Get Mystery Box with random crypto!

Bolaligimda eshitgan ertaklar, ko'rgan multfilmlarim ta'siri s | Ilyos Safarov

Bolaligimda eshitgan ertaklar, ko'rgan multfilmlarim ta'siri shekilli, biror eski kutubxonadan oxirgi pulimga antiqa kitob sotib olaman-u, u kitob mutolaasi hayotimni butunlay o'zgartirib yuboradi, degan orzularga ishonch saqlanib qolgan.

Chilonzor yo'lida bugun kashf qilganim, eski kitoblar bozoridan orzumdagi antiqa kitobni topmagan bo'lsam-da, kitoblarga yaqinlik, bir necha o'n yillar avval o'qigan kitoblarimni yana varaqlab ko'rish zavqini topdim.

Kelib ko'rmaganlar bo'lsa, tavsiya qilaman.

@haqiqatdaIlyos