Get Mystery Box with random crypto!

Iliq LIDni issiq LIDga aylantirish va saqlab qolish bo'yicha 4 | Fotih School - IT maktabi

Iliq LIDni issiq LIDga aylantirish va saqlab qolish bo'yicha 4 ta maslahat:

O'zingizni eslatib turish va mijozingizni qaytib kelishi uchun uni kuzatib boring. Shunday kontent qilingki mijozingiz sizni eslab qolsin.

O'z sahifangizda mahsulotingizni shunday yoritib beringki, mijozingiz uni ko'rib aynan sizdan xarid qilsin, boshqalardan emas.

Ko'proq bonuslar va takliflar bering. Masalan: siz bizni mahsulotimizni 2 yoki 3 hissa ko'proq sotib olsangiz, keyingi xaridingiz uchun bonus sifatida sizga 30 foizli kupon taqdim etamiz. Taklif berishingiz ham mumkin, misol uchun: mahsulotimiz haqida 5 ta do'stingizga xabar bering va mahsulotimizni 70% chegirmada xarid qiling, deb taklif bersangiz ham bo'ladi.

Iliq LIDlarni isitish sifatida siz ko'proq ularni og'riqli taraflarini o'rganib chiqib, ularga yechim topishingiz zarur. Aynan sizning mahsulotingiz ularni muammolarini yecha olsa, albatta sizga nisbatan ishonch ortadi.

Yuqorida aytib o'tilgan usullarni qo'llab iliq LIDlarni isitishingiz va ularni saqlab qolishingiz mumkin bo'ladi!

Do'stlaringizga ulashing!

“Fotih School — IT maktabi“