Get Mystery Box with random crypto!

DORILAR DORIXONA APTEKA

Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA D
Telegram kanalining logotibi dorixona_dorilar_apteka — DORILAR DORIXONA APTEKA
Kanal manzili: @dorixona_dorilar_apteka
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 117

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-11-14 21:25:19 ​​ #YURAK_GLIKOZIDLARI

Digoksin

– Chiqarilish shakli: 0,1 mg tabletka va 1 ml 0,025 % li eritma

Selanid

– Chiqarilish shakli: 0,25 mg tabletka va 1 ml 0,02 % li eritma

Korglikon

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,06 % li eritma

Strofantin

– Chiqarilish shakli: 1 ml 0,05 % li eritma

Adonis òti damlamasi

Glikozidlarini kardial ta'sirlari:

Musbat inotrop

Manfiy dromotrop

Manfiy xronotrop

Miqdori oshirilganda musbat batmatrop

Musbat tonotrop

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
79 views18:25
Ochish/sharhlash
2022-11-14 21:24:34 ​​ #RINOKSIL FORMULA

Dori shakli: nazal sprey

Tarkibi:

• faol modda: oksimetazolin gidroxloridi
• yordamchi moddalar: levomentol, ratsemik kamfora, evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv

Farmakoterapevtik guruhi:
 Dekonjestan - α-adrenergik agonist

Qoʻllanilishi:

rinit, o'tkir allergik rinit
– pichan isitmasi
– sinusit, yevstaxiitda, otit
– nazofarengeal shilliq qavatning
shishishini kamaytirish uchun
– bemorni burun yo'llarida diagnostika
jarayonlariga tayyorlash



Qoʻllash usuli va dozalari:

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarda - har bir burun yoʻliga bir martadan sepiladi.
Sepishni toʻgʻri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yònaltirilgan holda ushlash kerak. Soʻngra shaffof himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yoʻliga kiritish, tez bir marta sepgichni bosish va sepgichni boʻshatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.
Sepish vaqtida boshni orqaga tashlash tavsiya etilmaydi. Davolanishning maksimal mumkin boʻlgan davomiyligi - 5 kun.


Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

– preparatga yuqori sezuvchanlik
– atrofik rinit, gipertireoz
– burun yoʻllarining sekret ajratib
chiqarishisiz boʻlgan yalligʻlanishi
– 6 yoshgacha boʻlgan bolalar
– homiladorlik va laktatsiya
davrida

Nojoʻya taʼsirlari:

Burun yoʻllarining shilliq qavatining taʼsirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya
Bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qoʻzgʻalish, taxikardiya, koʻngil aynishi, arterial bosimni oshishi, burun va tomoqning qurishi, aksirish, burun qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.


Narxi: 15700 so'm
"Флумед-Фарм" ООО Молдова

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
63 views18:24
Ochish/sharhlash
2022-11-10 19:02:24
#TummiKol

Qòllanishi:

- Qorindagi spazm
- Meteorizm
- Diareya
- Qusish
- Og'riq
- sedativ
- yel haydovchi

Dozalari:

- 2-4haftalikda 2,5 mldan 3mahal
- 1-6oylik 5mldan 3mahal
- 6 oylikdan 10mldan 3mahal


Chaqaloqlarda oshqozon ichak kasalliklarida qòllashni tavsiya qilaman.

1. Espumizam+tummikol

2. Espumizam+tummikkol+kreon

3. Pikolaks+tumikol+kreon


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
24 views16:02
Ochish/sharhlash
2022-11-10 19:01:06 #sedativ #dorilar

#Tinchlantiruvchi dorilar namuna sifatida

Glitsin 1 tabletkadan × 2 mahal til ostiga

Valerianka 1 tabletkadan × 2 mahal til ostiga

Korvalol 20 tomchidan × 2 mahal suvga aralashtirib

Validol 1 tabletkadan × 2 mahal til ostiga

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
24 views16:01
Ochish/sharhlash
2022-11-05 07:36:47 ​​​​ #ASKORBIN KISLOTA

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Taʼsir etuvchi modda: askorbin kislota

Tarkibi: 2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: askorbin kislota - 100 mg
Yordamchi moddalar: natriy gidrokarbonat, suvsiz natriy sulfit, inуeksiya uchun suv.

Farmakoterapevtik guruhi: vitamin

Qòllanilishi:

Gipovitaminoz C, gemorragik diatez, kapillyarrotoksikoz, gemorragik insult, yordamchi vosita sifatida: qon ketish (burun, o'pka, bachadon va boshqalar), yuqumli kasalliklar, intoksikatsiya, o'tkir nurlanish kasalligi, oshqozon-ichak trakti (axiliya, oshqozon yarasi, ayniqsa qon ketishdan keyin, enterit, kolit, gelmintozlar), xoletsistit, buyrak usti bezi yetishmovchiligi (Addison kasalligi), sekin bitadigan yaralar, suyak sinishi homiladorlik va laktatsiya, gemosideroz, eritrodermiya, psoriaz, surunkali tarqalgan dermatozlar, ateroskleroz, bronxial astma, biriktiruvchi to'qimalarning diffuz kasalliklari (revmatoid artrit, tizimli qizil yuguruk, sklerodermiya) va boshqalar; antikoagulyantlar dozasini oshirib yuborish, akonit, anestezin, anilin, antabuz, barbituratlar, benzol, dixloretan, kaliy permanganat, metil spirti, margimush, is gazi, sinil kislotasi, talliy, fenollar, xinin bilan zaharlanish.

