Get Mystery Box with random crypto!

DORILAR DORIXONA APTEKA

Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA D
Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA
Kanal manzili: @dorixona_dorilar_apteka
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 117

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-10-28 13:05:07 ​​ #DIBAZOL

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi: taʼsir etuvchi moda: bendazol

Farmakoterapevtik guruhi: Periferik vazodilyatator

Qòllanilishi:

gipertonik krizlarni bartaraf qilish (majmuaviy davolash tarkibida)
– oyoqlar arteriyalarining aterosklerozini, bosh miya va oyoq-qoʻllarning tomirlarini spazmini (majmuaviy davolash tarkibida);l
– yara kasalligida, xoletsistitda, spastik kolitda, piloraspazmda ichki aʼzolarning silliq mushaklarining spazmlarini oldini olish va bartaraf qilish
– oʻt-safro va buyrak sanchigʻini bartaraf qilish
– polimiyelitning qoldiq koʻrinishlari, yuz nervining periferik falaji.


Qòllash usuli va dozalari:

Gipertonik krizni va sanchiqlarni bartaraf qilish uchun 30-40 mg (6-8 ml 5 mg/ml eritma) mushak ichiga yoki vena ichiga asta-sekin yuboriladi.

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

dibazolga yuqori sezuvchanlik
– anamnezdagi tirishish sindromi yoki tutqanoq xurujlari


Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar
– Yuqori dozalarda qoʻllanganida – qizish hissi, koʻp terlash, bosh aylanishi, koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi.


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
54 viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash
2022-10-28 13:04:17 ​​ #DIMEDROL

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi: faol modda: dimedrol (difenilgidramin)

Farmakoterapevtik guruhi:
Allergiyaga qarshi vosita

Qòllanilishi:

Eshakem, toshmali isitma, zardob kasalligi, gemorragik vaskulit (kapillyarotoksikoz), vazomotor rinit, angionevrotik shish, qichima dermatozlar, oʻtkir iridotsiklit, allergik konʼyunktivit va turli dori vositalarni qabul qilish oqibatidagi boshqa allergik asoratlar, nurlanish kasalligini, bronxial astma kompleks davolash, qon va qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklarni quyishdagi allergik reaksiyalar, xoreya, dengiz va havo kasalliklari, homiladorlarni qayt qilishi, Menyer sindromini davolashda, hamda tinchlantiruvchi va uyquni chaqiruvchi vosita sifatida – mustaqil va boshqa uyquni chaqiruvchi vositalar bilan birgalikda qoʻllanadi.


Qòllash usuli va dozalari:

Ichga qabul qilinadi. Kattalarga bir kunda 0,03-0,05 g-dan 1-3 marta buyuriladi. Davolanish kursi 10-15 kun.

• 1 yoshga toʻlmagan bolalarga 0,002-0,005 g-dan
• 2-5 yoshga – 0,005-0,015 g-dan
• 5-12 yoshga – 0,015-0,03 g dan bir marta qabul uchun buyuriladi.


Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Oʻta yuqori sezuvchanlik
• Yopiqburchakli glaukoma
• Prostata bezining giperplaziyasi
• Stenozlovchi meʼda va oʻnikki barmoq ichakning yara kasalligi
• Sovuq boʻyninig stenozi
• Bronxial astma
• Tutqanoq
• 7 oylikkacha boʻlgan bolalik yoshi.


Nojo‘ya ta‘sirlari:

Allergik reaksiyalar
• Nerv tizimi tomonidan
• Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan
• Nafas tizimi tomonidan
• Qon yaratish aʼzolari tomonidan
• Yurak-tomir tizimi tomonidan
• Siydik chiqarish tizimi tomonidan kabilarda òzgarishlar kuzatilishi mumkin


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
49 viewsedited  10:04
Ochish/sharhlash
2022-10-23 20:45:58
#Хотирани ва диққатни кучайтириш учун самарали ретцептлар

Гинко билоба капсула
1 капсуладан 2 махал. Курс давомийлиги 1-2 ой.

