Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali
Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin
Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz
Reklama: @Rek_Info
Murojaat uchun: @dtminfo24_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-06-05 18:56:17 Akademik litseylarda o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 28-29-aprel (yozma) va 17-25-may (gapirish) kunlari o'tkazilgan akademik litseylar bitiruvchi bosqich o‘quvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari maxsus platforma orqali akademik litseylarga taqdim etilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar test natijalarini o‘zlari tahsil olayotgan akademik litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilarning sertifikatlari elektron shaklda maxsus platformaga joylashtirilgan bo‘lib, akademik litsey ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarga yetkaziladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tili fanidan (fanlar majmuasida chet tili mavjud bo‘lsa) imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
4.7K viewsedited  15:56
Ochish/sharhlash
2022-06-02 09:07:28
#ХУШХАБАР

10 та ОТМ Asia University Rankings – 2022 халқаро рейтингида “reporter” мақомига эга бўлди

Буюк Британиянинг нуфузли рейтинг ташкилоти – Times Higher Education Asia University Rankings – 2022 (Осиё университетлар рейтинги – 2022) рейтинг натижаларини эълон қилди.

Ушбу рейтинг дунё бўйича ҳар йили Осиё давлатларидаги университетларни тадқиқот, таълим сифати, халқаро хилма-хиллик, иқтибослик ва саноат даромади (билимлар алмашиш) бўйича баҳолайди.

Рўйхатдан ўрин эгаллаган 10 та олий таълим муассасаси THE нинг нуфузли рейтингларига кириш учун номзод сифатида тан олиниб, мазкур йўналишда рейтинг агентлиги уларга яқиндан ёрдам беради.

Маълумот ўрнида, жорий йил ушбу рейтингда 829 та университет қайд этилиб, улар орасида 625 та ўрин ва 200 дан ортиқ университетлар “reporter”, яъни даъвогар университетлар номинациясига эга бўлишди.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
8.7K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-06-01 14:07:03
Tezkor Diqqat

Yolg‘on ma’lumotlarga ishonmang

Batafsil:
https://dtm.uz/post/view/yolg-on-ma-lumotlarga-ishonmang



https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
9.0K viewsedited  11:07
Ochish/sharhlash
2022-05-31 08:08:35
Maktab bolasi biladigan savolni OTMning bo'lajak talabasi bilarkanmi?

2×2+2-2:2=?
13.1K viewsedited  05:08
Ochish/sharhlash
2022-05-31 07:21:32 Kontraktni to’liq to’lamaganlarni yakuniy yoki oraliqlarga kiritmaslikka OTM mas’ullarining haqqi bormi?

Yo’q bunga haqqi yo’q, yakuniy va oraliqlarga talabani kiritmaslik uchun kontraktni to’lamaslik asos bo’la olmaydi. Agar talaba umuman kontrakt to’lamagan bo’lsa uni talabalar safidan chetlatishi mumkin xolos.

Talabani oraliqqa yoki yakuniyga kiritmaslik, ataylab fandan yiqitish, darsga kiritmay nb qo’yib qo’yish, va boshqa g’ayriqonuniy harakatlar amalga oshirish umuman mumkin emas.

Ayrim OTMlarda talabalarni shunday vajlar bilan huquqlarini poymol qilishmoqda ekan, nazoratga olinsa yaxshi bo’lar edi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
13.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-05-29 12:53:42
#Диққат #Тезкор #Расман

Эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизларга олий таълим муассасалари киришда давлат гранти асосидаги қабул доирасидаги танловда иштирок этиш учун тавсиянома берилади.

Тавсиянома қуйидаги мезонлар асосида берилади:

кам таъминланган оилалардаги хотин-қизлар;

тўлиқсиз оилада тарбияланаётган, яъни отаси ёки онаси ёхуд уларнинг иккаласи ҳам вафот этган ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар;

турмуш ўртоғи вафот этган, вояга етмаган фарзандини ёлғиз тарбиялаётган ижтимоий ҳимояга муҳтож аёллар;

ногирон фарзанди бор эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар;

2 ва ундан ортиқ фарзандини тарбиялаётган, қариндошларидан алоҳида яшаётган ёлғиз аёлларнинг қиз фарзандлари;

ота-оналаридан бири ёки ҳар иккиси ҳам I ёки II гуруҳ ногирони бўлган эҳтиёжманд оилалардаги хотин-қизлар.

Тавсиянома олиш учун туман (шаҳар) маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлимларига электрон шаклда мурожаат қилинади.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
10.7K views09:53
Ochish/sharhlash
2022-05-29 10:25:30 Maksimal ball berish uchun asos bo‘luvchi sertifikatlar:

ingliz tili – milliy sertifikat, IELTS (IELTS 5,5), TOEFL (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill;
yapon tili – milliy sertifikat, JLPT № 2;
˗ nemis tili – milliy sertifikat, Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF;
fransuz tili – milliy sertifikat, DELF, TCF4;
boshqa tillar – milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari.

Qo‘shimcha: Toshkent davlat yuridik universiteti uchun IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarda writing moduli 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.

ESLATMA: O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida ushbu sertifikatlarning birortasi amal qilmaydi

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.4K views07:25
Ochish/sharhlash
2022-05-27 13:55:33
Bugun O’zMUda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov hamda talabalar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Batafsil videoda ko’rishingiz mumkin, Vazirimiz ijtimoiy tarmoqlarda faolligi barchamizga ma’lum, talabalar bilan oshxonada ovqatlangan suratiga ko’pchilik negativ fikr bildirib ko’zbo’yamachilik degan edi.

Aslida Abduqodir Toshqulov qaysi OTMga bormasin albatta talabalar bilan birga bitta oshxonada ovqatlanadi, bunga xizmat safarlarida ko’p guvoh bo’lganman. Bugungi uchrashuvda bunga ham izoh berib o’tibdi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
8.0K views10:55
Ochish/sharhlash
2022-05-26 18:08:55 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy) imtihon formati (barcha tillar uchun) va test namunalari (ingliz tilidan) joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

https://dtm.uz/page/format_kasbiy
https://dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
14.7K views15:08
Ochish/sharhlash
2022-05-26 02:15:22
#Тезкор #Расман
#Халқаро_ҳамкорлик

12 та олийгоҳда таълим қозоқ, туркман, қирғиз, тожик тилларида ҳам олиб борилади

EХҲТнинг сиёсий масалалар бўйича маслаҳатчиси билан Ўзбекистонда истиқомат қилаётган миллий озчиликлар вакилларининг таълим-тарбияси бўйича ҳуқуқларини таъминлаш ҳамда улар тилларини ўрганишда бағрикенглик туйғусини ривожлантириш бўйича ҳамкорлик масалалари муҳокама қилинди.

Батафсил ушбу ҳавола орқали танишишингиз мумкин

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
7.3K views23:15
Ochish/sharhlash