Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali
Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin
Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz
Reklama: @Rek_Info
Murojaat uchun: @dtminfo24_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-15 22:16:51
#Қабул_2022 | #Расман

АБИТУРИЕНТЛАР ДИҚҚАТИГА!!!

2022/2023 ўқув йили учун қабул квоталари тасдиқланди

Президентнинг "Давлат олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш жараёнларини ташкил этиш тўғрисида"ги қарорига мувофиқ “2022/2023 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари тўғрисида”ги Фармойиши қабул қилинди.

Унга кўра ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрлари умумий квотаси 121 395 нафар этиб белгиланди.

БАКАЛАВРИАТ – 110 707 нафар:

кундузги таълим шаклига – 77 477 нафар;

сиртқи таълим шаклига – 26 095 нафар нафар;

кечки таълим шаклига – 3 725 нафар;

масофавий таълим шаклига – 3 410 нафар;

МАГИСТРАТУРА – 10 688 нафар.

Шунингдек, молиявий мустақиллик берилган 36 та давлат олий таълим муассасалари тўлов-контракт бўйича яна 50 мингдан ортиқ қабул параметрлари Кузатув кенгашлари қарори билан тасдиқланиши режалаштирилган. Натижада жорий ўқув йилида қабул параметрлари ўтган йилга нисбатан ошади.
10.6K viewsedited  19:16
Ochish/sharhlash
2022-06-14 19:56:53 Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

O'qishni ko'chirish uchun test sinovlari abituriyentlarnikidan farq qilishi mumkin.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
6.7K views16:56
Ochish/sharhlash
2022-06-14 18:24:39
DIQQAT TURKIYA UNIVERSITETLARIDA O‘QISHLAR BO’YICHA E’LON
HURMATLI ABITURENTLAR VA OTA ONALAR

16-17 IYUN 2022 KUNIDA TOSHKENTDA TURKIYANING 10 TA DAVLAT UNIVERSITETLARIGA GRANT VA KONTRAKTLI O’QISHLARGA QABULLAR VA O‘QISHLAR BUYICHA 2 KUNLIK TA‘LIM KO‘RGAZMASIGA TAKLIF ETAMIZ

Universitetlarning bakalavr, magistratura, doktorantura darajalariga barcha yunalishlar bo’yicha kirish SINOVLI VA SINOVSIZ, GRANTLI VA KONTRAKTLI shaklda qabul qilinadi.

2 kun mobaynida Turkiyaning 10 ta universitetlari vakillari, rektorlari bilan uchrashib, turkiya universitetlaridagi oliy talim olish buyicha to‘liq ma'lumotlar olishingiz va hujjat topshirishingiz mumkin.

KUNI: 16 - 17/06/2022
VAQTI: 09:00 – 16:00
MANZIL: Toshkent shahri, RADISSON BLUE mehmonxonasi, katta zali.

BIZ BILAN TURKIYA UNIVERSITETLARIGA KIRISH va O‘QISH uchun 2 kunlik imkoningizni boy bermay foydalanib qoling.

Bu haqida "XALQARO TA'LIM" Markazi kanaliga kirib ma’lumot oling.

KANALGA KIRISH

+99890 911 56 59 / +99890 911 50 59
5.5K views15:24
Ochish/sharhlash
2022-06-14 12:29:01 ​​​​Xorijdan oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlaridan O‘zbekiston OTMlariga o‘qishni ko‘chirish O‘zbekiston ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar:

• ariza;
• reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
• pasport nusxasi.

Imtihonlar test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida topshiradi.

Maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro Davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shaklidagi guruhlarga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
8.8K views09:29
Ochish/sharhlash
2022-06-12 10:36:35 #perevod #magistratura

Oʻqishni koʻchirish hamda magistratura qabuliga oid ovozli chatning toʻliq audiosi.