Qòllash usuli va dozalari:

Mushak ichiga (m/i) va tomir ichiga (v/i) qo'llaniladi. Bunda, kattalar uchun terapevtik doza 1-5 ml (5% yoki 10% natriy tuzi eritmasi (askorbinat natriy) (zaharlanishda 60 ml gacha). Bolalarga kuniga 1-2 ml (5% eritma) buyuriladi. Davolash kursi kasallikning xarakteri va kechishiga bog'liq.

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar:

Yuqori sezuvchanlik, tromboflebit, trombozga moyillik, qandli diabetda

Nojòya ta'sirlari:

Arterial gipertenziya, moddalar almashinuvi buzilishi, me‘da osti bezining insulyar apparati funktsiyasini (giperglikemiya, glyukozuriya) va glikogen sintezini susayishi, kapillar o'tkazuvchanlikni va to'qimalar trofikasini pasayishi, trombositoz, giperprotrombinemiya, tromb hosil bo’lishi, eritrositopeniya, neytrofil leykositoz, miokard distrofiyasi, buyraklar glomerulyar apparatini shikastlanishi, allergik reaksiyalar, uzoq muddat foydalanish siydik toshlarining shakllanishi, rux, mis almashinuvining buzilishi, MNT qo'zg'aluvchanligi oshishi, uyqu buzilishi, mikroangiopatiyalarning rivojlanishi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
35 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-11-05 07:36:02 ​​​​ #PIRASETAM

Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

Tarkibi:

*faol modda*: pirasetam
*yordamchi moddalar*: natriy asetati
trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi,
inyeksiya uchun su
v.

Farmakoterapevtik guruhi:
Nootrop vosita

Qòllanilishi:

Kattalarda xotira pasayishi, diqqatni jamlash va faollikni pasayishi, kayfiyatni òzgarishi, xulq-atvorni òzgarishi, harakatni buzilishi bilan kechuvchi psixoorganik sndromni simptomatik davolash;
Bosh aylanishi va u bilan bog‘liq muvozanatni buzilishini davolash

Bolalarda: 8 yoshdan boshlab
disleksiyani boshqa usullar, shu jumladan logopedik davolash bilan majmuada davolash, òroqsimon-hujayrali vazooklyuzion xurujni bartaraf etishda



Qòllash usuli: vena yoki mushak
ichiga


Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

òta yuqori sezuvchanlik
– Gentington xoreyasi
– gemorragik insult
– oģir darajadagi buyrak
yetishmovchiligi
– preparatni buyurish vaqtida
psixomotor qòzģalish
– homiladorlik va laktasiya davrida
*Ehtiyotkorlik bilan *
– gemosatazni buzilishi
– oģir darajadagi qon ketish
– katta hajmli jarrohlik aralashuvlar
– surunkali buyrak yetishmovchiligi
da
ehtiyotkorlik bilan qòllaniladi

Nojòya ta'sirlari:

Nerv tizimi tomonidan: ruhiy
qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi,
ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik,
diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik,
uyqusizlik yoki uyquchanlik,
depressiya, ataksiya, bosh aylanishi,
bosh og‘rig‘i
Ovqat hazm qilish tomonidan:
kòngil aynishi, qusish, diareya
abdominal oģriq
Moddalar almashinuvi tizimida: tana
vazni oshishi
Sezgi a'zolari tomonidan: vertigo
( bosh aylanishi )
Terida qichishish, dermatit,
eshakemi
Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida
oģriq, tromboflebit

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
35 views04:36
Ochish/sharhlash
2022-11-02 13:24:25
#Alkogolizmni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari

Alkogolizm qanday kasallik?

Alkogolizm - surunkali psixik progredient kasallik, toksikomaniyaning bir turi, alkogolga (etil spirtga) ruju qo’yish va unga aqliy va jismoniy jihatdan qaram bo’lish bilan tavsiflanadi.  

Alkogolizmni davolashda qo‘llaniladigan preparatlar:
Esperal
Teturam
Lidevin
Kolme
Algominal
Stopetil
Binastim
Antabus
Pro pro ten 100

Eslatma. Yuqoridagi preparatlar faqatgina shifokor nazoratida qabul qilinishi kerak.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
19 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-11-02 13:23:28
#Nimesil poroshogini qanday hollarda qo‘llash mumkin emas?

