Get Mystery Box with random crypto!

​​#Epilepsiya - surunkali endogen-organik kasallik bo'lib, dav | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​#Epilepsiya - surunkali endogen-organik kasallik bo'lib, davriy ravishda  qaytarilib turuvchi mushaklarning tortishuvi va tortishuvisiz boradigan paroksizmlardan, o'ziga xos shaxs o'zgarishi va chuqur  darajadagi aqliy  zaiflikka olib keluvchi kasallik.Tutqanoq xurujlarining bemorni hushiga kelmay turib qayta takrorlanishiga epileptik status deyiladi.

Epileptik statusda  tez tibbiy yordam.

Tutqanoqqa qarshi dori vositalarni inyeksion formalaridan  vena ichiga yuboriladi.0,5% - 2-4 ml sibazon yoki seduksen, 20%-10-20 ml oksibutirat natriy, 10%-5 ml konvuleks vena ichiga yuboriladi. Qon bosimi me'yorida bo'lsa 2-4 ml gacha 2,5% aminazin yuborish mumkin.
Yurak faoliyatini quvvvatlovchi davo chorasi o'tkaziladi. Strofantin, korglyukon 0,5-1ml v/i  izotonik eritmada yuboriladi.
O'pka faoliyatini yaxshilash uchun lobelin, sititon 1 ml m/i.
Miya shishiga qarshi siydik haydovchi vositalardan laziks, furasemid. Gipertermiyaga qarshi vositalardan 50% -2 ml analgin.
Qonni reologik xususiyatini yaxshilovchi preparatlar, atsidozni oldini olish 4%-250ml natriy gidrokarbonat.
Orqa miya punksiyasi 20-25 ml likvorni chiqarib tashlash.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi