Get Mystery Box with random crypto!

DORILAR DORIXONA APTEKA

Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA D
Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA
Kanal manzili: @dorixona_dorilar_apteka
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 117

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-10-06 07:58:53
Dorilarni dozasini hisoblash bo'yicha juda kerakli rasmli ma'lumot. Endilikda siz bu ma'lumotdan ampulada va flakonda chiqadigan dorilarni milligram ( mg ) , foizini ( %) va millisini ( ml ) hisoblashni osongina topasiz .


Tibbiyot xodimlari va farmatsevtlarga kerak bo'ladi bu ma'lumotlar


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
343 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:52:30 ​​ #RINOKSIL FORMULA

Dori shakli: nazal sprey

Tarkibi:

• faol modda: oksimetazolin gidroxloridi
• yordamchi moddalar: levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv

Farmakoterapevtik guruhi:
 Dekonjestan - α-adrenergik agonist

Qoʻllanilishi:

rinit, o'tkir allergik rinit
– pichan isitmasi
– sinusit, yevstaxiitda, otit
– nazofarengeal shilliq qavatning
shishishini kamaytirish uchun
– bemorni burun yo'llarida diagnostika
jarayonlariga tayyorlash



Qoʻllash usuli va dozalari:

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda - har bir burun yoʻliga bir martadan sepiladi.
Sepishni toʻgʻri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yònaltirilgan holda ushlash kerak. Soʻngra shaffof himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yoʻliga kiritish, tez bir marta sepgichni bosish va sepgichni boʻshatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.
Sepish vaqtida boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi. Davolanishning maksimal mumkin boʻlgan davomiyligi - 5 kun.


Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

– preparatga yuqori sezuvchanlik
– atrofik rinit, gipertireoz
– burun yoʻllarining sekret ajratib
chiqarishisiz boʻlgan yalligʻlanishi
– 6 yoshgacha boʻlgan bolalar
– homiladorlik va laktatsiya
davrida

Nojoʻya taʼsirlari:

Burun yoʻllarining shilliq qavatining taʼsirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya
Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qoʻzgʻalish, taxikardiya, koʻngil aynishi, arterial bosimni oshishi, burun va tomoqning qurishi, aksirish, burun qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
22 views04:52
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:52:30 ​​ #BEPANTEN KREM

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:
ta'sir etuvchi modda: dekspantenol

Farmakoterapevtik guruhi:
(Regenerantlar va reparantlar)
Jarohat va yaralarni davolash uchun vositalar. Jarohatni bitiruvchi vositalar.

Qo‘llanilishi:

Teri shikastlanishlarida:
– giperemiya, yengil kuyishlar (quyoshdan va boshqa xil)
– qizargan teriga profilaktik ishlov berish
– yoriqlar, tirnalishlar
– radio-fototerapiya yoki UB-nurlanish natijasidagi terini ta‘sirlanishlarida terini bitishi va epitelizasiyasini tezlashtirish
– laktasiya davrida sut bezlari parvarishida

Qo‘llash usuli va dozalari:

– Kremni yupqa qilib, kuniga 1-2 marta terining shikastlangan sohalariga surtiladi
– Emizikli ayollarda ko'krakni parvarish qilish: krem ​​har bir oziqlantirishdan keyin ko'krak uchlariga surtiladi
– Emizikli bolalarda har safar taglik (pampers) almashtirilganda krem ​​surtiladi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas!

Nojo‘ya ta‘sirlari:

Juda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin.


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
16 views04:52
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:47:29 ​​ #Sondoks

Dori shakli: tabletka

Tarkibi: faol modda doksilamin suksinat 15 mg va yordamchi moddalar

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli
qo‘llash uchun antigistamin vosita

Farmakoterapevtik guruhi:
uxlatuvchi va sedativ vosita

Farmakologik xususiyatlari:

H¹ gistamin retseptorlari blokatorlari guruhiga mansub bo'lgan etanolaminlar sinfining uxlatuvchi preparati bo'lib, sedativ va M-xolinoblokator ta'sirga ega.Allergiyaga qarshi ta'sir kòrsatadi. MNTga kiradi va yaqqol sedativ ta'sir ko'rsatadi. U shuning uchun uxlatuvchi dori sifatida ishlatiladi.

Qòllanilishi: Uyqusizlikda

Qòllash usuli va dozalari:

Kattalar va 15 yoshdan oshgan
bolalarga 1/2–1 tabletkadan
sutkada uyuqdan 15-20 min oldin.
Bemorning shaxsiy reaksiyasiga
qarab dozani 2 tabletkagacha
oshirish mumkin.
Davolash davomiyligi 2 sutkadan
5 sutkagacha. Agar uyqusizlik
5 kundan ortiq saqlansa shifokordan
maslahat olish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatla:

Bemor anamnezida yoki oilaviy
anamnezida yopiq burchakli
glaukoma,uretra va prostata bezi
tomonidan siydik tutilishi bilan
bog'liq buzilishi, preparat
komponentlariga shaxsiy
sezuvchanlikda qòllash
mumkin emas.

