Get Mystery Box with random crypto!

Fotih School - IT maktabi

Telegram kanalining logotibi fotihschool — Fotih School - IT maktabi F
Telegram kanalining logotibi fotihschool — Fotih School - IT maktabi
Kanal manzili: @fotihschool
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47
Kanalning ta’rifi

🏆Siz bilan 4 ta o'qituvchi ishlaydi
👨‍💻Nazariy amaliy darslar
👨‍🏫1-3 yil tajribali o'qituvchilar
Darsga ro'yxatdan o'tish uchun linkni bosing

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-16 06:07:18 Yangi SMM menejerlar uchun 5 ta maslahat:

Har bir platforma uchun kontent plan tuzib chiqing.

Siz Telegram, Instagram, Tik Tok yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritmoqchi bo'lsangiz, ushbu sahifalarga joylanishi kerak bo'lgan kontentlarni oldindan kamida 1 haftalik rejasini tuzib olishingiz kerak. Bu rejani tuzish uchun "Excel" yoki "Google sheets" yaxshi qo'l keladi.

Muntazam post va yangiliklar joylab turish.

Siz har kuni yoki haftada ikki uch marta foydali ma'lumotlar yuklab borishingiz kerak. Muhimi doimiylikni ushlash, agarda doimiylik buziladigan bo'lsa kuzatuvchilar kamayib ketishi mumkin.

Har xil kontent formatlari bilan ishlab tajribangizni oshiring.

Video, matn, rasm va grafika formatlarida ham postlar chiqaring, boshqa formatlar bilan qancha ko'p ishlasangiz, tajribangiz ham shuncha oshib boraveradi. Yaqin kunlarda kontent formatlari haqida postimizni chiqaramiz.

Kuzatuvchilaringiz bilan muloqot qilib turing.

Buning uchun har xil so'rovnomalar, viktorinalar telegramda "voice chat"lar instagramda esa "jonli efir" o'tkazib turishni tavsiya beramiz.

Kuzatuvchilaringizni xursand qilib turing.

Masalan: yakshanba kunlari ko'pincha hamma dam oladi va ijtimoiy tarmoqlarda biror bir qiziqarli video qidirishadi. Shundan foydalanib siz o'z sahifangizga ularni kayfiyatini ko'taradigan kontent qilishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring!

"Fotih School - IT maktabi"
152 viewsedited  03:07
Ochish/sharhlash
2022-08-14 18:31:04 CTA o'zi nima?

СTA — call to action harakatga chorlov. Siz mijozingizni shu tugmaga bosishini istasangiz, unga turtki bering. Masalan: kanalingizni yoki sahifangizni linkini qoldirib "Obuna bo'ling" deb yozib qoldirsangiz, 2 kishidan 1 tasi obuna bo'lishi mumkin.

Yana misol keltiradigan bo'lsak, ko'plab reklamalarda "Hoziroq buyurtma bering", "Hoziroq murojaat qiling", "Ofisimizga tashrif buyuring", "Ro'yxatdan o'ting" deb telefon raqam yoki havola qoldirishadi. Biror bir aksiya masalan "50% chegirma" qilinganda, albatta uni ko'rgan odam shoshilib qoladi va albatta ulgurib qolay deb xarid qilishga oshiqishadi. Shunda ularga turtki berib yuborsangiz, mahsulotingizni sotib olishlaridan shubha qilmasangiz ham bo'ladi.

SMM va digital marketing haqida foydali ma'lumotlar uchun kanalimizga obuna bo'ling!

“Fotih School — IT maktabi“
133 viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2022-08-13 07:15:47 Iliq LIDni issiq LIDga aylantirish va saqlab qolish bo'yicha 4 ta maslahat:

O'zingizni eslatib turish va mijozingizni qaytib kelishi uchun uni kuzatib boring. Shunday kontent qilingki mijozingiz sizni eslab qolsin.

O'z sahifangizda mahsulotingizni shunday yoritib beringki, mijozingiz uni ko'rib aynan sizdan xarid qilsin, boshqalardan emas.

Ko'proq bonuslar va takliflar bering. Masalan: siz bizni mahsulotimizni 2 yoki 3 hissa ko'proq sotib olsangiz, keyingi xaridingiz uchun bonus sifatida sizga 30 foizli kupon taqdim etamiz. Taklif berishingiz ham mumkin, misol uchun: mahsulotimiz haqida 5 ta do'stingizga xabar bering va mahsulotimizni 70% chegirmada xarid qiling, deb taklif bersangiz ham bo'ladi.

Iliq LIDlarni isitish sifatida siz ko'proq ularni og'riqli taraflarini o'rganib chiqib, ularga yechim topishingiz zarur. Aynan sizning mahsulotingiz ularni muammolarini yecha olsa, albatta sizga nisbatan ishonch ortadi.

Yuqorida aytib o'tilgan usullarni qo'llab iliq LIDlarni isitishingiz va ularni saqlab qolishingiz mumkin bo'ladi!

Do'stlaringizga ulashing!

“Fotih School — IT maktabi“
120 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-11 18:16:59 Sovuq LIDni iliq LIDga aylantirish bo'yicha 5 ta maslahat:

1. Ko'proq odamlarni ko'ziga tashlanadigan, bir qarashda qiziqtirib qo'yadigan g'oyalar topishingiz va ularni amalda qo'llashingiz kerak. Misol uchun postingizga shunday sarlavha o'ylab topingki, uni o'qib obunachingiz davomini o'qishga qiziqib qolsin va albatta davomini ham foydali ma'lumotlar bilan boyitish esingizdan chiqmasin. Shunda kuzatuvchilarni ko'ziga bittada tashlanishingiz va ularni ilitishingiz mumkin.

2. Siz mijozingiz bilan shunday suhbat quringki, u sizni o'zini yaqinidek qabul qilsin (ichidagini ayta olsin);

3. Kuzatuvchiga ajoyib taklif berishdan to'xtamang. Ular sizdan ko'proq taklif kutib qolishadi, agarda siz taklif berishdan to'xtasangiz obunachingiz sovib qolishi mumkin ;

4. Siz ko'proq so'rovnomalar o'tkazishingiz va ularni xohishlarini o'rganishingiz kerak.

5. Siz ko'proq mijozni eshitishingiz kerak. Mijozlaringizni qancha ko'p gapirishiga qo'yib bersangiz sizga nisbatan shuncha ishonchi ortadi, chunki ular "mana men qancha gapirsam ham eshitishayapti, demak meni hurmat qilishar ekan" deydilar. Lekin mavzudan chetlab ketish ham kerak emas.

Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, siz albatta sovuq LIDlarni ilitishingiz mumkin bo'ladi!

“Fotih School — IT maktabi“
121 views15:16
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:11:55 Lid nima yoki kim?

Lid — inglizcha “lead” soʻzidan olingan boʻlib oʻzi haqida maʼlumotlarini (yoshi, ismi, telefon nomeri) yoki arizasini qoldirgan mijozdir. Masalan: bizning saytimizda oʻz ismingiz, yoshingiz va telefon raqamingizni qoldirsangiz, siz ham Lid ya'niy bizning potensial mijozimizga aylanasiz.

LID 3 xil boʻladi:

1) Sovuq LIDlar — mahsulot haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmagan va sotib olishga tayyor boʻlmagan mijozlar. Ular mahsulotingizni sotib olishga shoshilmaydilar, hatto tasodifan saytga kirib qolishgan boʻlishi mumkin.

2) Iliq LIDlar — bu kompaniya haqida tushunchaga ega boʻlgan, lekin hali ham ulardan shubhalanayotgan mijozlardir. Ular toʻliq mijozga aylanganliklari haqida batafsil bilishni xohlashadi.

3) Issiq LIDlar -kompaniya haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlgan mijozlar. Ular mahsulotga buyurtma berishga yoki sotib olishga tayyor turishadi, lekin baʼzi maʼlumotlarni bilib olishni istashadi. Masalan — toʻlov va yetkazib berish xizmati haqida soʻrab olishadi.

Keyingi postlarimizda sovuq LIDni iliq LIDga, iliq LIDni esa issiq LIDga aylantirish boʻyicha tafsiya berib boramiz!

Bizni kuzatib boring!

“Fotih School — IT maktabi“
121 views16:11
Ochish/sharhlash
2022-08-09 07:55:39 Raqobatchilarni kuzatib boring!

Raqobatchilarning xabarlarini kuzatib boring va ularning veb-saytiga, yoki blogiga obuna bo'ling. Shunday qilib, raqobatdosh ustunlikka qanday erishish mumkinligini tushunishingiz mumkin.

“Fotih School — IT maktabi“
120 viewsedited  04:55
Ochish/sharhlash
2022-08-08 09:59:42 Influencer oʻzi kim?

Influencer (inglizcha influence — “taʼsir” soʻzidan olingan boʻlib taʼsir qiluvchi degan maʼnoni anglatadi) — MAni toʻplaydigan fikr yetakchisi. Koʻpincha, influencer ham bloger boʻlib, oʻz auditoriyasi bilan ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, YouTube, TikTok) orqali muloqot qiladi. Oʻzimizda ham influencerlar kam emas, masalan: Muhammadali Eshonqulov va Umidjon Ishmukhamedovlar ham influencerlik qilib turishadi.

“Fotih School — IT maktabi“
129 views06:59
Ochish/sharhlash
2022-08-07 09:50:36 SMM an'anaviy marketingdan qanday farq qiladi?

An'anaviy marketing va ijtimoiy media bir xil maqsadlarga ega, ammo ularga boshqacha yondashiladi.
An'anaviy yoki oflayn marketing - bu Internet paydo bo'lishidan oldin qo'llanilgan biznesni ilgari surish strategiyasi: gazeta va jurnallardagi reklamalar, radio va televizor reklamalari, flayerlar va yo'llardagi bannerlar.

Social Media Marketing [SMM] – bu ingliz tilidan ijtimoiy media marketing bo’lib, internet marketingning bir turi deb hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi – ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni mahsulot va xizmatlaringizga jalb etish.

“Fotih School — IT maktabi“
127 views06:50
Ochish/sharhlash
2022-08-06 10:55:33 Sizda "bu kanal o'zi menga nima kerak?" degan savol tug'ilishi mumkin.

Hurmatli kuzatuvchilar siz SMM, Marketing, kompyuter savodxonligi va markazimiz haqida yangiliklar va turli xil foydali ma'lumotlar olmoqchi bo'lsangiz albatta bizning "Fotih School - IT maktabi" kanalimizga obuna bo'ling va bizni kuzatib boring.
120 views07:55
Ochish/sharhlash
2022-08-04 19:44:50
Kompyuterdan erkin foydalanishni bilishimiz uchun 3ta sabab

Biror bir tashkilotga ishga joylashish uchun;
Istalgan zamonaviy kasblarni mukammal o'rgana olish uchun;
Kelajakdagi karerangizni mukammal olib borish va texnologiyalardan erkin foydalana olish uchun.

Buning uchun sizga "Fotih school" IT maktabi "PRO Kompyuter savodxonligi" kursini taklif etadi.

Kurslarga ro'yxatdan o'tish uchun ushbu linkni bosing yoki qo'ng'iroq qiling.

Administrator: 88-398-03-00

@fotihschool
108 views16:44
Ochish/sharhlash