Get Mystery Box with random crypto!

Sovuq LIDni iliq LIDga aylantirish bo'yicha 5 ta maslahat: 1. | Fotih School - IT maktabi

Sovuq LIDni iliq LIDga aylantirish bo'yicha 5 ta maslahat:

1. Ko'proq odamlarni ko'ziga tashlanadigan, bir qarashda qiziqtirib qo'yadigan g'oyalar topishingiz va ularni amalda qo'llashingiz kerak. Misol uchun postingizga shunday sarlavha o'ylab topingki, uni o'qib obunachingiz davomini o'qishga qiziqib qolsin va albatta davomini ham foydali ma'lumotlar bilan boyitish esingizdan chiqmasin. Shunda kuzatuvchilarni ko'ziga bittada tashlanishingiz va ularni ilitishingiz mumkin.

2. Siz mijozingiz bilan shunday suhbat quringki, u sizni o'zini yaqinidek qabul qilsin (ichidagini ayta olsin);

3. Kuzatuvchiga ajoyib taklif berishdan to'xtamang. Ular sizdan ko'proq taklif kutib qolishadi, agarda siz taklif berishdan to'xtasangiz obunachingiz sovib qolishi mumkin ;

4. Siz ko'proq so'rovnomalar o'tkazishingiz va ularni xohishlarini o'rganishingiz kerak.

5. Siz ko'proq mijozni eshitishingiz kerak. Mijozlaringizni qancha ko'p gapirishiga qo'yib bersangiz sizga nisbatan shuncha ishonchi ortadi, chunki ular "mana men qancha gapirsam ham eshitishayapti, demak meni hurmat qilishar ekan" deydilar. Lekin mavzudan chetlab ketish ham kerak emas.

Ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, siz albatta sovuq LIDlarni ilitishingiz mumkin bo'ladi!

“Fotih School — IT maktabi“