Get Mystery Box with random crypto!

Bo‘ri poda ichiga kirib podaning bittasini yeydi, ammo suruvda | Hayot falsafasi 🍃

Bo‘ri poda ichiga kirib podaning
bittasini yeydi, ammo suruvdagi qo‘ylardan hammasini yorib tashlaydi. Podadagi qo‘ylarning yorib ketilishi cho‘ponlarning och qolishi, inqirozga uchrashi demakdir. Cho‘ponlar keyin nima qilardi, bilasizmi? Bo‘rini tiriklay tutish uchun yo‘lga tushardi. Usullarini bilar, tutardi ham. Bo‘rini ushlaganidan keyin uni urib, qiynab, o‘chini olmasdi.
Silab-siypab o‘pardi, faqat bo‘yniga bitta serkaning qo‘ng‘irog‘ini taqib, ko‘yib yuborar edi. Bo‘ri ham xursand bo‘lib qochib qolgan. Qo‘ng‘iroqli bo‘ri bundan keyin hech qaysi jonliga yaqinlasha olmaydi, chunki qo‘ng‘iroq ovozini eshitgan hayvon undan qochadi. Bo‘ri tog‘-adirda behuda yugurib, hech nima ovlay olmasdan ozib-to‘zib, oxiri ochlikdan bo‘kirib-bo‘kirib o‘lib ketardi. Bu inson xayoliga kelgan iskanja va zulmdan eng qo‘rqinchlisi edi. Zulm turlari aslida hech qachon eskirmaydi...

Bo‘ri faqat ochlikdan o‘layotganida tushunib yetardi bo‘yniga qo‘ng‘iroq taqqanlarning va uni silab-siypab, o‘pganlarning niyatini.

@falsafasi_hayot