Интеллан капсула
1 капсуладан 2 махал овқатдан кейин. Курс давомийлиги 1 ой.

Халқ табобати: хар куни нахорда оч қоринга қора майиз билан ёнғоқ истеъмол қилиш

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
505 views17:45
Ochish/sharhlash
2022-10-22 13:57:45 #Yoʻtal ga siroplar ketma-ketligi

Prospan
Gerbion
Lazolvan
Bromgeksin
ASS(АЦЦ)
Tussifen
Prokoff
Sinekod
Askoril
Pektolvan stop
Stoptussin
Doctor Mom
Linkas
Bronxolitin
Flyuditek
Bronxipret

Eslatma. Yuqoridagi preparatlar yo‘talning turi va bemorning holatiga qarab buyuriladi. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
650 views10:57
Ochish/sharhlash
2022-10-19 11:37:51 #Boʻy o‘stiruvchi dorilar qaysilar?

Odam bo‘yi asosan naysimon suyaklardagi o‘sish zonasi hisobiga o‘sadi.

Bo‘y o‘sishini yagona - gipofizda ishlab chiqariladigan somatotrop gormoni ta’minlaydi.

Ba’zan internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda bo‘y o‘stiradi deb, BAD(Biologik aktiv qo‘shimcha)larni yoki Vitamanlarni qo‘yib qo‘yishadi. Yana tagiga yozib qo‘yishadi, 25 yoshdan keyin 10-15 sm ga o‘stiradi deb.

Bu yolg‘onlarga ishonmang, vitamin yoki bad hech qachon bo‘yni o‘stirmaydi.
Bo‘yni o‘sishi 18-20 yoshgacha davom etadi, undan keyin ko‘pi bilan 3 sm ga o‘sishi mumkin xolos.

Bo‘y o‘sishiga faqat somatotrop gormoni ta’sir qiladi:

Somatotropin
ZPtropin
Gumanis
Hygetropin

Eslatma: Yuqoridagi dorilarni faqat vrach endokrinolog tavsiyasi bilan qo‘llang! 18 yoshdan keyin qo‘llanganda Akromegaliya kasalligiga sabab bo‘ladi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
565 views08:37
Ochish/sharhlash
2022-10-19 11:37:14 Dostineks, Abineks va Kobergolinga o‘xshagan dorilar nima maqsadda qo‘llaniladi?

Shunga o‘xshash savollarni juda ko‘p berishadi.

Yuqorida keltirilgan 3 ta dorining tarkibida ham 0,5 mg kobergolin bor.

#Kobergolin o‘zi nima?

Kobergolin prolaktin sekretsiya(hosil bo‘lish)sini tormozlaydi.

#Prolaktin nima?

Gipofiz oldingi bo‘lagi bo‘lgan adenogipofiz ajraladigan gormon. Vazifasi - homilador ayolda sut hosil bo‘lishi va ko‘payishini idora qiladi.

Kobergolin tarkibli dorilar qanday holat va kasalliklarda qo‘llaniladi?

Tug‘ruqdan keyingi fiziologik laktatsiyani oldini olish

Tug‘ruqdan keyingi laktatsiyani susaytirish

Giperprolaktinemiya (qonda prolaktinni normadan ko‘p bo‘lishi) bilan bog‘liq patologiyalarni davolashda:

-amenoreya (6 oy va undan ko‘p hayz kelmasligi)
-oligomenoreya(hayz muddati ikki kundan kam bo‘lishi)
-anovulyatsiya (ovulyatsiyaning bo‘lmasligi)
-galaktoreya (emizishga bog‘liq bo‘lmagan holda sut ajralishi)

Prolaktin sekretsiyasini kuchaytiruvchi adenoma(gipofiz xavfsiz o‘smasi)larida:

-mikroprolaktinoma
-makroprolaktinoma.

Eslatma: Preparatlarni faqat shifokor tavsiya bilan qo‘llash kerak!

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
518 views08:37
Ochish/sharhlash
2022-10-19 11:35:55
#Ursosan (Ursodezoksixolat kislota)

Ta’sirlari:
Gepatoprotektor
O‘t haydovchi
Xolelitolitik
Gipolipidemik
Gipoxolesterinemik
Biroz immunomodulyator

Qo‘llanilishi:
O‘t tosh kasalligi
Jigar sirrozi 1-2 bosqich
Gepatitlar
Yog‘li gepatoz
Biliar dispepsiya
Mukovitsidoz
O‘t yo‘llari diskineziyasi
Surunkali opistorxoz

Analoglari:
Ursomak
Xoludeksan
Sertoxol
Ukrliv

Yuqoridagi preparat nomlari faqat ma'lumot uchun berildi. Qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing!

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
431 views08:35
Ochish/sharhlash
2022-10-16 09:08:10 #Qimmat dorilarning arzon analoglari

Kreon - Pankreatin

Rotasef - Seftriakson

Imodium - Loperamid

Zoviraks - Atsiklovir

Omez - Omeprazol

Dyuspatalin - Mebeverin

Futsis - Flukanazol

Azimak - Azitromitsin

Dikloberl - Diklofenak

No-shpa - Drotaverin

Dyufalak - Laktuloza

Nipertin- Bisoprolol

Siofor - Metformin

Levomak - Levofloksatsin

Nazoferon - Interferon

Sekrazol - Ambroksol

Snup - Farmazolin

Siprolet - Siprofloksatsin

Lioton - Geparin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
640 views06:08
Ochish/sharhlash
2022-10-16 09:07:36 Grippga qarshi dorilar!

Hozirgi kunda gripp kattalar orasida ham, bolalar orasida ham keng tarqalgan. Gripp oddiy kasallik emas. Befarq bo‘lmang. Og‘ir kechganda hatto o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Yashirin davri 2 soatdan 72 soatgacha davom etadi.

Quyidagi belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:

• tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi,
• bosh va tomoq og‘rishi,
• burun bitishi,
• burundan suyuqlik ajralishi,
• yo‘tal,
• mushaklarda og‘riq,
• holsizlik,
• ishtahaning buzilishi,
• ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.

Grippga qarshi preparatlar:

Umifenovir(Arbidol)
Inozin (Groprinosin)
Interferon(Ergoferon)
Tamiflyu
Relenza
Remantadin
Tilaron

Doctor tavsiyasi

Ko‘proq suyuqlik iching.
Xonalarni tez-tez shamollating.
To‘yib uxlang.

Yuqoridagi tavsiyalar tezroq tuzalishingizga yordam beradi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
607 views06:07
Ochish/sharhlash
2022-10-16 09:06:43 Diklofenak

1966- yilda sintez qilingan. Birinchi marta revmatologik kasalliklarni davolashda qo‘llanilgan.

Ta’sirlari:
Og‘riq qoldiruvchi
Yallig‘lanishga qarshi
Isitma tushuruvchi

Prostaglandinlar biosintezini tormozlashi hisobiga yuqoridagi 3 ta effekt yuzaga chiqadi.

Kuchli og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgani uchun, ko‘pincha og‘riq qoldiruvchi sifatida ko‘pgina kasalliklarda qo‘llaniladi.

Daniyalik olimlarning aniqlashicha, preparatni doimiy qabul qilish infarkt va boshqa yurak-qon tomir kasalliklariga bo‘lgan xavfni oshirib yuborar ekan. Ular diklofenak o‘rniga naproksen yoki ibuprofen ichishni tavsiya qilishadi.

Preparatni boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat bilan qo‘llash, uning nojo‘ya ta’sirlarini kuchaytirib yuboradi.

Diklofenak analoglari:

Dikloberl
Sinepar
Fanigan
Voltaren
Doleks
Klodifen
Naklofen
Ortofen

Eslatma. Preparatni och qoringa ichish tavsiya etilmaydi. Gastrit yoki oshqozon yara kasalligiga sabab bo‘ladi. Yara bo‘lsa, qon ketishiga sabab bo‘ladi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
510 views06:06
Ochish/sharhlash