Get Mystery Box with random crypto!

Hayot falsafasi 🍃

Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃 H
Telegram kanalining logotibi falsafasi_hayot — Hayot falsafasi 🍃
Kanal manzili: @falsafasi_hayot
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 67.06K
Kanalning ta’rifi

Ҳаётда ҳеч нарса тасодиф эмас. Сиз айнан керакли вақтда, керакли жойдасиз!
📚 «Ҳаёт фалсафаси» - Ҳаёт ўргатади, лекин биз билан тезроқ.!
Реклама: @manfaatli_reklama_agentligi
Cреатор: Моҳинур ))
#Ayollar #Oilaviy #Foydali #Bolalar

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-05-29 19:22:22
Bilasizmi?

Siz judayam baxtlisiz . Yuragingiz beg‘ubor, tanangiz sog‘, siz hammaga keraksiz!

Bilasizmi?

Siz judayam boysiz. Toza qalbingiz, o‘tkir zehningiz, kuchli irodangiz bor!

Yana shuniyam bilasizmi? Siz judayam omadlisiz. Yaqinlariz yoningizda, do‘stlaringiz atrofingizda!

Lekin Siz buni bilmaysiz. Men Sizdan omadliroqman! Chunki, meni yaqinlarim orasida SIZ borsiz!

Boringizga shukur, qadrligim...

@falsafasi_hayot
19.4K views16:22
Ochish/sharhlash
2024-05-29 09:10:24
Ey ummat...

Koʻring va to umringiz oxirigacha yodingizda saqlang!

Siz suratda koʻrayotgar vayrona bu Rasululloh sollallohu alayhi vassalamga besh yoshlarigachan onalik qilgan Halima Saʼdiya roziyallohu anho onamizni uylari hisoblanadi...

Endi ham, Alloh meni suymagani uchun rizqim kam deb oʻylaysizmi?

@falsafasi_hayot
28.0K views06:10
Ochish/sharhlash
2024-05-29 06:26:32
Umidingizni yo'qotmang... Yo'qotganlaringizdan esa xafa bo'lmang... Bugun qiynalsangiz, ertaga yengil tortasiz.... Bugun xafa bo'lsangiz, ertaga baxtli bo'lasiz... Bugun yuzingizga bir eshik yopilgan bo'lsa, ertaga ming bir eshik ochiladi... Sabrli bo'ling! Ishoning vaqt keladi va Alloh qiyinchilikdan keyin osonchilik ila siylaydi...

Kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin ))

@falsafasi_hayot
26.5K views03:26
Ochish/sharhlash
2024-05-28 18:54:03
Ayoldan so’rashdi:
Sizningcha haqiqiy er kim?
•Ayol javob berdi:

-Jerkiyvermay chiroyli nasihat qiladigan;

-Titkilayvermay ishonadigan;

-Yig’latavermay kuldiradigan;

-Oyoq-osti qilavermay boshiga
ko’taradigan;

-Itoatni qadrlaydigan;

-Ibodatni sevadigan;

-Suyansa bo’ladigan;

-Xaromdan hazar qiladigan;

-Robbisiga bandalikda ahli-ayolini ham ergashtira olgan er haqiqiy erdir!

@falsafasi_hayot
17.3K views15:54
Ochish/sharhlash
2024-05-28 18:14:39
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: "Onaga qilingan yaxshilikdan ko‘ra Allohga mahbubroq ishni bilmayman", degan ekan...
Manbalarda kelishicha, Fir’avn shuncha zolim va tog‘ut bo‘lishiga qaramasdan, onasiga juda mehribon ekan. Onasiga mehribonligi sababli Alloh undan azobni kechiktirib turgan ekan. Onasi vafot etishi bilan uni ham halok qilgan ekan.

Alloh onalarimizning umrini uzoq qilsin...

@falsafasi_hayot
16.1K viewsedited  15:14
Ochish/sharhlash
2024-05-28 16:27:32
Kuchli, sovuqqon, quvnoq koʻringan insonlarga ishonmang... Ular aslida butunlay boshqacha boʻladilar...
Kuchli koʻringan inson aslida suyanchigʻi, ishongani yoʻqligidan kuchli koʻrinishga harakat qiladi... Aslida suyana oladigan insonga juda ehtiyojmand boʻladi...
Sovuqqon koʻringan inson aslida qalbi juda hassos... Tark etsangiz ham hech narsa boʻlmagandek tutadi, aslida qalbidan sinib, parchalanib ketadi...
Quvnoq inson hazillari, kulgilari ortida togʻlardek dardlarini yashirib yuradi. Unga tushunadigan, his qila oladigan inson kerak...
Ularning koʻrinishlariga qarab muomala qilmang, ehtiyot qiling... Ular sizning mehringizga, eʼtiboringizga muxtojlar...

