Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali
Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin
Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz
Reklama: @Rek_Info
Murojaat uchun: @dtminfo24_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-05-17 10:50:05 Айни пайтда Навоий шаҳрида Финляндиянинг Хельсинки университети HY+ тренинг маркази вакиллари иштирокида “Таълимдаги ўқитиш методикалари бўйича Финляндия тажрибаси” мавзусида семинар тренингнинг 2-куни давом этмоқда.

15–19 май кунлари ўтказилиш режалаштирилаётган мазкур тадбир дастури билан қуйида танишишингиз мумкин.

Семинар-тренинга Zoom дастури орқали уланиш: https://us06web.zoom.us/j/2363782596?pwd=bFFaNkEvM2Z4QU5Pay9oUXZyQzVnQT09

Семинар-тренингни Youtube тармоғи орқали тўғридан-тўғри эфирда кузатиб бориш:




https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.3K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-05-16 11:27:44 Айни пайтда Навоий шаҳрида Финляндиянинг Хельсинки университети HY+ тренинг маркази вакиллари иштирокида “Таълимдаги ўқитиш методикалари бўйича Финляндия тажрибаси” мавзусида семинар тренингнинг 2-куни давом этмоқда.

15–19 май кунлари ўтказилиш режалаштирилаётган мазкур тадбир дастури билан қуйида танишишингиз мумкин.

Семинар-тренинга Zoom дастури орқали уланиш: https://us06web.zoom.us/j/2363782596?pwd=bFFaNkEvM2Z4QU5Pay9oUXZyQzVnQT09

Семинар-тренингни Youtube тармоғи орқали тўғридан-тўғри эфирда кузатиб бориш:




https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.2K views08:27
Ochish/sharhlash
2022-05-16 05:53:38
Soxta OTMlarga aldanib qolmang!

Ayrim tashkilotlar yaqinda litsenziya olamiz, deb talaba yig‘moqda.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.5K views02:53
Ochish/sharhlash
2022-05-14 07:47:02 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun beriladigan imtiyozlar

Davlat test markaziga fuqarolardan eng ko‘p kelib tushadigan murojaatlardan biri imtiyozlar bilan bog‘liq.

Shu sababli oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishdagi imtiyozlar va ularning qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotnoma tayyorlandi.

Unda imtiyozlar shartli toifalarga ajratilgan hamda imtiyozlarning qo‘llanishi, huquqiy asoslari va mas’ul vakolatli davlat organlari keltirilgan.

Abituriyentlarga imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida beriladi.

Qayd etish kerakki, Davlat test markazi kimgadir imtiyoz berish vakolatiga ega emas. DTM ijrochi tashkilot bo‘lib, qonunchilik hujjatlari asosida imtiyozlarning qo‘llanishini ta’minlaydi.

Qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda imtiyozlarning qo‘llanishi o‘zgarishi mumkin.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
7.2K views04:47
Ochish/sharhlash
2022-05-13 08:53:49 Oltin va kumush medallar OTMlarga kirish uchun imtiyoz beriladimi?

Maktablarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlanishi oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz taqdim etmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o‘quvchilarga imtiyozlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Mazkur nizomga muvofiq, oltin va kumush medallar a’lo baholarga o‘qigan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatgan bitiruvchilarga beriladi.

Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarni ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarning oldini olish va iqtidorli o‘quvchilar bilimini rag‘batlantirishdan iborat.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-fevraldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan nizom.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
389 views05:53
Ochish/sharhlash
2022-05-11 11:40:38Vazirlik abituriyentlardan uzr so'radi!

“Fanlar majmuasidagi o‘zgarishlar mutaxassislik OTMlar tomonidan asoslab berilgani uchun kiritiladi. Masalan, filologiyada ham chet tili tarixdan ko‘ra muhimligi asoslab berilgan. Men bu yo‘nalishda mutaxassis emasman, lekin soha mutaxassislari xorijiy til muhimligi taklifi bilan chiqishgan.

