Get Mystery Box with random crypto!

Yangi SMM menejerlar uchun 5 ta maslahat: Har bir platforma | Fotih School - IT maktabi

Yangi SMM menejerlar uchun 5 ta maslahat:

Har bir platforma uchun kontent plan tuzib chiqing.

Siz Telegram, Instagram, Tik Tok yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda sahifa yuritmoqchi bo'lsangiz, ushbu sahifalarga joylanishi kerak bo'lgan kontentlarni oldindan kamida 1 haftalik rejasini tuzib olishingiz kerak. Bu rejani tuzish uchun "Excel" yoki "Google sheets" yaxshi qo'l keladi.

Muntazam post va yangiliklar joylab turish.

Siz har kuni yoki haftada ikki uch marta foydali ma'lumotlar yuklab borishingiz kerak. Muhimi doimiylikni ushlash, agarda doimiylik buziladigan bo'lsa kuzatuvchilar kamayib ketishi mumkin.

Har xil kontent formatlari bilan ishlab tajribangizni oshiring.

Video, matn, rasm va grafika formatlarida ham postlar chiqaring, boshqa formatlar bilan qancha ko'p ishlasangiz, tajribangiz ham shuncha oshib boraveradi. Yaqin kunlarda kontent formatlari haqida postimizni chiqaramiz.

Kuzatuvchilaringiz bilan muloqot qilib turing.

Buning uchun har xil so'rovnomalar, viktorinalar telegramda "voice chat"lar instagramda esa "jonli efir" o'tkazib turishni tavsiya beramiz.

Kuzatuvchilaringizni xursand qilib turing.

Masalan: yakshanba kunlari ko'pincha hamma dam oladi va ijtimoiy tarmoqlarda biror bir qiziqarli video qidirishadi. Shundan foydalanib siz o'z sahifangizga ularni kayfiyatini ko'taradigan kontent qilishingiz mumkin.

Bizni kuzatib boring!

"Fotih School - IT maktabi"