Get Mystery Box with random crypto!

Go‘zal qizim! Saodatli bo‘lishni xohlasang, orqangdan gapirga | Hayot falsafasi 🍃

Go‘zal qizim!

Saodatli bo‘lishni xohlasang, orqangdan gapirganlarga parvo qilma...

Birovning rizqiga ko‘z olaytirma...

Boshqalarning nasibasiga qarama.

Gʻiybatchining so‘ziga parvo qilma.

Yuragingni g‘ash qiladigan mish-mishlarga e’tibor qilma.

Seni e’tirof etmaganning, tanqidiga ahamiyat berma.

Osmonga qara...

Daraxtlarga qara...

Qo‘lingdagi ne’matlarga qara...

Tovog‘ingdagi rizqqa qara...

Oyna qarshisiga o‘t, bu dunyoda bittagina bo‘lgan o‘zingga qara...

Seni sevgan Robbingning rahmatiga qara...

Kim nima desa desin, sen faqat o‘z amalingga qara...

So‘ngra o‘tir, o‘girilib qalbingga qara, ana saodat, mana halovat, ana shukr, mana ulkan tashakkur!..

Umida Aziz

@falsafasi_hayot