirgandim, google shunga yaqinini chiqarib beroldi. Suratga olinmagan, olinsayam internetga joylanmagan shekillida.

@haqiqatdaIlyos