12 yoshgacha bolalarda
Homilador ayollarda
Ko‘krak sutini bilan oziqlantirish davrida
Isitma bilan kechadigan infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida
Ichakning yallig‘lanish kasalliklarida
Alkogolizm, giyohvandlik
12 barmoqli ichak va oshqozon yara kasalligida
Bronxial astmada
Aortakoronar shuntlashda so‘ng
Anamnezida giperergik reaksiya
Og‘ir yurak yetishmovchiligida
Og‘ir buyrak yetishmovchiligida
Qon ivishining og‘ir buzilishida
Jigar yetishmovchiligida

Preparatni shamollash va O‘RVI paytida ichmang. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar(parasetamol, diklofenak, ibuprofen) bilan birga qo‘llash mumkin emas. Chunki preparatni yuqoridagilar bilan qo‘llash uning jigarga gepatotoksik ta’sirini kuchaytirib yuboradi. Preparatni faqat shifokor tavsiyasi bilan qo‘llang

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
14 views10:23
Ochish/sharhlash
2022-10-29 21:23:14 ​​ #ALBENDAZOL

Dori shakli: tabletka

Tarkibi: faol modda: albendazol 

Farmakoterapevtik guruhi:
Gelmintlarga qarshi vosita

Qòllanilishi:

– neyrosistiserkoz
– qorin, jigar, o‘pka exinokokkozi
– sistli exinakokkoz holatida operasiya qilinishiga moneliklar bo‘lganda
– sistli exinakokkoz holatida sistlar miqdorini kamaytirish uchun jarrohlik aralashuvi zarur bo‘lganida
– araxnoidal, me‘da ichidagi, rasemoz sistlar
– askaridoz
– trixonelez
– enterobioz
– ankilostomidoz
– opistorxoz
– lyamblioz
– mikrosporidoz
– toksokaroz
– gnatostomoz
– trixinoz
– kapillyaroz
– aralash gelmintozlar holatida
buyuriladi.

Qòllash usuli va dozalari:

– Odatiy  gelmintozlar 400 mg (bolalar - 60 mg/ 10 kg) bir marta
– Bosh miya sistiserkozi 800 mg (bolalar – 15 mg/kg) 8-30 sutka
– Strongiloidoz va sestodoz 400 mg (200 mg)3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Askaridoz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Enterobioz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Ankilostomidoz 400 mg (200 mg) bir marta, 3 haftadan keyin takrorlanadi
– Lyamblioz 400 mg (200 mg)3 sutka, 3 haftadan keyin takrorlanadi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– 2 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi gelmintozlar
– albendazolga o‘ta sezuvchanlik
– homiladorlik
– laktasiya davri
Homiladorlik: homilador, homilador deb gumon qilingan ayollarga Albendazolni buyurish mutlaq mumkin emas.

Nojòya ta'sirlari:

– leykopeniya
– pansitopeniya
– bosh og‘rig‘i
– trombositopeniya
– agranulositoz
– dispepsiya
– jigar transaminazalari faolligini oshishi
– qorin og‘rig‘i
– bosh aylanishi
– meningial simptomatika
– terini qichishishi
– gipertermiya
– eshakemi
– alopesiya (qaytuvchan)
– gipertenziya
– buyrak funksiyasi buzilishi

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
39 views18:23
Ochish/sharhlash
2022-10-28 13:05:25 ​​ #Papaverina gidroxlorid

Dori shakli:

Teri ostiga(t/o) mushak orasiga(m/o) vena ichiga(v/i) inyeksiya uchun eritma

Tarkibi: papaverin gidroxloridi - 20mg

Farmakoterapevtik guruhi:
Miotrop, spazmolitik vosita

Qòllanilishi:

bosh miya tomirlari spazmi
—toj tomirlar spazmi
—gipertonik kriz
—spastik kolitlar
—xolesistit
—siydik yòllari spazmi
—buyrak sanchiqlarida


Qòllash usuli va dozalari:

—1 martalik dozasi 0,04 g( 2 ml 2 % li eritma)
—Kattalar uchun: bir martalik doza 0,1 g; sutkalik doza-0,3 g
—bolalar uchun yoshga qarab 0,005-0,06 g dan sutkada 2 marta

Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

Gipotenziya
—AV(atrio ventrikulyar)bolokada
—Glaukoma
—Oģir jigar yetishmovchiligi
—1 yoshgacha bolalar yoki keksalik yoshida
—Preparatga shaxsiy sezuvchanlikda


Nojòya ta'sirlari:

—AV blokada
—Gipotenziya
—Qorinchalar ekstrasistoliyasi
—Uyquchanlik
—Kòp terlash
—Allergik reaksiyalar kam hollarda
—Homiladorlik va laktatsiya(emizikli) davrida shifokor kòsatmasiga binoan qòllaniladi


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi
63 viewsedited  10:05
Ochish/sharhlash