Ushbu audiofaylda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov bilan boʻlgan suhbatimizni tinglashingiz mumkin.

xushnudbek

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
7.9K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-06-09 13:29:35
#Хизмат_сафари

Қўқон давлат педагогика институтида IT-парк очилди

Олий ва ўрта махсус таълим вазири ўринбосари С.Бузрукхонов айни кунларда хизмат сафари билан Фарғона вилоятида бўлиб турибди.

Дастлаб, Қўқон давлат педагогика институти қошида ташкил этилган нон ва нон маҳсулотлари тайёрлаш, кулолчилик, мебель ишлаб чиқариш ва тикув цехлари кўздан кечирилди. Вазир ўринбосари IT-парк очилиш маросимида иштирок этди.

Батафсил ушбу ҳавола орқали танишинг.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
9.8K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-06-07 13:00:19
Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
9.3K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-06-07 11:36:02
ТМC Халқаро Институтидан ажойиб янгилик!

Тошкентдаги Сингапур ва Буюк Британия ҳамкорлигидаги ТМC Халқаро Институти 2022-2023 қабул дастури доирасида яна 10 та талабага 100% Грант еълон қилмоқда!

Грант танловида қатнашиш учун, IELTS сертификати бўлмаган талабалар инглиз тилини билиш бўйича ички кириш имтиҳондан ўтишлари зарур. Ички имтиҳон, 13 Июн куни онлайн ва офлайн шаклида бўлиб ўтади.

Ички кириш имтиҳонида қатнашиш учун қуйидаги ҳаволадан рўйхатдан ўтинг: https://tmci.uz/entrance-exam-sign-up-form/

IELTS 7.0 ва ундан юқори балл соҳиби бўлсангиз, ички имтихон топширишингиз шарт эмас. Шунчаки онлайн рўйхатдан ўтишингиз лозим: https://tmci.uz/apply-form/


Маълумот учун: +998712070032
Телеграм: @tmciuz
Телеграмда алока: @tmci_bot
10.7K views08:36
Ochish/sharhlash
2022-06-07 08:24:00
Guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlar saralandi

Davlat test markazi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini sifatli va adolatli tashkil etish, shaffof va xolis o‘tkazish maqsadida jarayonga guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlarni saralashning so‘nggi – suhbat bosqichi o‘tkazildi.

Ma’lumki, bunga qadar nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari hamda test sinovi bosqichlari bo‘lib o‘tgan edi.

Joriy yilning 1-3-iyun kunlari o‘tkazilgan suhbat jarayoniga oldingi bosqichlarda yaxshi natijalarga erishgan 4 ming nafardan ziyod nomzod jalb etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uch kun davom etgan jarayon davomida jami 3 284 nafar nomzod saralab olindi hamda ular bilan shartnoma tuzish ishlari boshlab yuborildi.


https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.0K views05:24
Ochish/sharhlash
2022-06-07 08:01:03
QABUL DAVOM ETMOQDA
Sizda talaba bo'lish istagi hali ham bormi?? Balki bu oxirgi imkoniyat bo'lishi mumkin..

"WORLDSTUDYUZ" kompaniyasi
Chet el Universitetlarida o'zingiz qiziqqan yo'nalishlarda suhbat asosida talaba bo'lishingizni kafolatlaydi.


ROSSIYA QOZOG'ISTON
QIRG'IZISTON TOJIKISTON

O'ZBEKISTON KOREA
TURKIYA

Diplom O'zbekistonda tan olinadi
Barcha yo'nalishlar mavjud
O'qishni ko'chirish (перевод) imkoniyati (100%)

ISHONCHLI, QONUNIY VA SIFATLI xizmatlar

Qabulning aniq sanalari, muddati, talablari va o'qish narxlari haqida mutaxasislarimizdan BEPUL maslahat olish uchun:

Bizga murojaat qiling,
"WORLDSTUDYUZ" bosh ofisi:
+998913252741

Online Murojaat

Online Murojaat

TELEFONLAR | +998913252741

ONLINE RO'YXATDAN O'TING
11.1K views05:01
Ochish/sharhlash