Get Mystery Box with random crypto!

Lid nima yoki kim? Lid — inglizcha “lead” soʻzidan olingan bo | Fotih School - IT maktabi

Lid nima yoki kim?

Lid — inglizcha “lead” soʻzidan olingan boʻlib oʻzi haqida maʼlumotlarini (yoshi, ismi, telefon nomeri) yoki arizasini qoldirgan mijozdir. Masalan: bizning saytimizda oʻz ismingiz, yoshingiz va telefon raqamingizni qoldirsangiz, siz ham Lid ya'niy bizning potensial mijozimizga aylanasiz.

LID 3 xil boʻladi:

1) Sovuq LIDlar — mahsulot haqida toʻliq maʼlumotga ega boʻlmagan va sotib olishga tayyor boʻlmagan mijozlar. Ular mahsulotingizni sotib olishga shoshilmaydilar, hatto tasodifan saytga kirib qolishgan boʻlishi mumkin.

2) Iliq LIDlar — bu kompaniya haqida tushunchaga ega boʻlgan, lekin hali ham ulardan shubhalanayotgan mijozlardir. Ular toʻliq mijozga aylanganliklari haqida batafsil bilishni xohlashadi.

3) Issiq LIDlar -kompaniya haqida aniq maʼlumotlarga ega boʻlgan mijozlar. Ular mahsulotga buyurtma berishga yoki sotib olishga tayyor turishadi, lekin baʼzi maʼlumotlarni bilib olishni istashadi. Masalan — toʻlov va yetkazib berish xizmati haqida soʻrab olishadi.

Keyingi postlarimizda sovuq LIDni iliq LIDga, iliq LIDni esa issiq LIDga aylantirish boʻyicha tafsiya berib boramiz!

Bizni kuzatib boring!

“Fotih School — IT maktabi“