Get Mystery Box with random crypto!

Ayol erkakni nazarini tortish va e'tiborli bo‘lish uchun hamma | Hayot falsafasi 🍃

Ayol erkakni nazarini tortish va e'tiborli bo‘lish uchun hamma narsani qilib ko‘rdi.
Makiyaj qildi...
Tatuaj qildi...
Yuz terisini torttirdi...
Tanasini ideal holga keltirdi...
Hatto yarim yalang‘och holda yurib ham ko‘rdi...
Erkakka yon berdi, ular qarshisida har qanday xorlikka rozi bo‘ldi...

Keyin nima bo‘ldi?

Erkakning nazari yanada ortig‘ini istayverdi, o‘ngu so‘lga alanglayverdi va
xiyonati ziyoda bo‘lib boraverdi. Chunki shahvoniy mayl to‘yadigan narsa emasdi.
Ayolni erkakka qiladigan taqdimotlari qanchalik ortsa, uning baxosi ham shunchalik pastlab boraverdi.

Natijada ayol arzon bo‘ldi. Holbuki bu ishlar uning jamiyatdagi maqomini ko‘tarishga qaratilgan edi.

Ey ayollar jamo'asi!
Erkak nazarini to‘ydiradigan yagona sifat bu satr, taqvo va Allohdan qo‘rqishdir. Mana shu sifat erkaklar ko‘zini to‘sadi va qalbini shahvatdan burib yuboradi. Bu yo‘ldan boshqasi, pulini ayollar to‘layotgan jinnilikdan boshqa narsa emas.
Bu sizning xorlik botqog‘idan azizlik maqomiga chiqishingizda yagona choradir.

@falsafasi_hayot