To‘g‘ri, bu yerda biroz kechikish bor: bu yashiradigan holat emas. Lekin bu yo‘nalishga hujjat topshiruvchi barcha abituriyentlar uchun sharoit bir xil. Qaysidir hududda eskicha, qaysidir OTMda yangicha emas.
Bu bo‘yicha bir nechta OTM fikrlar beradi va ular muhokama qilinadi.

Xohlaymizmi-yo‘qmi, o‘zgartirish kiritish vaqt talab qiladi. To‘g‘ri, abituriyentlarga ozgina noqulaylik tug‘diryapti, ulardan uzr so‘raymiz. Abituriyentlarga qolgan vaqtini to‘la sarflab imtihonga tayyorgarlik ko‘rishlarini taklif etamiz”, 

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
6.6K views08:40
Ochish/sharhlash
2022-05-09 11:20:27 Абитуриентлар ва уларнинг ота-оналари диққатига!

Жорий йилда мактабни тамомлаб, олий таълим муассасаларига ҳужжат топширишни режалаштирган 16 ёшга тўлган мактаб битирувчилари ўз вақтида фуқаролик паспорти, яъни ID карта олишлари шарт.

ХТВ маълумотига кўра, айни пайтда 16 ёшга тўлган 122 мингдан ортиқ битирувчилар ID карта олмаган.

ОТМларга абитуриентларнинг ҳужжатлари Давлат тест марказининг dtm.uz сайти орқали онлайн қабул қилинади. Онлайн ҳужжат топширишда абитуриентлар ёки биометрик паспорт, ёки ID карта маълумотларини киритиш талаб этилади.

Шу боис, 16 ёшга тўлган (ўқув йили охирига қадар тўладиган) битирувчилар ўз вақтида, яна ҳам аниқроғи ОТМга қабул жараёнлари бошлангунга қадар ID карта олиш ҳаракатида (ҳозир биометрик паспорт бермаяпти, фақат ID карта берилади) бўлишларини тавсия этамиз.

Эртага ҳужжат топшириш бошланганда навбатлар кўпайиб кетиб, қийналиб қолманг, деяпман.


@xushnudbek
6.2K views08:20
Ochish/sharhlash
2022-05-07 13:59:07 Milliy sertifikat bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-14-15-may kunlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursi Davlat test markazi va Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazining malakali mutaxassislari tomonidan o‘zbek tilida olib boriladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 12-may kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kurslarda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
5.6K views10:59
Ochish/sharhlash
2022-05-07 13:58:45 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

May
oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Bunda talabgorlarni ro‘yxatga olish 27-mayga qadar Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Har ikki imtihon ham 28-may kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Test sinovi uchun to‘lov:

TOEFL ITP - bazaviy hisoblash miqdorining 3,5 baravari (945 000 so‘m);
TOEIC - bazaviy hisoblash miqdorining 5,5 baravari (1 485 000 so‘m) ni tashkil qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi sertifikatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Ilmiy markazning telegram kanali:
https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
5.5K views10:58
Ochish/sharhlash
2022-05-06 18:53:22
HURMATLI TALABALAR: Ijtimoiy tarmoqlarda soxta maklerlar paydo bo'libdi, ehtiyot bo'ling!

Bizga skrinshotlar kelib tushdi, unda talabalar va maklerlar bilan bo'lgan suhbat va pul o'tkazilganligi haqida ma'lumotlar bor. Talaba internetdan ijaraga uy topgan va vositachi makler bilan uyni ijaraga band qilish uchun kelishib, hisobiga pul o'tkazgan. Vositachi soxta makler bo'lib chiqqan va puliga kuygan.

Hech qaysi odamga avval ko'rishmasdan va tanimasdan turib pul o'tkazmang. Ijaraga turmoqchi bo'lgan xonadoningizni ko'rib, pulni egasini qo'liga bering. Aldanib qolmang. Boshqa talabalarni ham ogohlantirib qo'ying.

P/S: Shu kabi holatlarga uchrasangiz hududiy ichki ishlar bo'limiga murojaat qiling.
6.6K views15:53
Ochish/sharhlash