Qòllanilishiga cheklovlar:
òpka kasalliklari

Nojòya ta'sirlari:

ertalab uyquchanlik bòlishi
qabziyat, oģiz qurishi, siydiknì
tutaolmaslik
akkomodatsiyani buzilishi
yurakni kuchli urishi
allergik reaksiyalar: teri toshmalari
qichishish

Sondoks analoglari:

Sonmil
Sonniks
Bioson
Donormil

Barchasida ta'sir etuvchi modda:
DOKSILAMIN


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
13 viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:43:51 ​​ #KOLIKVEL

Dori shakli: oğiz tomchilari

Tarkibi:
• faol modda: semitikon, ukrop moyi,
fenxel moyi

Qòllanilishi:

– chaqaloqlar va bolalardagi
meteorizmda
– qorinning dam bo'lishi
– me’dada ovqat hazm bo'lm asligida
– tutib-tutib oģrishlar va sanchiqlarni
yengillashtirish uchun qo'llanadi

Qòllash usuli va dozalari:

6 oylikkacha bo'lgan bolalarga 4 -10 tomchidan kuniga 4 marta, emizishdan 15 minut oldin
6 oylikdan 12 oylikkacha bo'Igan bolalarga 10-20 tomchidan kuniga 4 marta, emizishdan 15 minut
oldin
1 yoshdan oshgan bolalarga 20—25 tomchidan kuniga 4 marta, emizishdan 15 minut oldin

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
Ichakning o'tkazmasligi
Me’da-ichak yo'llarining obstruktiv
kasalliklari

Nojòya ta'sirlari:

teri toshmasi, sedativ ta'sir bo'lish
mumkin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
13 views04:43
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:42:36 ​​ 5 - #NOK

Dori shakli: tabletka

Tarkibi: faol modda: nitroksolin

Farmakoterapevtik guruhi:
Mikroblarga qarshi vosita, oksixinolin‌‌

Qòllanilishi:

Mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan asosan genitouriya tizimining yuqumli va yallig'lanish kasalliklari (shu jumladan pyelonefrit, sistit, uretrit, epididimit, infektsiyalangan adenoma yoki prostata karsinomasi). Operatsiyadan keyingi davrda diagnostik va terapevtik muolajalar (kateterizatsiya, sistoskopiya) paytida buyraklar va genitouriya tizimiga jarrohlik aralashuvlar paytida yuqumli asoratlarning oldini olish.‌‌

Qòllash usuli va dozalari:

Kattalar uchun doza kuniga 600-800 mg ni tashkil qiladi. Qabul qilishning ko'pligi - 6-8 soatlik interval bilan kuniga 3-4 marta. Davolash kursi 10-14 kun.
Maksimal sutkalik doza 1-1,2 g ni tashkil qiladi.
Bolalar uchun doz 3-4 dozada kuniga 10-30 mg/kg ni tashkil qiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

preparatga yuqori sezuvchanlik
buyrak yetishmovchiligi
og'ir jigar kasalligi
glyukoza-6-fosfat degidrogenaza
yetishmovchiligi
katarakta, nevrit
homiladorlik va laktatsiya


Nojòya ta'sirlari:

ko'ngil aynishi, qusish, ishtahani
yo'qotish
jigar faoliyatining buzilishi
teri toshmasi, qichishish
bosh og'rig'i, paresteziya
polinevopatiya
taxikardiya

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
13 views04:42
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:40:18 ​​ #KOKARBOKSILAZA

Dori shakli: in‘eksion eritma tayyorlash uchun liofilizat

Tarkibi:
• faol modda: 50 mg kokarboksilaza gidroxloridi
• yordamchi modda: natriy karbonati.


Farmakoterapevtik guruhi:
metabolik jarayonlarni to‘g‘rilovchi vosita

Qòllanilishi:

Kelib chiqishi diabetik bo‘lgan asidoz; jigar va diabetik koma, prekomatoz holatlar; jigar va buyrak yetishmovchiligi; o‘pka-yurak yetishmovchiligidagi nafas asidozi, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligi, ekstrosistoliya, paroksizmal taxikardiya, xilpillovchi aritmiya va ritmning boshqa buzilishlari bilan kechuvchi yurak kasalliklari, tarqoq sklerozning yengil shakllari, preeklampsik holatlar va eklampsiya, periferik nevritlar, uglevodlar almashinuvini yaxshilashni talab qiluvchi turli patologik jarayonlar

Qòllash usuli va dozalari:

Mushak ichiga, kam hollarda – teri ostiga yoki vena ichiga yuboriladi. Yuborishdan oldin ampulaning ichidagisi 2 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi. Vena ichiga oqim bilan yuborish uchun hajmni 10-20 ml yetkazish, tomchilab yuborganda esa, 0,9% li natriy xloridi eritmasi yoki 5% li glyukoza eritmasini qo‘shib, 200-400 ml ga yetkazish kerak. Yuborish uchun doza kasallikning xarakteri va pasient holatining og‘irligini hisobga olib, shaxsiy ravishda belgilanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– Kokarboksilazaga yuqori sezuvchanlik
 
Nojo‘ya ta‘sirlari:

Immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Simptomlari qichishishdan, teri toshmasidan, eshakemidan to anafilaktik shokkacha bo‘lishi mumkin; vena ichiga yuborilganda – in‘eksiya joyida giperemiya, qichishish, shish bo‘lishi mumkin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
12 views04:40
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:39:54 ​​ #BONDJIGAR

Dori shakli: kapsula

Tarkibi:

• Oq verbizina
• Pikroriza kurroa
• Oddiy sachratqi
• Dala turupi
• Serqiltiq zirk
• Tojli tamariks
• Sershox Berxaviya 
• Doģli Rastoropsha
• Hind chuchukmiya
• Yalangʻoch chuchukmiya

Farmakoterapevtik guruhi:
gepatoprotektor

Qòllanilishi:

– Jigarning oʻtkir va surunkali buzilishlari
– Oʻtkir va surinkali gepatit
– Infeksion gepatit
– Yogʻli degeneratsiyasi, jigarning yogʻli infiltratsiyasi
– Gepatotsellyulyar sariqlik va yashirin jigar kasalliklari
– Boʻshashgan jigar
– Gepatotoksik medikametlar, sanoat kiyoviy moddalari va infeksiyalar chaqirgan jigar faoliyatining buzilishlari
– Surunkali toshsiz xoletsistitda qoʻllanadi

Qòllash usuli va dozalari:

• 1-2 kapsuladan kuniga ikki marta ovqatdan keyin buyuriladi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

– Allergik kasalliklarda
– Preparatning komponentlarini shaxsiy oʻzlashtiraolmaslik.
– Homiladorlikning birinchi uch oyligida


Nojòya ta'sirlari:

– aniqlanmagan

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
12 views04:39
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:39:31 ​​ #YURAK GLIKOZIDLARI

Digoksin

– Chiqarilish shakli: 0,1 mg tabletka va 1 ml 0,025 % li eritma

Selanid

– Chiqarilish shakli: 0,25 mg tabletka va 1 ml 0,02 % li eritma

Korglikon

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,06 % li eritma

Strofantin

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,05 % li eritma

Adonis òti damlamasi

Glikozidlarini kardial ta'sirlari:

Musbat inotrop

Manfiy dromotrop

Manfiy xronotrop

Miqdori oshirilganda musbat batmatrop

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
11 views04:39
Ochish/sharhlash
2022-10-06 07:39:02 ​​#Epilepsiya - surunkali endogen-organik kasallik bo'lib, davriy ravishda  qaytarilib turuvchi mushaklarning tortishuvi va tortishuvisiz boradigan paroksizmlardan, o'ziga xos shaxs o'zgarishi va chuqur  darajadagi aqliy  zaiflikka olib keluvchi kasallik.Tutqanoq xurujlarining bemorni hushiga kelmay turib qayta takrorlanishiga epileptik status deyiladi.

Epileptik statusda  tez tibbiy yordam.

Tutqanoqqa qarshi dori vositalarni inyeksion formalaridan  vena ichiga yuboriladi.0,5% - 2-4 ml sibazon yoki seduksen, 20%-10-20 ml oksibutirat natriy, 10%-5 ml konvuleks vena ichiga yuboriladi. Qon bosimi me'yorida bo'lsa 2-4 ml gacha 2,5% aminazin yuborish mumkin.
Yurak faoliyatini quvvvatlovchi davo chorasi o'tkaziladi. Strofantin, korglyukon 0,5-1ml v/i  izotonik eritmada yuboriladi.
O'pka faoliyatini yaxshilash uchun lobelin, sititon 1 ml m/i.
Miya shishiga qarshi siydik haydovchi vositalardan laziks, furasemid. Gipertermiyaga qarshi vositalardan 50% -2 ml analgin.
Qonni reologik xususiyatini yaxshilovchi preparatlar, atsidozni oldini olish 4%-250ml natriy gidrokarbonat.
Orqa miya punksiyasi 20-25 ml likvorni chiqarib tashlash.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
10 views04:39
Ochish/sharhlash