@falsafasi_hayot
15.7K views13:27
Ochish/sharhlash
2024-05-28 08:55:53
Go‘zal qizim!

Saodatli bo‘lishni xohlasang, orqangdan gapirganlarga parvo qilma...

Birovning rizqiga ko‘z olaytirma...

Boshqalarning nasibasiga qarama.

Gʻiybatchining so‘ziga parvo qilma.

Yuragingni g‘ash qiladigan mish-mishlarga e’tibor qilma.

Seni e’tirof etmaganning, tanqidiga ahamiyat berma.

Osmonga qara...

Daraxtlarga qara...

Qo‘lingdagi ne’matlarga qara...

Tovog‘ingdagi rizqqa qara...

Oyna qarshisiga o‘t, bu dunyoda bittagina bo‘lgan o‘zingga qara...

Seni sevgan Robbingning rahmatiga qara...

Kim nima desa desin, sen faqat o‘z amalingga qara...

So‘ngra o‘tir, o‘girilib qalbingga qara, ana saodat, mana halovat, ana shukr, mana ulkan tashakkur!..

Umida Aziz

@falsafasi_hayot
26.3K views05:55
Ochish/sharhlash
2024-05-27 17:49:01
...

Agar siz ushbu rasmda yaxta va dengizni ko‘rayotgan bo‘lsangiz, unda allaqachon ishdan ta’til oladigan vaqtingiz kelibdi.

Bu shunchaki charm divanning yirtiq joyi

@falsafasi_hayot
18.3K views14:49
Ochish/sharhlash
2024-05-27 17:25:14
Bo‘ri poda ichiga kirib podaning
bittasini yeydi, ammo suruvdagi qo‘ylardan hammasini yorib tashlaydi. Podadagi qo‘ylarning yorib ketilishi cho‘ponlarning och qolishi, inqirozga uchrashi demakdir. Cho‘ponlar keyin nima qilardi, bilasizmi? Bo‘rini tiriklay tutish uchun yo‘lga tushardi. Usullarini bilar, tutardi ham. Bo‘rini ushlaganidan keyin uni urib, qiynab, o‘chini olmasdi.
Silab-siypab o‘pardi, faqat bo‘yniga bitta serkaning qo‘ng‘irog‘ini taqib, ko‘yib yuborar edi. Bo‘ri ham xursand bo‘lib qochib qolgan. Qo‘ng‘iroqli bo‘ri bundan keyin hech qaysi jonliga yaqinlasha olmaydi, chunki qo‘ng‘iroq ovozini eshitgan hayvon undan qochadi. Bo‘ri tog‘-adirda behuda yugurib, hech nima ovlay olmasdan ozib-to‘zib, oxiri ochlikdan bo‘kirib-bo‘kirib o‘lib ketardi. Bu inson xayoliga kelgan iskanja va zulmdan eng qo‘rqinchlisi edi. Zulm turlari aslida hech qachon eskirmaydi...

Bo‘ri faqat ochlikdan o‘layotganida tushunib yetardi bo‘yniga qo‘ng‘iroq taqqanlarning va uni silab-siypab, o‘pganlarning niyatini.

@falsafasi_hayot
17.6K views14:25
Ochish/sharhlash
2024-05-27 16:29:47
Ayol erkakni nazarini tortish va e'tiborli bo‘lish uchun hamma narsani qilib ko‘rdi.
Makiyaj qildi...
Tatuaj qildi...
Yuz terisini torttirdi...
Tanasini ideal holga keltirdi...
Hatto yarim yalang‘och holda yurib ham ko‘rdi...
Erkakka yon berdi, ular qarshisida har qanday xorlikka rozi bo‘ldi...

Keyin nima bo‘ldi?

Erkakning nazari yanada ortig‘ini istayverdi, o‘ngu so‘lga alanglayverdi va
xiyonati ziyoda bo‘lib boraverdi. Chunki shahvoniy mayl to‘yadigan narsa emasdi.
Ayolni erkakka qiladigan taqdimotlari qanchalik ortsa, uning baxosi ham shunchalik pastlab boraverdi.

Natijada ayol arzon bo‘ldi. Holbuki bu ishlar uning jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga qaratilgan edi.

Ey ayollar jamo'asi!
Erkak nazarini to‘ydiradigan yagona sifat bu satr, taqvo va Allohdan qo‘rqishdir. Mana shu sifat erkaklar ko‘zini to‘sadi va qalbini shahvatdan burib yuboradi. Bu yo‘ldan boshqasi, pulini ayollar to‘layotgan jinnilikdan boshqa narsa emas.
Bu sizning xorlik botqog‘idan azizlik maqomiga chiqishingizda yagona choradir.

@falsafasi_hayot
16.7K views13:29
Ochish/sharhlash