Get Mystery Box with random crypto!

Guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlar saraland | Davlat test markazi

Guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlar saralandi

Davlat test markazi tomonidan 2022-2023-o‘quv yili uchun ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini sifatli va adolatli tashkil etish, shaffof va xolis o‘tkazish maqsadida jarayonga guruh nazoratchisi sifatida jalb etiladigan nomzodlarni saralashning so‘nggi – suhbat bosqichi o‘tkazildi.

Ma’lumki, bunga qadar nomzodlar uchun o‘quv-seminar mashg‘ulotlari hamda test sinovi bosqichlari bo‘lib o‘tgan edi.

Joriy yilning 1-3-iyun kunlari o‘tkazilgan suhbat jarayoniga oldingi bosqichlarda yaxshi natijalarga erishgan 4 ming nafardan ziyod nomzod jalb etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida uch kun davom etgan jarayon davomida jami 3 284 nafar nomzod saralab olindi hamda ular bilan shartnoma tuzish ishlari boshlab yuborildi.


https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari